Microsoft Word Маруза матн Тупрок-усимлик Zionet22



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/74
tarix13.09.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#143051
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74
tuproqshunoslik va osimlikshunoslik asoslari [uzsmart.uz]

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


46
 
7- MA’RUZA:
 
 TUPROQLARNI MUHOFAZA QILISH 
Reja: 
1.
O‘zbekiston tuproqlari va ularning xolati
2.
SHo‘rlangan tuproqlar
3.
Ifloslangan tuproqlar
4.
Yeroziyaga degradatsiyaga uchragan tuproqlar
5.
Tuproqlarni muxofaza qilish va saqlash hozirgi zamonning eng dolzarb 
muammolaridir
1987 yilda O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida turli darajada sho‘rlangan maydonlar 
1970,7 ming gektar bo‘lib, jumladan kam sho‘rlangan 1117,7 ming gektar, o‘rtacha
sho‘rlanish 611,2 va kuchli sho‘rlangan 241,8 ming gektar. tashkil qiladi. 
Demak: sho‘rlangan tuproqlar - 55,4% 
kuchli sho‘rlangan tuproqlar - 25,2% 
o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlar - 13,4% 
kuchli sho‘rlangan tuproqlar - 5,8% 
juda kuchli sho‘rlangan tuproqlar - 0,2% tashkil qiladi.
Bu olingan ma’lumotlar 1990 yilgacha olingan ma’lumotlardir. 
Dexqonchilik qilinadigan joylarda ekinlarni joylashtirishni ilmiy jihatdan asoslanmagan 
sistemalarini qo‘llash natijasida tuproqlar suv va shamol yeroziyasini kuchaytirishga olib 
kelmoqda. 
Yeroziya
(lotincha o‘yilish, emirilish) suv va shamol ta’sirida tuproqning emirilish 
jarayonidir. Tuproq yeroziyasi kelib chiqishiga qarab suv yeroziyasi va shamol yeroziyasiga 
bo‘linadi. 
Suv yeroziyasi
- suv ta’sirida emirilishiga, shamol natijasida emrilishiga 
shamol 
yerozyasi
deyiladi 
Tuproq turli ta’sirlar natijasida tez buziladigan va amalda deyarli tiklanmaydigan tabiiy 
resurslardir. Hisoblarga ko‘ra 10smqalinlikdagi tuproqqatlamining hosil bo‘lishi uchun 1400 - 
1700 yil kyerak. CHunki taxminan 100 yilda atigi 0,5- 2 sm tuproqqatlami hosil bo‘ladi.
Tuproqlarni muhofaza qilish tuproqlarni yeroziyadan saqlash. Buning uchun turli ixota 
daraxtlarni o‘tkazish, tog‘li rayonlarda ko‘ndalangiga tyerrassalash va boshqa tadbirlarni 
amalga oshirish. Yerlarni sho‘rlanishidan saqlash Ximikatlar bilan zaxarlanishi, o‘g‘itlarni 
to‘g‘ri qo‘llash, Tuproqlarninng og‘ir metallar bilan ifloslanishini oldini olish hisoblanadi.
Inson uzoq vaqt davomida jamiyat uchun zarur bo‘lgan tabiiy resurslar bitmas-tuganmas 
ulardan qancha foydalansa ham tugamaydi degan tushunchaga ega edi. Ammo inson insonning 
tabiatga ta’sir etishi va uning resurslardan noto‘g‘ri foydalanishi tufayli tabiiy muxit ifloslanib, 
xo‘jalikka va ayniqsa inson salomatligiga ta’sir eta boshladi. Inson o‘zining tabiatga 
ko‘rsatayotgan salbiy ta’sirini oqibatlarini sezgach va bilgach tabiatdan oqilona planli tejab 
tyergab foydalanib muxofaza qilish kyerakligini o‘ylay boshlaydi.
Mustaqil o‘lkamizda, sayyoramizda kishilar hayotining farovonligi uchun albatta tabiiy 
resurslardan foydalanish kyerak, lekin tabiiy resurslardan foydalanishda nihoyatda ehtiyotlik 
bilan olib borish lozim. Aks holda tabiat qashshoqlanib boravyeradi. 
Biz tabiatga ta’sir etib, undan o‘zimiz uchun zarur bo‘lgan narsalarni olayotganda
shunday qilaylikki, tabiatdagi bu o‘zgarish insoniyat uchun naf keltirsin, lekin ekologik 


47
muammoni keltirib chiqarmasin

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin