Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Bozor yangiligi - biror bozorda birinchi marta taklif etiladigan tovar, uning 
yangi turi, varianti, o’rami va hokazolar. 
Bozorga kirish narxi - yangi tovarning bozorga kirish yoki mavjud tovarning 
yangi bozorga kirish bosqichida belgilangan va amal qiladigan narx. 
Bozorga kirish strategayasi - yangi tovarni biror bozorga kiritish uchun 
marketing kompleksini qo’llash tartibi. 
Bozorga chuqurroq singish strategiyasi - mavjud tovarni mavjud bozorda 
sotishga qaratilgan marketing strategiyasi. 
Bozorni egallash strategiyasi - aniq bozorda ko’zda tutilgan o’rin va mavqega 
erishish uchun marketing kompleksini qo’llash tartibi. 
Bozorning "qaymog’ini terish" strategiyasi - bozorda tamoman (printsipial) 
yangi tovarni yuqori narxda sotib, o’rtachadan ko’proq foyda olishga mo’ljallangan 
marketing strategiyasi. 
Boshlang’ich narx - tovarlar, xizmatlar ishlab chiqarilganda birinchi marta 
belgilanadigan dastlabii narx. 
Vakolat - vakillik huquqi bo’lsa, ma'suliyat biror ish, xatti-harakat oqibati, 
natijasi uchun bo’lgan javobgarlikdir. 
Vazifa - bu amalga oshirilishi, hal kilinishi lozim bo’lgan masala, erishilishi 
lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad yoki biror bir topshiriq, xizmat, yumush, 
xizmat lavozimi, mansab amal. 


179
Vazirlik - bu o’ziga tegishli tarmoqning xo’jalik tizimida boshqarishinng eng 
oliy bo’g’inidir. 
Vertikal marketing tizimi - bir kanal ishtirokchilarining ularning biri 
rahbarligi yoki nazorati ostida birlashishi natijasida hosil bo’lgan tovar tarqatish 
tizimi. 
Gorizontal diversifikatsiya - ilgari ishlab chiqarilgan mahsulot xiliga 
texnologik aloqasi bo’lmagan yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish. 
Gorizontal marketing tizimi - kanalning bir pog’onasida (bo’g’inda) faoliyat 
ko’rsatadigan korxonalarning birlashishi natijasida hosil bo’lgan tovar tarqatish 
tizimi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin