13
- ish haqi;
- soliqlar kiradi.
Bozor iqtisodiyotida tanlash qoidasi yanada jiddiylashtiriladi. Zero, ishlab
chiqarish (xizmat) uchun resurslar to’g’ri tanlangandagina
va ulardan samarali
foydalangandagina harajatlar yuqori foyda keltirishi mumkin.
Naf – bu mahsulot (xizmat)ning iste'molchilarga qanchalik ijobiy natija
keltirishidir. Haridor harid qobiliyati doirasida eng nafli molni tanlashga intiladi.
Shundagina u qoniqadi. Ammo tovarning nafliligi qancha yuqori bo'lsa, uning narxi
ham shuncha baland bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida haridorning sotib olish qobiliyatini
pasaytiradi.
Baho – bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita
asosiy vazifani bajaradi:
- resurslar iste'molini
cheklash imkonini beradi;
- ishlab chiqarish uchun turtki bo'lib xizmat qiladi.
Ma’lumki, biror ashyo (resurs yoki tovar) qancha kamyob bo'lsa, uning narxi
shuncha baland va binobarin, uni sotib olmoqchi bo'lganlar shuncha kam bo'ladi.
Iqtisodchilar buni
narxning cheklovchilik samarasi deb ataydilar.
Narxning oshishi ishlab chiqaruvchilar safining kengayishiga,
narxning
tushishi esa ishlab chiqaruvchilarning kamayishiga, ularning bir qismini bozordan
bezdirishga olib keladi. Iqtisodchilar bunday ta'sirni narxning ishlab chiqarishga
turtki vazifasi deb ataydilar.
Foydaga ta'sir etuvchi bu uch unsurning mohiyatini anglagan boshqaruvchigina
tanlovni to'g’ri amalga oshirishi va oqil qarorni qabul qila olishi mumkin.
Boshqarish
san'ati va mahorati, ya'ni menejment, shundagina namoyon bo'lishi, pirovardda esa
yuqori foyda olishga erishilishi mumkin. Shunday qilib, sodda qilib aytganda:
Dostları ilə paylaş: