Microsoft Word menejment va marketing asoslari


-chizma. Korxonaning tashqi muhiti (makro-muhit)



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

25-chizma. Korxonaning tashqi muhiti (makro-muhit) 
Mamlakatdagi siyosiy muhit asosan davlatning mustaqilligi va bevosita 
siyosiy yondashuvlar va yo’nalishlarni mustahkamlash bilan bog’liq tendentsiyalar, 
boshqa tomondan esa bozor munosabatlariga o’tish va o’zaro manfaatli aloqalarni 
o’rnatish bilan tavsiflanadi. Siyosiy muhitga ijro etuvchi davlat hokimiyatining 
omillari bilan bir qator muhim omillar ham kiradi. Ular ichida mulkchilik, 
tadbirkorlik, iste'molchilar huquqlarini muhofaza qilish va reklama munosabatlarini 
tartibga soluvchi qonunchilik va qonunlarni ko’rsatish mumkin. Huquqiy tartibga 
solishning samarali yo’nalishlarini izlash davom etmoqda. 
Jamiyat iqtisodiy muhitining ahvoli asosan korxonalar daromadlarining 
darajasi va aholining xarid qobiliyati kabi ko’rsatkichlar bilan, shuningdek, 
inflyatsiya, kredit stavkalari, soliq solish stavkalari, aholining joriy daromadlari, 
jamg’armalarining darajalari, iste'mol savatining qiymati bilan aniqlanadi. Bu 
ko’rsatkichlarning o’zgarishi talabda nafaqat miqdoriy, balki tarkibiy siljishlarga 
ham olib keladi. 
Tabiiy muhit jamiki landshaft (manzara) va atrof-muhitning ifloslanishi 
quyidagi holatlarga bog’liq: 
 xom ashyoni ratsional ishlatish darajasi; 
 qayta ishlab chiqarishga imkonsiz tabiiy resurslardan foydalanish miqdori; 
 butunlay yo’q bo’lish oldida turgan hayvonlar soni; 
 ozon qatlamining kamayishi va natijada "issiqxona taassuroti" vujudga 
kelishi. 
Yo’nalishlarning har bir muayyan ko’rsatkichlari orqali atrof-muhitning u yoki 
bu tomonini tasniflash mumkin. Shu bilan birga bular marketing kuchlarining 
ta'sirotiga ham ega. 
Umumiy yondoshuv jihatdan tabiiy muhitning o’zgarishi quyidagi omillar 
atrofida ro’y beradi: xom ashyoning tanqisligi (defitsit), energiyaning 
qimmatlashishi, atrof-muhitning ifloslanishi va tabiiy resurslarning davlat tomonidan 
muvofiqlashtirilishi. 
Marketing nuqtai nazaridan hozirgi sharoitda suv, oziq-ovqat, yog’och, neft, 
ko’mir hamda ayrim mineral turlarini ishlatishda oqilona yondoshuv qo’llanishi 
katta ahamiyatga ega. Energiyaning qimmatlashishi, avvalo, neft qazish ishlari bilan 
bog’liq. Ma'lumki, ularning zaxiralari cheklangan va keyingi qazish jarayonlari 
yildan-yilga yirik investitsiyalarni talab etmoqda. Boshqa (alternativ) energiya 
turlarini topish borasida muhim izlanish va tadqiqotlar olib borilmoqda. Gap quyosh, 
yadro, shamol va boshqa energiya manbalari to’g’risida borayotir. 
Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda ekologiya qonunchiligi doimo 
takomillashtirish va o’ta talabchanlik tendentsiyasiga ega. Demak, bu sharoitda atrof-
muhitni himoya qiluvchi standartlarga rioya qilgan firmalar muammolarni echish 
maqsadida kam kuch va vosita sarflanadigan yo’l va imkoniyatlarni amaliyotga jalb 
etishlari muqarrar. 


137
Bozor kon'yunkturasi ko’p tomondan demografik tavsiflar va aholi 
shakllanishining asosiy tendentsiyalari bilan belgilanadi. Bunda shaxsiy iste'mol 
tovarlariga bo’lgan talabning rivojlanishi va ishlab chiqarishga mo’ljallangan tovarlar 
bozoridagi o’zgarishlar o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri aloqa kuzatiladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin