7.4. Qarorlarni ijrosini uyushtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish
Qarorlarni bajarish - bu oqibat natijasida yuqori bo’g’inda qabul qilingan
rejalarni, shuningdek shu rejalar asosida quyi bo’g’inlar (tsex, uchastka, brigada,
smena, har bir xodim) uchun tuzilgan reja yoki topshiriqlarni bajarish demakdir.
qaror eng avvalo buyruq yoki farmoyish tarzida rasmiylashtiriladi, so’ngra u
ma'muriy hujjat tusini oladi. Unda aniq ijrochilar, bajarish muddatlari, nazorat qilish
usullari va hokazolar ko’rsatilgan bo’ladi.
Qarorning bajarilishiga rahbarlik qilish - bu firma, korxona, tsex, uchastka,
brigadaning boshqarish apparati tomonidan ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish
jarayonida rahbarlik qilish bo’yicha aniq masalalarni hal etish demakdir.
Bunda har bir bo’linma o’zining funktsional vazifasini bajarish bilan band
bo’ladi. Binobarin, boshqarishning yagona tizimi amal qiladi. Shu tariqa barcha
boshqaruv bo’linmalari bir-biriga o’zaro ta'sir ko’rsatib, bosh rejalarning bajarilishini
ta'minlaydi.
Rahbarning asosiy vazifasi boshqaruv tizimini maqsadga muvofiq
uyushtirishdan va o’zi uchun ishlab chiqarishning tub masalalari bilan shug’ullanish
imkoniyatini yaratishdan iboratdir.
Qaror modеlini ishlab chiqish
Modеl maqbulligini baholash
Algoritm tuzish
Dastur tuzish
Qarorni
modеllashtirish
72
Qarorlarni bajarilishiga rahbarlik qilish jarayonida rahbarning vazifasi
xodimlarning shaxsiy manfaatlarini umummanfaatlari bilan muvofiqlashtirishga
erishishdan iboratdir. Jamoaga muvaffaqiyatli rahbarlik qilish farmoyish berish va
nazorat qilish usullari, shakllari va texnikasini bilishgina emas, balki topshiriqlarni
bajarishga xodimlarni safarbar eta olish qobiliyatini ham talab qiladi.
Erishilgan yutuqlarni rahbar faqat o’zining xizmatlari etib ko’rsatmasligi
lozim. Qaror ijro etilmay qolganda aybdorni jazolashdan oldin buning sabablarini
diqqat bilan o’rganish zarur.
Ko’pchilik rahbarlar yaxshi qaror qabul qilishni bilmasliklari tufayli emas,
balki ularni amalga oshirishni tashkil qila bilmasliklari sababli o’z lavozimlariga mos
kelmay qoladilar. Ba'zida bir masala yuzasidan ikki-uch martalab qaror qabul
qiladilar. Qarorlarning bajarilmay qolish sabablari ham mana shundadir.
Qarorlarni bajarilishiga rahbarlik qilish muayyan me'yoriy hujjatga tayanadi.
Korxona, firma to’g’risidagi qonun yoki Nizom ana shunday me'yoriy hujjatlardan
hisoblanadi. Bu hujjatda mazkur korxona (bo’linma)ning asosiy vazifalari, huquq va
majburiyatlaridan tashqari uning shtat jadvali va ma'muriy rahbar (boshliq, mudir)
ko’rsatilgan bo’ladi. Nizomda ko’pincha ushbu bo’linmaning boshqa xizmatlar bilan
funktsional aloqalari tartibga solinadi.
Nizomga binoan odatdagi sharoitlarda rahbar faqat bevosita
bo’ysinuvchilargagina farmoyish beradi. Boshqa bo’ysinuvchilarga farmoyish faqat
ularning bevosita rahbarlari orqali beriladi. Masalan, tsex boshlig’i formal jihatdan
xizmat bo’yicha o’zidan past turgan barcha xodimlarga buyruq berish huquqiga ega.
Biroq, u bevosita rahbarlarni chetlab buyruq berganda bu hol:
tashkiliy parokandalikka olib keladi;
intizomga salbiy ta'sir ko’rsatadi;
ko’ngilsiz ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi.
Ba'zan rahbarlar o’rtasida bir-birining ishiga aralashish xollari ro’y beradi.
Bunday harakat ham rahbarlar orasida ma'lum norozilikni keltirib chiqaradi.
Boshqarish jarayonidagi oxirgi bosqich - bu qabul qilingan qaror ijrosini
nazorat qilishdir.
Nazorat - bu qayta (javob) aloqa shakli hisoblanib, yuqori boshqaruv organi
tomonidan chiqarilgan buyruq, farmoyish va belgilangan rejalarning joylarda
bajarilish darajasi to’g’risidagi ma'lumotni aniqlash usulidir.
Nazorat funktsiyasi rahbarning eng muhim vazifasidir. Rahbar qabul
qilinadigan qarorlarning tashabbuskori bo’lganligi sababli u shu qarorlarning
bajarilishi ustidan nazoratni tashkil qilishning ham tashabbuskori bo’lishi kerak.
Qarorlarning ijro etilishini nazorat qilmaydigan rahbar o’zi ishlayotgan ishlab
chiqarishga emas, balki boshqa korxonalarga ham zarar etkazishi, ya'ni ularning
ishida kechiqishlar, uzilishlar paydo bo’lishiga sababachi bo’lishi mumkin.
O’z qarorining ijrosini tekshirmagan rahbar, intizomsiz, ijrochilarni noto’g’ri
tarbiyalagan rahbar hisoblanadi.
73
Qarorni bajarilishini nazorat qilish xulosalar chiqarishni ham o’z ichiga oladi.
Bundan maqsad qarorning haqiqiy natijasi va samarasini aniqlash, shuningdek, qaror
qabul qilish vositalaridan foydalanish tajribasini umumlashtirishdir.
Dostları ilə paylaş: |