66
Kim javobgar bo’lishi kerak?
Kimga va qaysi baxoda sotish lozim?
Bu ishlab chiqarish yoki xizmat investorga va jamiyatga nima beradi?
Qaysi muddatlarda bajarilishi kerak?
Qaror qabul qilishda rahbarning vakolati va javobgarligi ham muhim
ahamiyatga egadir.
7.2. Boshqaruv qarorlarini tasnifi
Boshqaruv jarayonida turli masalalar yuzasidan, turli darajada xilma-xil
mohiyatga va mazmunga ega bo’lgan minglab qarorlar qabul qilinadi. Ularni
quyidagi belgilar bo’yicha guruhlarga bo’lish mumkin (10-jadval).
10-jadval. Boshqaruv qarorlarining tasnifi
T/r
Guruhlash
belgilari
Boshqaruv qarorlari turlari
1
Amal qilish davriga ko’ra
- strategik qarorlar
- taktik qarorlar
2 Mazmuni va amal qilish xususiyatiga
ko’ra
-
ijtimoiy-iqtisodiy qarorlar
- texnikaviy qarorlar
- stereotip qarorlar
- tashabbusli qarorlar
3 Takrorlanish
yoki
yangilik
darajasiga
ko’ra
- an'anaviy qarorlar
- tavsiyali qarorlar
4 Axborot
bilan
ta'minlanganlik darajasiga
ko’ra
- aniq qarorlar
-
noaniq qarorlar
5
Amal qilish xususiyatiga ko’ra
- vaqtinchalik qarorlar
- operativ (tezkor) qarorlar
- muntazam qarorlar
- vaqti-vaqti bilan qabul
qilinadigan qarorlar
6
Qarorni qabul qilish shakliga ko’ra
- yakkaboshlik
printsipi asosida
qabul qilingan qarorlar
- kollegiallik asosida qabul
qilingan qarorlar
- konsensus printsipi asosida qabul
qilingan
qarorlar
- "Ringi" usuli asosida qabul
qilingan qarorlar
Strategik qaror maqsadga erishishda muhim ahamiyatga ega. U yuqori
boshqaruv organlari tomonidan tub va istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish
maqsadlarida qabul qilinadi. Bunday dasturlarga:
Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish.
Raqobat muhitini shakllantirish.
Chuqur tarkibiy o’zgarishlarga erishish.
Kichik va xususiy biznesni rivojlantirish kabi dasturlar misol bo’la oladi.
67
Taktik qarorlar maqsadga erishishning vosita
va usullari xususidagi joriy,
tezkor qarorlardir. Masalan:
- Korxona, firmaning joriy rejalarini tuzish va joriy qilish.
- Kadrlar masalasini hal qilish va hk.
Mazkur qarorlar yuqori va o’rta bo’g’in rahbarlari tomonidan uzog’i bilan ikki
yilgacha bo’lgan muddatga qabul qilinadi.
Umumiy qarorlar bir xil muammoga daxldor bo’lib, barcha bo’g’inlar uchun
birdek amal qiladi. Masalan, ish kunining boshlanishi va tugashi,
tushlik vaqti, ish
haqini to’lash muddatlari va boshqa tanaffuslar.
Maxsus qarorlar tor doiradagi muammoga taalluqli bo’lib, korxonaning
muayyan bir bo’limi yoki bir guruh xodimlari yuzasidan qabul qilinadi.
Dostları ilə paylaş: