Korxona balansi moddalari puxta o’tkazilgan aktivlar va passivlar inventarizatsiyasi bilan asoslanishi kerak. Inventarizatsiya O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1999 yil 19 oktyabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlagan «Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish» O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (19-son BHMS) (ro’yxat raqami 833, 1999 yil 2 noyabr) bilan belgilangan tartibda o’tkaziladi. Bunda yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishga qadar doimiy faoliyat ko’rsatadigan inventarizatsiya komissiyalari inventarizatsiya davomida aniqlangan, boyliklarning haqiqatdagi mavjudligi bilan buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridagi tafovutlarni tartibga solishi kerak. Shuningdek, debitorlik va kreditorlik qarzlari inventarizatsiya qilinishi kerak, u solishtirish dalolatnomalari yoki o’zaro hisob-kitoblar saldosini tasdiqlash xatlari bilan rasmiylashtiriladi. O’tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek ularni o’tkazmaslik sabablari yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks ettiriladi.
Moliyaviy hisobot shakllari rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi, imzolar muxr bilan tasdiqlanadi.
Moliyaviy hisobotda tuzatish va o’chirishlar bo’lmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli ta’kidlar qilinadi, moliyaviy hisobotga imzo chekkan shaxslar tuzatish sanasini ko’rsatgan holda ularni tasdiqlaydilar.
Joriy va o’tgan yillardagi hisobot ma’lumotlarini tuzatishlar (ular tasdiqlanganidan keyin) uning ma’lumotlari buzilishi aniqlangan hisobot davri uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi, bunda tuzatishlar hisobot davri (chorak, yil boshidan) uchun ma’lumotlarga kiritiladi.
Yillik moliyaviy hisobotni tekshirish davomida ishlab chiqarish xarajatlariga (yoki muomala chiqimlariga) u bilan bog’liq bo’lmagan xarajatlarni kiritish natijasida daromadlarni yashirish yoki moliyaviy natijalarni pasaytirish hollari aniqlanganda o’tgan yil uchun buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotga tuzatishlar kiritilmaydi, balki hisobot davrida aniqlangan o’tgan yillar foydasi sifatida joriy yilda aks ettiriladi.
Buxgalteriya balansi (bundan keyin - balans) tuzilguniga qadar tahliliy hisobvaraqlar bo’yicha aylanmalar va qoldiqlar hisobot davri oxiridagi Bosh daftarning jamlama hisobvaraqalari bo’yicha aylanmalar va qoldiqlar bilan, albatta, solishtirilishi kerak.
3-ustunda hisobot boshidagi ma’lumotlar, ya’ni oldingi hisobot davri uchun balans 4ustunining ma’lumotlari ko’rsatiladi.
Balansda «Dastlabki (tiklash) qiymat» moddasi (010-satr) bo’yicha asosiy vositalar o’z asosiy vositalari (ishlab turgan hamda konservatsiyada bo’lgan) va uzoq muddatga ijaraga olinadigan asosiy vositalarning, ularning hisobi asosiy vositalarini hisobga olish hisobvaraqlari (0100) va 0310-«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar» hisobvarag’ida amalga oshiriladi, dastlabki (tiklash) qiymati bo’yicha ko’rsatiladi.
Alohida «Eskirish summasi» (011-satr) moddasi bo’yicha korxona asosiy vositalarini hisobga olish hisobvaraqlarida (0100) va 0310- «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar» hisobvarag’ida hisobga olingan, hisobi asosiy vositalar eskirishini hisobga olish hisobvaraqlari (0200) da yuritiladigan, asosiy vositalar bo’yicha hisoblab yozilgan eskirish summasi keltiriladi.
«Qoldiq (balans) qiymat» moddasi bo’yicha (012-satr) 010-«Dastlabki (tiklash) qiymat» va 011-«Eskirish summasi» satrlari farqi aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlar balansda «Dastlabki qiymat» moddasi bo’yicha (020-satr) korxonaning nomoddiy aktivlarga (uzoq muddat davrida xo’jalik faoliyatida ishlatiladigan va daromad keltiradigan) doir xarajatlari summasi bo’lib ham, tabiiy resurslardan, er uchastkalaridan foydalanish huquqlari, patentlar, litsenziyalar, savdo markalari, tovar belgilari, sanoat namunalari, tashkiliy xarajatlar, mualliflik huquqlari va hisobi nomoddiy aktivlarni hisobga olish hisobvaraqlarida (0400) yuritiladigan boshqa nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati bo’lib ham ko’rsatiladi.
Bu modda bo’yicha, shuningdek, hisobot davri uchun qilingan hisobdan chiqarilgan chegirilgan holda gudvill summasi (firma narxi) aks ettiriladi. Buxgalteriya hisobida gudvill (firma narxi) nomoddiy aktivining summasini hisobdan chiqarish alohida hisobvaraqda amortizatsiyani jamlamasidan, bevosita 0480-«Gudvill» hisobvarag’i saldosini kamaytirishga yoziladi.
Alohida «Amortizatsiya summasi» (021-satr) moddasi bo’yicha nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga olish hisobvaraqlarida (0500) yuritiladigan nomoddiy aktivlar bo’yicha hisoblab yozilgan amortizatsiya summasi keltiriladi.
«Qoldiq (balans) qiymat» moddasi bo’yicha (022-satr) 020- «Dastlabki qiymat» va 021«Amortizatsiya summasi» satrlari farqi aks ettiriladi.
«Uzoq muddatli investitsiyalar, jami» moddasi bo’yicha (030-satr) qimmatli qog’ozlarga, shu’ba va tobe xo’jalik jamiyatlari, xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarga qo’yilgan mablag’lar summasi hamda 040, 050, 060, 070, 080-satrlarda ko’rsatilgan boshqa uzoq muddatli investiyalar ko’rsatiladi.
Qimmatli qog’ozlar balans aktivida ularning to’la xarid qiymatida ko’rsatilib, investor dividendlar olish huquqiga ega bo’lgan va ushbu qo’yilmalar bo’yicha to’la javob beradigan hollarda kreditorlar moddasi bo’yicha so’ndirilmagan summa balans passiviga kiritiladi. Qolgan hollarda xarid qilinadigan qimmatli qog’ozlar hisobiga kiritilgan summalar balans aktivida debitorlar moddasi bo’yicha ko’rsatiladi.
«Qimmatli qog’ozlar» moddasi bo’yicha (040-satr) obligatsiyalar, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan, 0610-«Qimmatli qog’ozlar» hisobvarag’ida hisobga olinadigan summa ko’rsatiladi.
«Shu’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar» moddasi bo’yicha (050-satr) shu’ba xo’jalik jamiyatlarining aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa investitsiyalariga qo’yilgan, 0620«Shu’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar» hisobvarag’ida hisobga olinadigan mablag’lar summasi ko’rsatiladi.
«Tobe xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar» moddasi bo’yicha (060-satr) tobe xo’jalik jamiyatlarining aktsiyalari, obligatsiyalari va boshqa investitsiyalariga qo’yilgan, 0630-«Tobe xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar» hisobvarag’ida hisobga olinadigan mablag’lar summasi aks ettiriladi.
«Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonaga investitsiyalar» moddasi bo’yicha (070-satr) xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning aktsiyalari, obligatsiyalari, ustav sarmoyasiga ulushlari va boshqa investitsiyalariga qo’yilgan, 0640-«Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonaga investitsiyalar» hisobvarag’ida hisobga olinadigan mablag’lar summasi ko’rsatiladi.
«Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» moddasi bo’yicha (080-satr) uzoq muddatli investitsiyalarga qo’yilgan, yuqorida sanalgan moddalarda hisobga olinmagan va 0690«Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar» hisobvarag’ida hisobga olinadigan mablag’lar summasi ko’rsatiladi.
«O’rnatiladigan uskuna» moddasi bo’yicha (090-satr) korxona omborlarida bo’lgan, hisobi 0710-«O’rnatiladigan uskuna - mamlakatimizniki» va 0720-«O’rnatiladigan uskuna – import qilingan» hisobvaraqlarida yuritiladigan o’rnatiladigan uskunaning haqiqiy qiymat bo’yicha qiymati ko’rsatiladi.
«Kapital qo’yilmalar» moddasi bo’yicha (100-satr) xo’jalik usulida va pudrat usulida amalga oshiriladigan tugallanmagan qurilishning qiymati, xarid qilingan, foydalanishga topshirilmagan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qiymati, asosiy podani shakllantirish xarajatlari, shuningdek erni obodonlashtirishga, uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarga va hisobi kapital qo’yilmalarni hisobga olish hisobvaraqlarida (0800) yuritiladigan boshqa vositalarga qo’yilmalar summalari ko’rsatiladi.
«Uzoq muddatli debitorlik qarzi» moddasi bo’yicha (110-satr) olingan veksellarning uzoq muddatli qismi, uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) shartnomasi bo’yicha topshirilgan asosiy vositalar uchun olinadigan to’lovlar qoldig’i, xodimlarning uzoq muddatli qarzi va hisobi 0910-«Olingan veksellar», 0920-«Uzoq muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar», 0930-«Xodimlarning uzoq muddatli qarzi», 0940-«Boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzi» hisobvaraqlarda yuritiladigan boshqa muddatli debitorlik qarzlari ko’rsatiladi.
111-satrda ma’lumot uchun uzoq muddatli debitorlik qarzining muddati o’tkazib yuborilgan qismi ko’rsatiladi.
«Uzoq muddatli muddati ko’chirilgan xarajatlar» moddasi bo’yicha (120-satr) vaqt farqlari bo’yicha o’tkazib yuborilgan daromad (foyda) solig’i, diskontlar (narx chegirmalari) bo’yicha uzoq muddatli o’tkazib yuborilgan xarajatlar va hisobi 0950-«Vaqt farqlari bo’yicha o’tkazib yuborilgan daromad (foyda) solig’i», 0960-«Diskontlar (narx chegirmalari) bo’yicha uzoq muddatli o’tkazib yuborilgan xarajatlar», 0990-«Boshqa uzoq muddatli o’tkazib yuborilgan xarajatlar» hisobvaraqlarida yuritiladigan boshqa uzoq muddatli o’tkazib yuborilgan xarajatlar ko’rsatiladi.
«I bo’lim bo’yicha jami» moddasi bo’yicha (130-satr) 012, 022, 030, 090, 100, 110, 120satrlar bo’yicha summa ko’rsatiladi.
«Tovar-moddiy zaxiralar, jami» moddasi bo’yicha (140-satr) 150, 160, 170, 180-satrlarda ko’rsatilgan ishlab chiqarish zaxiralarining qoldiqlari, tugallanmagan ishlab chiqarish summasi, tayyor mahsulot va tovarlar ko’rsatiladi.
«Ishlab chiqarish zaxiralari» moddasi bo’yicha (150-satr) xom ashyo zaxiralari, xarid qilingan yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi buyumlar, yoqilg’i, ehtiyot qismlar, qurilish materiallari, idish va idish materiallari, inventar va xo’jalik anjomlari, qaytariladigan chiqindilar va 1000-«Materiallarni hisobga olish hisobvaraqlari» hisobvarag’ida hisobga olinadigan boshqa moddiy boyliklarning haqiqiy tannarxi ko’rsatiladi.
Ushbu modda bo’yicha, shuningdek, yosh hayvonlar; bo’rdoqiga, yaylovda boqilayotgan katta hayvonlar; parrandalar; yovvoyi hayvonlar, quyonlar; asalari uyalari; sotish uchun asosiy podadan chiqarilgan (bo’rdoqiga boqish uchun qo’yilmalar) katta mollar; aholidan sotish uchun qabul qilingan, parvarishlash va bo’rdoqiga boqish uchun hayvonlarni hisobga olish hisobvaraqlarida (1100) hisobga olinadigan mollarning haqiqiy tannarxi aks ettiriladi.
Materiallarni tayyorlash va xarid qilishni hisobga olish (1500) va materiallar qiymatidagi tafovutlarni hisobga olish (1600) hisobvaraqlaridan foydalanilganda ko’rsatilgan boyliklar ushbu hisobvaraqlarda «Ishlab chiqarish zaxiralari» moddasi bo’yicha aks ettiriladi.
«Tugallanmagan ishlab chiqarish» moddasi bo’yicha (160-satr) hisobi asosiy ishlab chiqarish
(2000), o’zi ishlab chiqargan yarim tayyor mahsulotlar (2100), yordamchi ishlab chiqarishlar (2300), xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarni (2700) hisobga olish hisobvaraqlarida yuritiladigan tugallanmagan ishlab chiqarish va tugallanmagan ishlar (xizmatlar) bo’yicha xarajatlar ko’rsatiladi.
«Tayyor mahsulot» moddasi bo’yicha (170-satr) ishlab chiqarishi tugallangan, sinov va qabul qilishdan o’tgan, buyurtmachilar bilan shartnoma shartlariga ko’ra barcha qismlar bilan butlangan va texnik shartlar hamda standartlarga muvofiq bo’lgan buyumlar qoldiqlarining, ko’rgazmada bo’lgan va boshqa korxonalarga komissiyaga (konsignatsiyaga) topshirilgan, tayyor mahsulotni hisobga olish hisobvaraqlarida (2800) hisobga olinadigan tayyor mahsulotning haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi ko’rsatiladi. Ko’rsatilgan talablarga javob bermaydigan mahsulot va topshirilmagan ishlar tugallanmagan, deb hisoblanadi va tugallanmagan ishlab chiqarish tartibida ko’rsatiladi.
«Tovarlar» moddasi bo’yicha (180-satr) omborlardagi tovarlar qoldiqlarining qiymati, tovarning chakana savdodagi qiymati, ko’rgazmada bo’lgan va boshqa korxonalarga komissiya (konsignatsiyaga) topshirilgan tovarlarning qiymati, ijara buyumlari, tovar idishlari va bo’sh idishlarning qiymati, yo’ldagi tovarlar, savdo ustamasini chegirgan holda savdo yoki umumiy ovqatlanishda o’z faoliyatini amalga oshiradigan korxona xarid qilgan va tovarlarni hisobga olish hisobvaraqlarida (2900) hisobga olinadigan boshqa tovarlar ko’rsatiladi.
«Kelgusi davr xarajatlari» moddasi bo’yicha (190-satr) bo’lg’usi davrlar xarajatlarini hisobga olish hisobvaraqlarida (3100) aks ettirilgan, hisobot davrida amalga oshirilgan, lekin u taalluqli bo’lgan muddat davomida keyingi hisobot davrlarida moliyaviy-xo’jalik faoliyati xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar summasi ko’rsatiladi. Bunday xarajatlarga ommaviy axborot vositalari nashriga obuna bo’yicha xarajatlar, oldindan to’langan ijara haqi va hokazolar kiradi.
«Muddati o’tkazib yuborilgan xarajatlar» moddasi bo’yicha (200-satr) muddati o’tkazib yuborilgan daromad (foyda) solig’ining vaqt farqlari bo’yicha joriy qismi, diskont (narxdagi chegirishlar) bo’yicha muddati o’tkazib yuborilgan xarajatlar va muddati o’tkazib yuborilgan xarajatlarni hisobga olish hisobvaraqlarida (3200) hisobga olingan boshqa muddati o’tkazib yuborilgan xarajatlar ko’rsatiladi.
«Debitorlar, jami» moddasi bo’yicha (120-satr) xaridorlar va buyurtmachilar qarzlari summasining yakuni sifatida jami debitorlik qarzi, alohida, shu’ba va tobe xo’jalik jamiyatlarining qarzi, mol etkazib beruvchilar, pudratchilar, xodimlarga berilgan bo’naklar; byudjetga, davlat maqsadli jamg’armalariga va sug’urta bo’yicha bo’nak to’lovlari; muassislarning ustav sarmoyasiga ulushlar bo’yicha qarzi va turli debitorlarning 220, 230, 240, 250, 260, 270, 280, 290, 300, 310-satrlarda ko’rsatilgan qarzlari ko’rsatiladi.
211-satrlarda ma’lumot uchun debitorlik qarzining muddati o’tkazib yuborilgan qismi ko’rsatiladi.
«Xaridorlar va buyurtmachilarning qarzi» moddasi bo’yicha (220-satr) buyurtmachilar (xaridorlar)ga sotilgan mahsulot, tovarlar, topshirilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun qarz ko’rsatiladi, bunda shubhali qarzlar bo’yicha rezerv chegiriladi.
«Alohida bo’linmalarning qarzi» moddasi bo’yicha (230-satr) alohida bo’linmalar (filiallar, vakolatxonalar)ning korxona balansiga (ichki xo’jalik hisob-kitoblariga) kiritiladigan, hisobi 4110-«Alohida bo’linmalardan olishga doir hisobvaraqlar» hisobvarag’ida yuritiladigan joriy qarzi aks ettiriladi.
«Shu’ba va tobe xo’jalik jamiyatlarining qarzi» moddasi bo’yicha (240-satr) shu’ba va tobe xo’jalik jamiyatlari hisobi 4120-«Shu’ba va tobe xo’jalik jamiyatlaridan olishga doir hisobvaraqlar» hisobvarag’ida yuritiladigan joriy qarzlari (ichki idora hisob-kitoblari) aks ettiriladi. Shu’ba va (yoki) tobe xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 oktyabrda 50-son bilan tasdiqlangan (ro’yxat raqami 580, 1998 yil 28 dekabr, O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999 yil 6-son) Buxgalteriya hisobi milliy standarti (8-BHMS) «Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlar va shu’ba xo’jalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi»ga ko’ra bosh jamiyatning moliyaviy hisobida konsolidatsiyalanishi kerak.
«Xodimlarga berilgan bo’naklar» moddasi bo’yicha (250-satr) xodimlarga mehnat haqi bo’yicha, xizmat sarflariga, umumxo’jalik xarajatlariga berilgan bo’naklar summasi va bo’lg’usi hisob-kitoblar bo’yicha boshqa bo’naklar ko’rsatiladi. Xodimlarga berilgan bo’naklar hisobi xodimlarga berilgan bo’naklarni hisobga olish hisobvaraqlarida (4200) yuritiladi.
«Mahsulot etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar» moddasi bo’yicha (260satr) bo’lg’usi hisob-kitoblar bo’yicha boshqa korxonalarga to’langan bo’naklar summasi ko’rsatiladi. Mahsulot etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar hisobi etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklarni hisobga olish hisobvaraqlarida (4300) yuritiladi.
«Byudjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari» moddasi bo’yicha (270-satr) byudjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari ko’rsatiladi. Byudjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari bo’yicha hisobi 4410-«Byudjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha (turlari bo’yicha) bo’nak to’lovlari» hisobvarag’ida yuritiladi.
«Davlat maqsadli jamg’armalariga va sug’urta bo’yicha bo’nak to’lovlar» moddasi bo’yicha (280-satr) hisobi davlat maqsadli jamg’armalariga va sug’urta bo’yicha bo’nak to’lovlarini hisobga olish hisobvaraqlarida (4500) yuritiladigan davlat maqsadli jamg’armalariga (Respublika yo’l jamg’armasi, O’zbekiston Respublikasi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga, Davlat bandlikka ko’maklashish jamg’armasiga) va sug’urta bo’yicha majburiy ajratmalar bo’yicha bo’nak to’lovlari va ortiqcha to’lovlar ko’rsatiladi.
«Muassislarning ustav sarmoyasiga ulushlar bo’yicha qarzi» moddasi bo’yicha (290-satr) 4610-«Muassislarning ustav sarmoyasiga ulushlar bo’yicha qarzi» hisobvarag’ida hisobga olinadigan muassislarning ustav sarmoyasiga ulushlar bo’yicha qarzi ko’rsatiladi.
«Xodimlarning boshqa operatsiyalar bo’yicha qarzi» moddasi bo’yicha (300-satr) korxona xodimlarining kreditga sotilgan tovarlar, xodimlarga berilgan qarzlar, korxonaga etkazilgan moddiy zararni qoplash bo’yicha qarzi va xodimlarning boshqa qarzlari ko’rsatiladi. Xodimlarning boshqa operatsiyalari bo’yicha qarzini hisobga olish hisobvaraqlarida (4700) yuritiladi.
«Boshqa debitorlarning qarzi» moddasi bo’yicha (310-satr) turli debitorlarning yuqorida ko’rsatilgan debitorlar bilan hisob-kitoblar moddalarida aks ettirilmagan qarzlari ko’rsatiladi, xususan, olinadigan foiz va dividendlar, uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo’yicha joriy to’lovlar, qisqa muddatli ijara (tezkor lizing) bo’yicha to’lovlar; royalti bo’yicha olishga doir hisobvaraqlar, qarzdorlar e’tirof yoki ular bo’yicha sud yoki boshqa organning ularni undirish to’g’risida qarori olingan, moliya-xo’jalik faoliyati natijalariga kiritilgan jarimalar, penya va neustoykalar, boshqa shaxslarning hisobi turli debitorlarida (4800) yuritiladigan qarzi ko’rsatiladi.
«Pul mablag’lari, jami» moddasi bo’yicha (320-satr) kassa, hisob-kitob va valyuta hisobvaraqlaridagi pul mablag’lari summasi, shuningdek 330, 340, 350, 360-satrlarda ko’rsatilgan boshqa pul mablag’lari ko’rsatiladi. Balansning ushbu moddalarida aks ettirilgan summalar bank ko’chirmalariga pul mablag’larining kassa hisoboti bo’yicha qoldiqlariga mos kelishi kerak.
«Kassadagi pul mablag’lari» moddasi bo’yicha (330-satr) hisobot davrining oxirgi sanasida korxona kassalarida bo’lgan, milliy valyuta va xorijiy valyutadagi pul mablag’lari qoldig’i ko’rsatiladi. Kassadagi pul mablag’lari hisobi kassadagi pul mablag’larini hisobga olish hisobvaraqlarida yuritiladi (5000).
«Hisob-kitob varag’idagi pul mablag’lari» moddasi bo’yicha (340-satr) hisobot davrining oxirgi sanasida banklardagi hisob-kitob varaqlarida bo’lgan, milliy valyuta pul mablag’lari qoldig’i ko’rsatiladi. Hisob-kitob varag’ida milliy valyutadagi pul mablag’larining hisobi 5110-«Hisob-kitob varag’i» hisob varag’ida yuritiladi.
«Xorijiy valyutadagi pul mablag’lari» moddasi bo’yicha (350-satr) korxona banklardagi valyuta hisobvaraqlarida bo’lgan, hisobot davrining oxirgi sanasida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo’yicha milliy valyuta baholangan valyuta mablag’larining qoldig’i ko’rsatiladi. Xorijiy valyutadagi pul mablag’larining hisobi xorijiy valyutadagi pul mablag’larini hisobga olish hisobvaraqlarida (5200) yuritiladi.
«Boshqa pul mablag’lari va ekivalentlari» moddasi bo’yicha (360-satr) korxonaning bankda maxsus hisobvaraqlardagi pul mablag’lari (5500), pul ekvivalentlari (5600), yo’ldagi pul mablag’lari (jo’natmalari) ni (5700) hisobga olish hisobvaraqlarida hisobga olinadigan pul mablag’lari qoldig’i ko’rsatiladi.
«Qisqa muddatli investitsiyalar» moddasi bo’yicha (370-satr) korxonaning boshqa korxonalar qimmatli qog’ozlariga qisqa muddatli (12 oydan oshmaydigan muddatga) investitsiyalari, davlat va mahalliy zayom obligatsiyalari va shu singarilar, shuningdek boshqa korxonalariga berilgan qarzlar va hisobi qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga olish hisobvaraqlarida (5800) yuritiladigan boshqa joriy investitsiyalar ko’rsatiladi.
«Boshqa joriy aktivlar» moddasi bo’yicha (380-satr) mazkur hisobot davrida inventarizatsiya chog’ida aniqlangan, ular bo’yicha aybdor shaxslar topilmagan komomadlar, o’g’irliklar va boyliklarni shikastlashdan talafotlar summasi hamda yuqorida keltirilgan bo’lim moddalarida nazarda tutilmagan, biroq korxona mulki hisoblangan boshqa joriy aktivlar ko’rsatiladi, ular hisobi 5910-«Kamomadlar va boyliklar shikastlanishidan talafotlar» va 5920-«Boshqa joriy aktivlar» hisobvaraqlarida yuritiladi.
«II bo’lim yuo’yicha jami» moddasi bo’yicha (390-satr) 140, 190, 200, 210, 320, 370, 380satrlar bo’yicha summa ko’rsatiladi.
«Balans aktivi bo’yicha jami» moddasi bo’yicha (400-satr) satrlarni qo’shish yo’li bilan olingan aktivning yakuniy summasi ko’rsatiladi 130-satr+390 satr.
«Ustav sarmoyasi» moddasi bo’yicha (410-satr) ustav sarmoyasining ta’sis hujjatlarida korxona muassislari ulushlari (hissalari, nominal qiymat bo’yicha aktsiyalari, pay badallari)ning jami sifatida ro’yxatga olingan miqdori ko’rsatiladi. Ustav sarmoyasining hisobi ustav sarmoyasini hisobga olish hisobvaraqlarida (8300) yuritiladi.
«Qo’shilgan sarmoya» moddasi bo’yicha (420-satr) aktsiyalarini nominal qiymatdan yuqori narxlarda birlamchi sotish chog’ida olingan emission daromad summasi, korxonaning ustav
sarmoyasini shakllantirish chog’ida ta’sis hujjatlarini ro’yxatga olish sanasi bilan mablag’larni O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kurslari o’rtasida yuzaga keladigan kurslardagi farq summasi ko’rsatiladi, ularning hisobi qo’shilgan sarmoyani hisobga olish hisobvaraqlarida (8400) yuritiladi.
«Zaxira sarmoya» moddasi bo’yicha (430-satr) korxona ustaviga ko’ra foyda hisobiga, molmulkni qayta baholash chog’ida hosil bo’ladigan inflyatsion zaxiralar, tekinga olingan molmulk hisobiga tashkil etilgan, hisobi zaxira sarmoyasini hisobga olish hisobvaraqlarida (8500) yuritiladigan zaxiralar summasi ko’rsatiladi.
Mazkur modda bo’yicha imtiyozli davr tugaganidan keyin 8840-«Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» hisobvarag’idan 8530-«Tekinga olingan mol-mulk» hisobvarag’i kreditiga hisobdan chiqariladigan, soliq solishdan ozod qilish natijasida bo’shaydigan mablag’larni maqsadli vazifalarini bajarishga yo’naltirish sharti bilan bojxona to’lovlarini, byudjetga soliqlar va majburiy to’lovlarni to’lash bo’yicha soliq imtiyozlari summalari ham aks ettiriladi.
«Sotib olingan o’z aktsiyalari» moddasi bo’yicha (440-satr) korxonada bo’lgan, ularni keyinchalik tarqatish yoki yo’q qilish uchun sotib olingan o’z aktsiyalarining qiymati ko’rsatiladi. Sotib olingan o’z aktsiyalarini sotib olingan aktsiyalarini hisobga olish hisobvaraqlarida (8600) hisobga olinadi.
«Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» moddasi bo’yicha (450-satr) hisobi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga olish hisobvaraqlarida (8700) yuritiladigan hisobot yilining sof foydasi (zarari) va o’tgan yillarning jamg’arilgan foydasi (zarari) aks ettiriladi.
Agar korxona zarar olgan bo’lsa, hisobot davrining oxirida ushbu zarar ushbu modda bo’yicha «minus» belgisi bilan ko’rsatiladi.
«Maqsadli tushumlar» moddasi bo’yicha (460-satr) olingan grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari, maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari summalari va maqsadli tushumlarni hisobga olish hisobvaraqlarida (8800) hisobga olingan, maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun boshqa maqsadli tushumlar ko’rsatiladi.
«Bo’lg’usi xarajatlar va to’lovlar zaxiralari» moddasi bo’yicha (470-satr) korxona tomonidan bo’lg’usi xarajatlar va to’lovlar uchun xarajatlarda bir tekisda taqsimlash maqsadida zaxira qilingan mablag’lar ko’rsatiladi.
«I bo’lim bo’yicha jami» moddasi bo’yicha (480-satr) quyidagi natija ko’rsatiladi: 410satr+420-satr+430-satr-440-satr+450-satr+460-satr+470-satr+430-satr-440-satr+450satr+460satr+470-satr.
«Uzoq muddatli majburiyatlar, jami» moddasi bo’yicha (490-satr) korxonaning 500, 510, 520, 530, 540, 550, 560, 570, 580, 590-satrlarda ko’rsatilgan uzoq muddatli majburiyatlari (so’ndirish muddati bir yildan ortiq bo’lgan) ko’rsatiladi.
491-satrda ma’lumot uchun korxonaning 500, 520, 540, 560, 590-satrlarda ko’rsatilgan uzoq muddatli kreditorlik qarzlari summasi ko’rsatiladi.
492-satrda ma’lumot uchun korxona uzoq muddatli kreditorlik qarzlarining muddati o’tkazib yuborilgan qismi ko’rsatiladi.
«Mahsulot etkazib beruvchilar va pudratchilardan uzoq muddatli qarz» moddasi bo’yicha (500-satr) hisobi 7010-«Mahsulot etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lashga doir hisobvaraqlar» va 7020-«Berilgan veksellar» hisobvaraqlarida yuritiladigan, kelib tushgan mol-mulk, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun mahsulot etkazib beruvchilar va pudratchilarga uzoq muddatli majburiyatlar summasi ko’rsatiladi.
«Alohida bo’linmalardan uzoq muddatli qarz» moddasi bo’yicha (510-satr) korxona balansiga (ichki xo’jalik hisob-kitoblari) kiritiladigan hisobi 7110-«Alohida bo’linmalardan uzoq muddatli qarz» hisobvarag’ida yuritiladigan alohida bo’linmalarga (filiallar, vakolatxonalarga) uzoq muddatli majburiyatlar aks ettiriladi.
«Shuba va tobe xo’jalik jamiyatlaridan uzoq muddatli qarz» moddasi bo’yicha (520-satr) hisobi 7120-«Shuba va tobe xo’jalik jamiyatlaridan uzoq muddatli qarz» hisobida yuritiladigan shu’ba va tobe xo’jalik jamiyatlaridan uzoq muddatli qarzlar (ichki idora hisobkitoblari) aks ettiriladi.
«Muddati o’tkazib yuborilgan uzoq muddatli daromadlar» moddasi bo’yicha (530-satr) hisobi 7210-«Diskont (narxdan chegirmalar) ko’rinishida muddati o’tkazib yuborilgan uzoq muddatli daromadlar», 7220-«Mukofotlar (ustamalar) ko’rinishida muddati o’tkazib yuborilgan uzoq muddatli daromadlar», 7230-«Muddati o’tkazib yuborilgan boshqa uzoq muddatli daromadlar» hisobvaraqlarida yuritilgan, korxonalarning muddati o’tkazib yuborilgan uzoq muddatli majburiyatlar summasi ko’rsatiladi.
«Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha muddati o’tkazib yuborilgan uzoq muddatli majburiyatlar» moddasi bo’yicha (540-satr) hisobi 724-«Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha muddati o’tkazib yuborilgan uzoq muddatli majburiyatlar» hisobvarag’ida yuritiladigan, korxonalarning soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlari summasi ko’rsatiladi.
«Muddati o’tkazib yuborilgan boshqa uzoq muddatli majburiyatlar» moddasi bo’yicha (550satr) hisobi 7250-«Vaqt farqlari bo’yicha daromad (foyda) solig’iga doir muddati o’tkazib yuborilgan uzoq muddatli majburiyatlar», 7290-«Muddati o’tkazib yuborilgan boshqa uzoq muddatli majburiyatlar» hisobvaraqlarida yuritiladigan, korxonalarning moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq, muddati o’tkazib yuborilgan boshqa uzoq muddatli majburiyatlari summasi ko’rsatiladi.
«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» moddasi bo’yicha (560-satr) 7310«Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» hisobvarag’ida hisobga olingan, bo’lg’usi hisob-kitoblar bo’yicha bo’naklar ko’rinishida chet tashkilotlardan olingan uzoq muddatli qarzlar summasi ko’rsatiladi.
«Uzoq muddatli bank kreditlari» moddasi bo’yicha (570-satr) 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari» hisobvarag’ida hisobga olingan, olingan uzoq muddatli kreditlar bo’yicha banklardan qarz summalari ko’rsatiladi.
«Uzoq muddatli qarz (zayom)lar» moddasi bo’yicha (580-satr) 7820-«Uzoq muddatli qarzlar», 7830-«To’lashga doir obligatsiyalar», 7840-«To’lashga doir veksellar» hisobvaraqlarida hisobga olingan, boshqa korxonalar va muassasalardan uzoq muddatli qarzlar bo’yicha qarz summalari ko’rsatiladi.
«Boshqa uzoq muddatli kreditorlik qarzlari» moddasi bo’yicha (590-satr) turli kreditorlardan uzoq muddatli qarzni hisobga olish hisobvaraqlarida (7900) hisobga olingan, korxonaning ijaraga beruvchi (lizing beruvchi), xodimlar, turli jismoniy va yuridik shaxslar oldida turli xil notijoriy operatsiyalar bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlari summalari, sud organlarining ijro hujjatlari yoki qarorlari asosida turli tashkilotlar va ayrim shaxslar foydasiga korxona xodimlarining ish haqidan ushlangan summalar ko’rsatiladi.
«Joriy majburiyatlar, jami» moddasi bo’yicha (600-satr) 610, 620, 630, 640, 650, 660, 670,
680, 690, 700, 710, 720, 730, 740, 750, 760-satrlarda ko’rsatilgan korxona joriy majburiyatlarining (bir yildan kam bo’lgan muddatli) summasini aks ettiriladi. 601-satrlar ma’lumot uchun 610, 630, 650, 670, 680, 690, 700, 710, 720, 760-satrda ko’rsatilgan korxona joriy kreditorlik qarzlarining summasi ko’rsatiladi.
602-satrda ma’lumot uchun korxona joriy kreditorlik qarzlarining muddati o’tkazib yuborilgan qismi ko’rsatiladi.
«Mahsulot etkazib beruvchilar va pudratchilardan qarz» moddasi bo’yicha (610-satr) hisobi
6010-«Mahsulot etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lashga doir hisobvaraqlar» va 6020«Berilgan veksellar» hisobvaraqlarida yuritiladigan kelib tushgan tovar-moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun mahsulot etkazib beruvchilar hamda pudratchilarga joriy majburiyatlar summasi ko’rsatiladi.
«Alohida bo’linmalardan qarz» moddasi bo’yicha (620-satr) hisobi «Alohida bo’linmalarga to’lashga doir hisobvaraqlar» hisobvarag’ida yuritiladigan, korxona balansiga kiritiladigan alohida bo’linmalarga (filiallar, vakolatxonalarga) joriy majburiyatlar (ichki xo’jalik hisobkitoblari) aks ettiriladi.
«Shu’ba va tobe xo’jalik jamiyatlaridan qarz» moddasi bo’yicha (630-satr) hisobi 6120«Shu’ba va tobe xo’jalik jamiyatlariga to’lashga doir hisobvaraqlar» hisobvarag’ida yuritiladigan, shu’ba va tobe xo’jalik jamiyatlaridan joriy qarzlar (ichki idora hisob-kitoblari) aks ettiriladi.
«Muddati o’tkazib yuborilgan daromadlar» moddasi bo’yicha (640-satr) hisobi 6210«Diskontlar (narxdan chegirishlar) ko’rinishida muddati o’tkazib yuborilgan daromadlar», 6220-«Mukofotlar (ustamalar) ko’rinishida muddati o’tkazib yuborilgan daromadlar» hisobvaraqlarida yuritiladigan, muddati o’tkazib yuboriladigan daromad bo’yicha korxonalar majburiyatlarining summasi ko’rsatiladi.
«Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha muddati o’tkazib yuborilgan majburiyatlar» moddasi bo’yicha (650-satr) hisobi 6240-«Soliqlar va majburiy to’lovlar muddati o’tkazib yuborilgan majburiyatlar» hisobvarg’ida yuritiladigan, korxonaning soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlari summasining joriy qismi ko’rsatiladi.
«Muddati o’tkazib yuborilgan boshqa majburiyatlar» moddasi bo’yicha (660-satr) hisobi 6250-«Vaqt farqlari bo’yicha daromad (foyda) solig’iga doir muddati o’tkazib yuborilgan majburiyatlar», 6290-«Muddati o’tkazib yuborilgan boshqa majburiyatlar» hisobvaraqlarida yuritiladigan, korxonaning moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq, muddati o’tkazib yuborilgan boshqa majburiyatlar summasi ko’rsatiladi.
«Olingan bo’naklar» moddasi bo’yicha (670-satr) chet tashkilotlardan bo’lg’usi hisobkitoblar bo’yicha bo’naklar ko’rinishida olingan, olingan bo’naklarni hisobga olish hisobvaraqlarida (6300) hisobga olingan qarz summasi ko’rsatiladi.
«Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz» moddasi bo’yicha (680-satr) 6410-«Byudjetga to’lovlar bo’yicha (turlari bo’yicha) qarz» hisobvarag’ida hisobga olinadigan, byudjetga to’lovlarning barcha turlari, jumladan jismoniy shaxslar daromad solig’i summasi bo’yicha korxonaning qarzi ko’rsatiladi.
«Sug’urta bo’yicha qarz» moddasi bo’yicha (690-satr) korxona sug’urtalanuvchi hisoblangan va hisobi 6510-«Sug’urta bo’yicha to’lovlar» hisobvaraqlarida yuritiladigan sug’urta bo’yicha to’lovlarga doir qarz ko’rsatiladi.
«Davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarz» moddasi bo’yicha (700-satr) hisobi 6530-«Davlat maqsadli jamg’armalariga to’lovlar» hisobvarag’ida yuritiladigan, korxonaning davlat maqsadli jamg’armalaridan qarzi ko’rsatiladi.
«Muassislardan qarz» moddasi bo’yicha (710-satr) hisobi 6610-«To’lashga doir dividendlar», 6620-«Chiqib ketayotgan muassislardan ularning hissasi bo’yicha qarz» hisobvaraqlarida amalga oshirilgan, korxonaning muassislar oldida dividendlar va chiqib ketayotgan muassislar oldida ularning hissasi bo’yicha majburiyatlari summasi ko’rsatiladi.
«Mehnatga haq to’lash bo’yicha qarz» moddasi bo’yicha (720-satr) 6710-«Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblar», 6720-«Deponentga qo’yilgan ish haqi» hisobvaraqlarida hisobga olingan, hisoblab yozilgan, lekin hali to’lanmagan mehnatga haq to’lash summalari, mukofotlar, nafaqalar va hokazolar ko’rsatiladi.
«Qisqa muddatli bank kreditlari» moddasi bo’yicha (730-satr) hisobi 6810-«Qisqa muddatli bank kreditlari» hisobvarag’ida yuritiladigan, olingan qisqa muddatli kreditlar bo’yicha banklar oldidagi qarz summalari ko’rsatiladi.
«Qisqa muddatli qarzlar» moddasi bo’yicha (740-satr) hisobi 6820-«Qisqa muddatli bank kreditlari» hisobvarag’ida yuritiladigan, olingan qisqa muddatli kreditlar bo’yicha banklar oldidagi qarz summalari ko’rsatiladi.
«Qisqa muddatli qarzlar» moddasi bo’yicha (740-satr) hisobi 6820-«Qisqa muddatli qarzlar», 6830-«To’lashga doir obligatsiyalar», 6840-«To’lashga doir veksellar» hisobvaraqlarida yuritiladigan, boshqa korxonalar va shaxslardan olingan qarzlar (zayomlar) bo’yicha qarz summalari ko’rsatiladi.
«Uzoq muddatli majburiyatlarning joriy qismi» moddasi bo’yicha (750-satr) hisobi 6950«Uzoq muddatli majburiyatlar-joriy qism» hisobvarag’ida yuritilgan, korxona uzoq muddatli majburiyatlarining joriy qismi summalari ko’rsatiladi.
«Boshqa kreditorlik qarzlari» moddasi bo’yicha (760-satr) hisobi 6910-«To’lashga doir qisqa muddatli ijara», 6920-«Hisoblab yozilgan foizlar», 6930-«Royalti bo’yicha qarz», 6840-
«Kafolatlar bo’yicha qarz», 6960-«Da’volar bo’yicha to’lashga doir hisobvaraqlar», 6870«Hisobdor shaxslardan qarz» va 6990-«Boshqa majburiyatlar» hisobvaraqlarida yuritiladigan, korxonaning turli kreditlari bilan operatsiyalar bo’yicha qarz summalari ko’rsatiladi.
«II bo’lim bo’yicha jami» moddasi bo’yicha (770-satr) 490 va 600-satrlar bo’yicha summa ko’rsatiladi.
«Balans passivi bo’yicha jami» moddasi bo’yicha (780-satr) 480 va 770-satrlar bo’yicha summalar natijasi sifatida olingan passivning yakuniy summasi ko’rsatiladi.
«Balansdan tashqari hisobvaraqlarda hisobga olinadigan boyliklar mavjudligi to’g’risida ma’lumotnoma» 790-920-satrlarda korxonaga tegishli bo’lmagan, lekin vaqtincha foydalanadigan yoki uning tasarrufida bo’lgan boyliklar (qisqa muddatga ijara olingan asosiy vositalar, ma’suliyatli saqlashdagi, qayta ishlanayotgan va hokazo moddiy boyliklar), shartli huquqlar va majburiyatlar mavjudligi to’g’risidagi, shuningdek korxonaning balansdan tashqari hisobvaraqlarida hisobga olingan ayrim xo’jalik operatsiyalarini nazorat qilish uchun axborot ko’rsatiladi.