184
Narxlar (narxli) raqobati - narx vositasida raqobatni amalga oshirib,
raqiblarning bir-biriga nisbatan narxni pasaytirib borishlari.
Narx-navo - tovarlar narxlari,
xizmatlar tariflari, to’lovlar, kreditlar, sug’urta
foizlari (stavkalari) va narxning boshqa ko’rinishlari hamda ularning harakati.
Narxning qayd qilinishi - raqib korxonalarning o’zaro
kelishib, o’xshash
tovarlariga bir xil narx belgilashi.
Narxni o’zgartirmay raqobatlashuv - o’z tovarlarini sotish shartsharoitini
xaridor
uchun qulaylashtirib, raqibni bozordan surib chiqarish.
Narx raqobati - bozor narxini o’zgartirish orqali raqibni bozordan siqib
chiqarish va o’z mavqeini mustahkamlash.
Narx siyosati - narx masalalarini korxonaning maqsadi, mo’ljallangan bozori,
mavqei, siymosi, marketing kompleksi bilan muvofiqlashtirilgan tizim.
Narxsiz raqobat - narxga tegmay raqobatlashuv (mahsulot sifati, o’rami,
savdo xizmati, rag’batlantirishini oshirish, yuqori texnologiyani o’zlashtirish,
savdo
taqsimoti va siljitishni yaxshilish va boshqalar).
Narx ustamasi - tovarning hisoblab chiqarilgan haqiqiy narxi ustiga
qo’yiladigan qo’shimcha (ishlab chiqarish korxonasi)
ustamasi, savdo ustamasi.
Dostları ilə paylaş: