«Mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotilishidan sof tushum» moddasi bo’yicha (010satr) mahsulot, tovar, ishlar va xizmatlarni sotishdan olingan, xaridorlar va buyurtmachilar to’laydigan tushum ko’rsatiladi, bunda soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i, aktsiz solig’i) hamda qaytarilgan tovarlar va tayyor mahsulotlarning qiymati, xaridorning sotish narxlaridan chegirmalari chegiriladi.
010-satr asosiy (operatsion) faoliyatdan daromadlarni hisobga olish hisobvaraqlari (9000) ma’lumotlari bo’yicha to’ldiriladi.
Asosiy faoliyati mol-mulkni ijaraga (lizingga) berish hisoblangan korxonalar 010-satr bo’yicha hisoblab yozilgan ijara haqi (lizing to’lovi) summasini aks ettiradilar.
Vositachi korxonalar 010-satrda komission haqlar summasini aks ettiradilar.
«Sotilgan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) tannarxi» moddasi bo’yicha (020-satr) sotilgan mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) tannarxini hisobga olish hisobvaraqlarida (9100) hisobga olingan, sotilgan mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) tannarxini summasi ko’rsatiladi.
Savdo korxonalari ushbu satr bo’yicha sotilgan tovarlarning xarid qiymatini aks ettiradilar. Tovar aylanmasida (tovarlarni qabul qilish va sotishda) ishtirok etmasdan, xizmatlar uchun haq ko’rinishida daromad oladigan vositachi tashkilotlar ushbu satrni to’ldirmaydilar.
«Mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotilishidan yalpi foyda (zarar)» (030-satr) mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotilishidan sof tushum bilan sotilgan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) tannarxi o’rtasidagi farq (010-satr-020-satr) sifatida aniqlanadi.
«Davr harajatlari, jami» moddasi bo’yicha (040-satr) 050, 060, 070, 080-satrlar bo’yicha yakuniy summa aks ettiriladi.
«Realizatsiya xarajatlari» moddasi bo’yicha (050-satr) hisobi 9410-«Realizatsiya xarajatlari» hisobvarag’ida yuritiladigan: mahsulotni realizatsiya qilish harajatlari, ya’ni mahsulotni iste’molchiga etkazish, transport vositalariga ortish bilan bog’liq xarajatlar, marketing bilan shug’ullanadigan bo’limlar va xodimlarning xarajatlari va hokazolar aks ettiriladi.
«Ma’muriy xarajatlar» moddasi bo’yicha (060-satr) hisobi 9420-«Ma’muriy xarajatlar» hisobvarag’ida yuritiladigan: korxonani boshqarish xarajatlari, boshqaruv xodimlari mehnatga haq to’lash xarajatlari, umumma’muriy maqsaddagi asosiy vositalarni ta’mirlash xarajatlari, umumxo’jalik maqsadidagi xonalarning ijara haqi va boshqa ma’muriy xarajatlar aks ettiriladi.
«Boshqa operatsion xarajatlar» moddasi bo’yicha (070-satr) hisobi 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» hisobvarag’ida yuritiladigan: kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari, axboriy, auditorlik va maslahat xizmatlariga haq to’lash xarajatlari, kompensatsiyalaydigan va rag’batlantiradigan xususiyatdagi to’lovlar, ish haqini hisoblab yozishda hisobga olinmaydigan to’lovlar va xarajatlar, bank va depozitariy xizmatlariga haq, zararlar, jarimalar, penyalar va operatsion faoliyat jarayonida yuzaga keladigan, ishlab chiqarish jarayoni, moliyaviy faoliyat bilan bog’lanmagan va xarajatlarning favqulodda moddalari sifatlariga ega bo’lmagan boshqa xarajatlar aks ettiriladi.
«Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari» moddasi bo’yicha (080-satr) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tartibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida nizom»ning (O’zbekiston Respublikasi hukumati qarorlari to’plami, 1999 yil 2-son, 9-modda) 2.4bo’limida keltirilgan, kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari aks ettiriladi va 9440-«Kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqariladigan hisobot davri xarajatlari» hisobvarag’ida umumlashtirilgan hisob ma’lumotlari bo’yicha to’ldiriladi.
«Asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar» moddasi bo’yicha (090-satr) hisobi asosiy faoliyatdan boshqa daromadlarni hisobga olish hisobvaraqlarida (9300) yuritiladigan: asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda, undirilgan jarimalar, penya va neustoykalar, o’tgan yillar foydasi, qisqa muddatli ijaradan daromadlar, kreditorlik va deponentlik qarzini hisobdan chiqarishdan daromadlar, xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning daromadlari, tekin moliyaviy yordam va boshqa operatsion daromadlar ko’rsatiladi.
«Asosiy faoliyatdan foyda (zarar)» moddasi bo’yicha (100-satr) korxona asosiy faoliyatining moliyaviy natijalari ko’rsatiladi, ular mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotilishidan yalpi foyda (zarar) dan (030-satr) davr xarajatlari summasini (040-satr) ayirish hamda asosiy faoliyatdan boshqa daromadlar summasini (090-satr) qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.
«Moliyaviy faoliyatdan daromadlar, jami» moddasi bo’yicha yakuniy summa aks ettiriladi.
«Dividendlar ko’rinishida daromadlar» moddasi bo’yicha (120-satr) hisobi 9520«Dividendlar ko’rinishida daromadlar» hisobvarag’ida yuritiladigan: O’zbekiston
Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa korxonalar faoliyatida ulushbay ishtirok etishdan olingan daromadlar, korxona egaligida bo’lgan aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlar bo’yicha dividendlar aks ettiriladi.
«Foizlar ko’rinishida daromadlar» moddasi bo’yicha (130-satr) hisobi 9530-«Foizlar ko’rinishida daromadlar» hisobvarag’ida yuritiladigan, uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo’yicha foizlar ko’rinishida daromadlar ko’rsatiladi.
«Uzoq muddatli ijaradan daromadlar (moliyaviy lizing)» moddasi bo’yicha (140-satr) hisobi 9550-«Uzoq muddatli ijaradan daromadlar» hisobvarag’ida yuritiladigan, mol-mulkni yuridik va jismoniy shaxslarga uzoq muddatli ijaraga berishdan daromadlar aks ettiriladi.
«Valyuta kurslaridagi farqlardan daromadlar» moddasi bo’yicha (150-satr) hisobi 9540«Valyuta kurslaridagi farqlardan daromadlar» hisobvarag’ida yuritiladigan, shu jumladan balansni tuzish sanasida balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan, valyuta operatsiyalari bo’yicha musbat kurslardagi farqlardan daromadlar aks ettiriladi.
«Moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar» moddasi bo’yicha (160-satr) hisobi 9510«Royalti ko’rinishida daromadlar», 9560-«Qimmatli qog’ozlarni qayta baholashdan daromadlar». 9590-«Moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar» hisobvaraqlarida yuritiladigan: qimmatli qog’ozlarni qayta baholashlarni o’tkazishdan daromadlar, royalti ko’rinishida daromadlar va moliyaviy faoliyatdan boshqa daromadlar ko’rsatiladi. «Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar, jami» moddasi bo’yicha (170-satr) 180, 190, 200, 210-satrlar bo’yicha yakuniy summa aks ettiriladi.
«Foizlar ko’rinishida xarajatlar» moddasi bo’yicha (180-satr) hisobi 9610-«Foizlar ko’rinishida xarajatlar» hisobvarag’ida yuritiladigan, banklar kreditlari va qarzlar bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlari ko’rsatiladi.
«Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo’yicha foizlar ko’rinishida xarajatlar» moddasi bo’yicha (190-satr) hisobi 9610-satr «Foizlar ko’rinishida xarajatlar» hisobvarag’ida yuritiladigan, uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo’yicha foizlarni to’lash xarajatlari aks ettiriladi.
«Valyuta kurslaridagi farqlardan zararlar» moddasi bo’yicha (200-satr) hisobi 9620-«Valyuta kurslaridagi farqlardan zararlar» hisobvarag’ida yuritiladigan, valyuta operatsiyalari bo’yicha va balans tuzish sanasida badlansning valyuta moddalarini qayta baholashdan manfiy kurslardagi farqlar aks ettiriladi.
«Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar» moddasi bo’yicha (120-satr) hisobi 9630«Qimmatli qog’ozlar chiqarish va tarqatish xarajatlari» va 9690-«Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar» hisobvaraqlarida yuritiladigan, qimmatli qog’ozlarni chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar hamda moliyaviy faoliyatga doir boshqa xarajatlar aks ettiriladi.
«Umumxo’jalik faoliyatidan foyda (zarar)» moddasi bo’yicha (220-satr) korxonaning umumxo’jalik faoliyatiga doir, asosiy faoliyatdan foyda (zarar) summasiga (100-satr) moliyaviy faoliyatdan daromadlar summasini (110-satr) qo’shish va moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar summasini (170-satr) ayirish yo’li bilan belgilanadigan moliyaviy natijalar ko’rsatiladi.
«Favqulodda foyda va zararlar» moddasi bo’yicha (230-satr) favqulodda voqealar natijalari ko’rsatiladi, «Daromadlar (foyda)» ustuni 9710-«Favqulodda foydalar» hisobvarag’ining ma’lumotlari, «Xarajatlar (zarar)» ustuni esa 9720-«Favqulodda zararlar» hisobvarag’ining ma’lumotlari bo’yicha to’ldiriladi.
«Daromad (foyda) solig’ini to’lashga qadar foyda (zarar)» moddasi bo’yicha (240-satr)+/belgisini hisobga olgan holda 220 va 230-satrlarni qo’shish natijalari aks ettiriladi. Ushbu satr natijasi daromad (foyda) solig’ining hisob-kitobi chog’ida asos bo’lib hisoblanadi.
«Daromad (foyda) solig’i» moddasi bo’yicha (250-satr) hisobot davri boshidan hisoblab yozilgan, byudjetga to’lanadigan va 9810-«Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» hisobvarag’ida hisobga olingan summalar ko’rsatiladi.
«Foydadan boshqa soliqlar va yig’imlar» moddasi bo’yicha (260-satr) yil boshidan hisoblab yozilgan, korxona foyda hisobiga to’laydigan soliqlar va yig’imlar summasi aks ettiriladi.
Ular uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq solishning maxsus tartibi nazarda tutilgan korxonalar 260-satr bo’yicha hisoblab yozilgan yagona soliq, yalpi tushumdan soliq, belgilangan daromaddan olinadigan yagona soliq, yagona er solig’i summasini aks ettiriladi.
«Hisobot davrining sof foydasi (zarari)» moddasi bo’yicha (270-satr) hisobot davrining pirovard moliyaviy natijasi ko’rsatiladi, u 240-250-260-satrlar ayirmasi sifatida belgilangan. «Byudjetga to’lovlar bo’yicha ma’lumotnoma»da (280-440-satrlar) korxonalar tomonidan soliq qonunchiligiga muvofiq hisoblab yozilgan va to’lanadigan soliqlar turlari bo’yicha byudjetga to’lovlar ko’rsatiladi. Mazkur ma’lumotnomada 450-satr bo’yicha korxonalar tomonidan hisoblab yozilgan va to’lanadigan byudjetga to’lovlarning yakuniy summasi ko’rsatiladi.
Asosiy vositalarning harakati to’g’risida hisobotda korxona asosiy vositalarining mavjudligi va harakati ko’rsatiladi.
3-ustunda va 6-ustunda tegishlicha yil boshida va oxirida korxona balansida qayd etilgan korxona asosiy vositalarining, shu jumladan joriy ijaraga topshirilgan, konservatsiyada bo’lgan va hokazo asosiy vositalarning ayrim turlarining dastlabki (tiklash) qiymati aks ettiriladi.
4-ustunda barcha manbalar bo’yicha hisobot yili davomida kelib tushgan asosiy vositalarning qiymati, shu jumladan: ilgari hisobga olinmagan asosiy vositalar, aylanma mablag’lardan asosiy vositalarga o’tish, shuningdek hisobot yilida ishga tushirilgan yangi asosiy vositalar moliyalashning barcha manbalari bo’yicha aks ettiriladi.
5-ustunda hisobot yilida tugatish, sotish, tekinga berish, ulush sifatida ustav sarmoyasiga berish, uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) shartnomasi bo’yicha berish, kamomad yoki talofatlarni aniqlash natijasida va boshqa sabablar bo’yicha chiqib ketgan asosiy vositalarning dastlabki qiymati aks ettiriladi.
7-ustunda va 10-ustunda tegishlicha yil boshi va oxiridagi holat bo’yicha asosiy vositalarning jamg’arilgan eskirish summasi aks ettiriladi.
8-ustunda barcha manbalar bo’yicha hisobot yilida hisoblab yozilgan asosiy vositalarning eskirish summasi, shu jumladan qo’shimcha baholash chog’ida qo’shimcha hisoblab yozilgan eskirish, ilgari hisobga olinmagan eskirish, kelib tushgan, foydalanishda bo’lgan asosiy vositalar bo’yicha eskirish aks ettiriladi.
9-ustunda tugatish, sotish, tekinga berish, ulush sifatida ustav sarmoyasiga berish, uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) shartnomasi bo’yicha berish, kamomad yoki talofatlarni aniqlash va asosiy vositalarning boshqacha chiqib ketishi jarayonida chiqib ketishga doir jamg’arilgan eskirish aks ettiriladi.
11-ustunda asosiy vositalarning yil boshidagi, 3-ustun ma’lumotlari o’rtasidagi ayirmaning natijasi sifatida olingan qoldiq qiymati aks ettiriladi.
12-ustunda asosiy vositalarning yil oxiridagi, 6-ustun va 10-ustun ma’lumotlari o’rtasidagi ayirmaning natijasi sifatida olingan qoldiq qiymati aks ettiriladi.
010-160-satrlar bo’yicha asosiy vositalar turlari bo’yicha tegishli ustunlarda, asosiy vositalarni hisobga olish hisobvaraqlari (0100), 0310-«Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar» hisobvarag’i va asosiy vositalar eskirishini hisobga olish hisobvarag’i (0200) ma’lumotlariga muvofiq asosiy vositalarning dastlabki (tiklash) qiymati, kelib tushishi, chiqib ketishi, eskirishi va qoldiq qiymati aks ettiriladi.
«Jami asosiy vositalar» moddasi bo’yicha (170-satr) 010-satrdan 160-satrga qadar bo’lgan satrlar bo’yicha yakuniy summa aks ettiriladi va tegishli ustunlarda barcha asosiy vositalarning, shu jumladan ishlab chiqarish (171-satr) va noishlab chiqarish (172-satr) asosiy vositalarining holati va harakati ko’rsatiladi.
Ishlab chiqarish asosiy vositalariga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, qurilish, qishloq xo’jaligi, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq xo’jalik mahsulotini tayyorlash bilan hamda moddiy ishlab chiqarish sohasiga taalluqli bo’lgan faoliyatning boshqa turlari bilan bog’liq vositalar kiritiladi.
Noishlab chiqarish maqsadidagi asosiy vositalarga uy-joy va kommunal xo’jalik, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya, ijtimoiy ta’minot, xalq ta’limi, madaniyat vositalari va hokazolar kiritiladi.
«Yil davomida asosiy vositalarni xarid qilishlar, jami» moddasi bo’yicha (180-satr) ma’lumot uchun yil davomida xarid qilingan barcha asosiy vositalarning qiymati ko’rsatiladi, 181, 182, 183-satrlar bo’yicha esa moliyalash manbalari bo’yicha, ya’ni tegishlicha o’z mablag’lari, bank kreditlari va boshqa qarz mablag’lari hisobiga xarid qilingan asosiy vositalarning qiymati ko’rsatiladi.
«Tugallanmagan qurilish» moddasi bo’yicha (190-satr) ma’lumot uchun tegishli ustunlarda pudrat hamda xo’jalik usullari bilan bajariladigan tugallanmagan qurilishning mavjudligi va harakati ko’rsatiladi.
Pul oqimlari to’g’risida hisobotda pul mablag’lari harakati nuqtai nazaridan korxonaning moliyaviy resurslaridagi barcha o’zgarishlar aks ettiriladi.
Operatsion, investitsion va moliyaviy faoliyat borishida pul mablag’larining harakati hisobot davrining boshi va oxirida pul mablag’larining qoldiqlari o’rtasida o’zaro bog’liqlikni aniqlash imkonini beradigan tarzda aks ettiriladi.
«Mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotilishidan pul tushumlari» moddasi bo’yicha (010satr) hisobot davrida sotilgan mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) uchun korxonaning bank hisobvaraqlari va kassasiga kelib tushgan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi.
«Mahsulot etkazib beruvchilarga materiallar, tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun pul to’lovlari» moddasi bo’yicha (020-satr) mahsulot etkazib beruvchilarga materiallar, tovarlar, ishlar va xizmatlar uchun to’langan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi, bundan uzoq muddatli aktivlarni xarid qilish uchun to’lovlar mustasno.
«Xodimlarga va ular nomidan pul to’lovlari» moddasi bo’yicha (030-satr) xodimlarga mehnatga haq to’lash ko’rinishida to’langan pul mablag’lari summasi, shuningdek davlat maqsadli jamg’armalariga to’langan mablag’lar summalari, byudjetga jismoniy shaxslar daromad solig’ini to’lash, kasaba uyushmasiga ajratmalar, alimentlar, uy-joy fondiga, xodimlarga berilgan bank kreditlari bo’yicha to’lash, xodimlarga ko’rsatiladigan xizmatlar uchun korxonaning haq to’lashi, kassadan va bank hisobvaraqlaridan xodimlar bilan va ular nomidan operatsiyalarga doir va pul mablag’larini sarflash bilan bog’liq boshqa sarflashlar ko’rsatiladi.
«Operatsion faoliyatga doir boshqa pul tushumlari va to’lovlar» moddasi bo’yicha (040-satr) «Chiqim» ustunida royalti, turli xil taqdirlashlar, komission yig’imlar va boshqa operatsion faoliyatdan to’langan pul mablag’lari summasi, «kirim» ustunida esa ulardan olingan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi.
«Jami: operatsion faoliyatdan sof pul oqimi/chiqimi moddasi bo’yicha (050-satr), «Kirim» ustuni bo’yicha «+» belgisining va «Chiqim» ustuni bo’yicha «-» belgisining ta’sirini hisobga olib, 010, 020, 030, 040-satrlarni qo’shish natijasi ko’rsatiladi.
«Asosiy vositalarni xarid qilish va sotish» moddasi bo’yicha (060-satr) korxonalar «Chiqim» ustunida mahsulot etkazib beruvchilarga to’langan asosiy vositalarni xarid qilganlik uchun pul mablag’lari summasini, «Kirim» ustunida esa – asosiy vositalarni sotishdan kelib tushgan mablag’lar summasini ko’rsatadilar.
«Nomoddiy aktivlarni xarid qilish va sotish» moddasi bo’yicha (070-satr) korxonalar «Chiqim» ustunida nomoddiy aktivlarni xarid qilganlik uchun mahsulot etkazib beruvchiga to’langan pul mablag’lari summasini, «Kirim» ustunida esa-nomoddiy aktivlarni sotganlik uchun kelib tushgan mablag’lar summasini ko’rsatadilar.
«Uzoq muddatli va qisqa muddatli investitsiyalarni xarid qilish va sotish» moddasi bo’yicha (080-satr) «Chiqim» ustunida qimmatli qog’ozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini xarid qilish uchun to’langan pul mablag’lari summasi, shu jumladan vositachilarga komission haqlar va birjada to’langan foizlar ko’rsatiladi, «Kirim» ustunida esa qimmatli qog’ozlar va investitsiyalar boshqa dastaklarini sotishdan kelib tushgan pul mablag’lari summasi aks ettiriladi.
«Investitsiya faoliyatiga oid boshqa pul mablag’lari va to’lovlar» moddasi bo’yicha (090-satr) «Chiqim» ustunida boshqa investitsion faoliyatga oid to’langan pul mablag’lari summasi, «kirim» ustunida esa-olingan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi.
«Jami: investitsiya faoliyatiga oid sof pul oqimi/chiqimi» moddasi bo’yicha (100-satr), «kirim» ustunida «+» va «Chiqim» ustuni bo’yicha «-» belgisining ta’sirini hisobga olgan holda, 060, 070, 080, 090-satrlarni jamlash natijasi ko’rsatiladi.
«Olingan va to’langan foizlar» moddasi bo’yicha (110-satr) «kirim» ustunida olingan foizlar summasi, «Chiqim» ustunida esa to’langan foizlar summasi ko’rsatiladi.
«Olingan va to’langan dividendlar» moddasi bo’yicha (120-satr) «kirim» ustunida olingan dividendlar summalari ko’rsatiladi, «Chiqim» ustunida esa to’langan dividendlar summalari aks ettiriladi.
«Aktsiyalar yoki o’z sarmoyasi bilan bog’liq boshqa dastaklarni chiqarishdan pul tushumlari» moddasi bo’yicha (130-satr) hisobot yilida chiqariladigan (sotilgan) aktsiyalar yoki o’z sarmoyasi bilan bog’liq boshqa dastaklar uchun aktsiyadorlardan kelib tushgan pul mablag’lari summasi aks ettiriladi.
«O’z aktsiyalarini sotib olish chog’ida to’lovlari» moddasi bo’yicha (140-satr) korxonada bo’lgan o’z aktsiyalari uchun, ularni keyingi tarqatish yoki yo’q qilish maqsadida, egalariga to’langan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi.
«Uzoq muddatli va qisqa muddatli kreditlar hamda qarzlar bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari» moddasi bo’yicha (150-satr) «Kirim» ustunida hisobot davrida kelib tushgan kreditlar va qarzlar summasi, «Chiqim» ustunida esa – kreditlar va qarzlar bo’yicha to’lovlar ko’rsatiladi.
«Uzoq muddatli (moliyaviy lizing) bo’yicha pul tushumlari va to’lovlari» moddasi bo’yicha
(160-satr) «Chiqim» ustunida ijaraga beruvchiga (lizing beruvchiga) to’langan pul
mablag’lari summasi, «Kirim» ustunida esa – ijarachidan (lizing oluvchidan) kelib tushgan pul mablag’lari summasi ko’rsatiladi.
«Moliyaviy faoliyatga oid boshqa pul tushumlari va to’lovlari» moddasi bo’yicha (170-satr) «Chiqim» ustunida boshqa moliyaviy faoliyatga oid to’langan pul mablag’lari summasi.
«Jami: moliyaviy faoliyatga oid sof oqim / chiqim» moddasi bo’yicha (180-satr) «Kirim» ustuni bo’yicha «+» va «Chiqim» ustuni bo’yicha «-» belgisining ta’sirini hisobga olgan holda, 110, 120, 130, 140, 150, 160, 170-satrlar summasi ko’rsatiladi.
«To’langan daromad (foyda) solig’i» moddasi bo’yicha (190-satr) to’langan daromad (foyda) solig’i summasi ko’rsatiladi.
«To’langan boshqa soliqlar» moddasi bo’yicha (200-satr) to’langan soliqlar, bojlar va ularga tenglashtirilgan yig’imlar hamda ajratmalar summasi ko’rsatiladi, bundan daromad (foyda) solig’i mustasno.
«Jami: to’langan soliqlar» moddasi bo’yicha (210-satr) 190 va 200-satrlar summasi aks ettiriladi.
«Jami: moliya-xo’jalik faoliyatiga oid sof oqim/chiqim» moddasi bo’yicha (200-satr), «Kirim» ustuni bo’yicha (220-satr) «+» va «Chiqim» ustuni bo’yicha «-» belgisining ta’sirini hisobga olgan holda, 050, 100, 180, 210-satrlar summasi ko’rsatiladi.
«Yil boshidan pul mablag’lari» moddasi bo’yicha (230-satr) korxona balansi 320-satri 3ustuni bo’yicha qayd etilgan, pul mablag’larini hisobga olish hisobvaraqlaridagi (5000, 5100, 5200, 5500, 5600, 5700) pul mablag’lari qoldiqlarining summasi ko’rsatiladi.
«Yil oxirida pul mablag’lari» moddasi bo’yicha (240-satr) korxona balansi 320-satri 4ustunida qayd etilgan, pul mablag’larini hisobga olish hisobvaraqlaridagi (5000, 5100, 5200, 5500, 5700) pul mablag’lari qoldiqlarining summasi ko’rsatiladi.
«Xorijiy valyutada pul mablag’larining harakati to’g’risida ma’lumotnoma» bo’limida hisobot davrida xorijiy valyutada pul mablag’larining harakati ko’rsatiladi.
Valyuta mablag’lari operatsiyalarini amalga oshirish paytida O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining kursi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasida, valyuta mablag’lari qoldig’i esa-hisobot davrining oxirgi sanasida aks ettiriladi.
«Yil boshida qoldiq» moddasi bo’yicha (250-satr) hisobot davri boshida korxonaning valyuta hisobvaraqlari va kassasida bo’lgan valyuta mablag’lari summasi ko’rsatiladi.
«Valyuta mablag’lari kelib tushdi, jami» moddasi bo’yicha (260-satr) 261, 262, 263, 264satrlarda ko’rsatilgan, hisobot davrida valyuta tushumlarining umumiy summasi ko’rsatiladi, bu satrlarda aks ettiriladi.
261-satr bo’yicha – «Sotishdan tushum» -korxona tomonidan hisobot davrida olingan valyuta tushumi summasi;
262-satr bo’yicha – «Konvertatsiyalangan» - sotib olingan xorijiy valyuta summasi;
263-satr bo’yicha – «Moliyaviy faoliyat bo’yicha» moliyaviy faoliyatdan olingan valyuta mablag’lari summasi;
264-satr bo’yicha – «Boshqa manbalar» - 261, 262, 263-satrlarda sanalmagan manbalar hisobiga korxonaning valyuta hisobvaraqlari va kassasiga boshqa valyuta tushumlari summasi.
«Valyuta mablag’lari sarflandi, jami» moddasi bo’yicha (270-satr) korxona tomonidan 271273-satrlarda ko’rsatilgan turli maqsadlarga sarflangan valyuta mablag’larining umumiy summasi aks ettiriladi, bu satrlarda aks ettiriladi:
271-satr bo’yicha – «Mahsulot etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lovlar»- mol-mulkni xarid qilishga sarflangan valyuta mablag’lari summasi;
272-satr bo’yicha – «Moliyaviy faoliyat bo’yicha» to’lovlar»- moliyaviy faoliyat bo’yicha sarflangan valyuta mablag’lari summasi;
273-satr bo’yicha – «Boshqa maqsadlarga» - 271, 272 - satrlarda sanalmagan boshqa maqsadlarga sarflangan valyuta summasi.
«Yil oxirida qoldiq» moddasi bo’yicha (280-satr) hisobot yili oxirida korxonaning valyuta hisobvaraqlari va kassasida bo’lgan, satrlar ma’lumotlari: 250+260+270-satrlar bo’yicha aniqlanadigan valyuta mablag’lari summasi aks ettiriladi.
O’z sarmoyasi to’g’risida hisobot hisobot davrida korxona o’z kapitalining holati va uni shakllantirish manbalari bo’yicha harakatini aks ettiradi.
“Yil boshida qoldiq” moddasi bo’yicha (010-satr) yil boshidagi holat bo’yicha quyidagi axborot aks ettiriladi:
3-ustunda –«Ustav sarmoyasi»- ta’sis hujjatlarida qayd etilgan va ustav sarmoyasini hisobga olish hisobvaraqlarida (8300) ko’rsatilgan ustav sarmoyasining summasi ko’rsatiladi;
4-ustunda –«Qo’shilgan sarmoya»-qo’shilgan sarmoyani hisobga olish hisobvaraqlarida (8400) qayd etilgan qo’shilgan sarmoya summasi ko’rsatiladi;
5-ustunda –«Zaxira sarmoya»-qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, zaxira sarmoyasini hisobga olish hisobvaraqlarida (8500) qayd etilgan zaxira sarmoya mablag’lari summasi aks ettiriladi;
6-ustunda –«Taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zararlar)»- taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)ni hisobga olish hisobvaraqlarida (8700) qayd etilgan, yil boshida taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) summasi ko’rsatiladi;
7-ustunda –«Sotib olingan o’z aktsiyalari»-sotib olingan o’z aktsiyalarini hisobga olish hisobvaraqlarida (8600) qayd etilgan, korxonada bo’lgan sotib olingan o’z aktsiyalarining summasi; ularni keyin tarqatish yoki yo’q qilish uchun, ko’rsatiladi;
8-ustunda –«Maqsadli tushumlar va boshqalar» - maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun byudjetdan, maxsus jamg’armalar, boshqa korxonalar, jismoniy grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari ko’rinishida tekinga olingan aktivlar va boshqa maqsadli tushumlar, shuningdek o’z sarmoyasini shakllantirishning boshqa manbalari ko’rsatiladi.
«Qimmatli qog’ozlar emissiyasi» moddasi bo’yicha (020-satr) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot davrida qimmatli qog’ozlarni chiqarish va sotishdan olingan emissiya summasi aks ettiriladi.
«Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash» moddasi bo’yicha (030-satr) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot yilida o’tkazilgan, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va boshqa uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash summasini aks ettiriladi.
«Ustav sarmoyasini shakllantirish chog’ida valyuta kurslarida farq» moddasi bo’yicha (040satr) buxgalteriya hisobida 8420-«Ustav sarmoyasini shakllantirish chog’ida valyuta kurslarida farq» hisobvarag’ida aks ettirilgan, ta’sis hujjatlarini ro’yxatdan o’tkazish sanasida va mablag’lar ustav sarmoyasiga haqiqatda kiritilgan sanada Markaziy bank kurslari o’rtasida yuzaga keladigan, korxonaning ustav sarmoyasini shakllantirish chog’ida hisobot davri uchun kurslardagi farq aks ettiriladi.
«Zaxira sarmoyaga ajratmalar» moddasi bo’yicha (050-satr) ta’sis hujjatlariga ko’ra va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobot yili uchun zaxira sarmoyaga ajratmalar summasi aks ettiriladi.
«Joriy yilning taqsimlanmagan foydasi (zaxira)» moddasi bo’yicha (060-satr) hisobot yilida olingan sof foyda (zarar) summasi ko’rsatiladi.
«Tekinga olingan mol-mulk» moddasi bo’yicha (070-satr) hisobot yilida turli manbalardan tekinga olingan mol-mulkning qiymati ko’rsatiladi.
«Maqsadli olingan mablag’lar» moddasi bo’yicha (080-satr) hisobot yilida olingan grantlar, subsidiyalar, a’zolik badallari va maqsadli foydalanish uchun boshqa maqsadli tushumlar ko’rsatiladi.
«To’langan dividendlar» moddasi bo’yicha (090-satr) avvalgi yil uchun faoliyat yakunlari bo’yicha hisobot yili uchun faoliyat yakunlari bo’yicha hisobot yili boshida taqsimlanmagan foydadan hisoblab yozilgan dividendlar summasi ko’rsatiladi.
«O’z sarmoyasini shakllantirishning boshqa manbalari» moddasi bo’yicha (100-satr) o’z sarmoyasini shakllantirish boshqa manbalarining summasi ko’rsatiladi.
«Yil oxirida qoldiq» moddasi bo’yicha (110-satr) tegishli ustunlar bo’yicha hisobot davri oxirida o’z sarmoyasining saldosi ko’rsatiladi.
«O’z sarmoyasining ko’payishi (+) yoki kamayishi (-)» moddasi bo’yicha (120-satr) yil boshidagi summa bilan qiyoslanganda hisobot yili oxirida o’z sarmoyasining ko’payishi yoki kamayishi summasi aks ettiriladi.
Aktsiyadorlik jamiyatlari 130 dan 150-satrlargacha bo’lgan satrlarni ma’lumot uchun to’ldiradilar.
Debitorlik va kreditorlik qarzlari to’g’risida ma’lumotnomada hisobot davri oxirgi sanasida korxona debitorlik va kreditorlik qarzlarining holati aks ettiriladi.
2-ustunda – «Debitorlar va kreditorlar ro’yxati»-debitor (kreditor)dan yuqori turadigan vazirliklar (idoralar) bo’yicha debitor va kreditorlar ro’yxati keltiriladi. Agar debitor (kreditor) yuqori turadigan vazirlikka (idoraga) ega bo’lmasa, yuridik shaxsning to’liq nomini ko’rsatish lozim.
O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi qarzlar bo’yicha debitor (kreditor) nomi (to’liq yoki umumqabul qilingan qisqartirishlar bilan) ko’rsatiladi, shuningdek, qavslarda mamlakatning nomi ko’rsatiladi.
2-ustunda 2.1, 2.2.1, 3.1, 5.1, 5.2.1, 6.1-satrlar bo’yicha majburiy tartibda debitor (kreditor)ning nomini ko’rsatish lozim.
3-ustunda qarzning umumiy summasi ko’rsatiladi, xususan:
1-satr bo’yicha debitorlik qarzining umumiy summasi ko’rsatiladi, u 3-ustunning 2 va 3-satrlari summasiga teng bo’lishi kerak;
4-satr bo’yicha kreditorlik qarzning umumiy summasi ko’rsatiladi, u 3-ustunning 5 va 6-satrlari summasiga teng bo’lishi kerak.
Debitorlik qarzining umumiy summasi o’z ichiga uzoq muddatli ijara bo’yicha olinadigan to’lovlarni, xaridor va buyurtmachilardan, shu’ba va tobe xo’jalik jamiyatlaridan, da’volar bo’yicha olishga doir hisob varaqalarini; xodimlarga, mahsulot etkazib beruvchilarga, pudratchilarga berilgan bo’naklarni; byudjetga, davlat maqsadli jamg’armalariga va sug’urta bo’nak to’lovlarini; muassislarning ustav sarmoyasiga badallar bo’yicha qarzlarini; xodimlar va boshqa debitorlarning boshqa operatsiyalar, ijara majburiyatlari bo’yicha qarzlarini, shu jumladan, ichki idoraviy hisob-kitoblarni oladi. Bunda ichki idoraviy hisob-kitoblar deganda mustaqil balanslarga ega bo’lgan va bir muayyan vazirlik, idora, korporatsiya, uyushma, kontsern yoki birlashma tarkibiga kiradigan korxonalar va tashkilotlar o’rtasidagi hisobkitoblar tushuniladi. Debitorlik qarzining umumiy summasi buxgalteriya balansi 1-son shaklining 110 va 210-satrlari summasiga muvofiq kelishi kerak (alohida bo’linmalarning qarzi bundan mustasno).
Kreditorlik qarzining umumiy summasi o’z ichiga mahsulot etkazib beruvchilar, pudratchilar, shu’ba va tobe xo’jalik jamiyatlariga to’lashga doir hisobvaraqlarni; olingan bo’naklarni; byudjetga, sug’urta bo’yicha davlat maqsadli jamg’armalari, muassislar oldidagi, mehnatga haq to’lash bo’yicha va boshqa kreditorlar oldidagi to’lovlar bo’yicha qarzlarni, shu jumladan ichki idoraviy korxonalar bilan hisob-kitoblarni oladi. Kreditorlik qarzining umumiy summasi buxgalteriya balansi 1-son shaklining 491 va 601-satrlari summasiga muvofiq kelishi kerak.
3-ustun bo’yicha 2, 2.1, 2.2, 2.2.1, 3.3.1-satrlar bo’yicha 1-satr bo’yicha aks ettirilgan debitorlik qarzining umumiy summasi quyidagi tartibda ochib ko’rsatiladi:
2-satr bo’yicha respublika ichida debitorlik qarzining umumiy summasi ko’rsatiladi;
2.1-satr bo’yicha respublika ichida debitorlarning nomlari bo’yicha ko’rsatiladi;
2.2-satr bo’yicha ichki idoraviy debitorlik qarzining umumiy summasi keltiriladi;
2.2.1-satr bo’yicha 2-satrdan ajratilgan, debitorlar nomlari bo’yicha ichki idoraviy qarz summasi ko’rsatiladi;
3-satr bo’yicha respublika tashqarisidagi debitorlik qarzining umumiy summasi ko’rsatiladi;
3.1-satr bo’yicha respublika tashqarisida debitorlar nomlari bo’yicha qarz ko’rsatiladi.
5, 5.1, 5.2, 5.2.1, 6, 6.1-satrlar 184 va 185-bandlarga ko’ra, debitorlik qarziga o’xshash holda to’ldiriladi.
4-ustunda muddati o’tkazib yuborilgan, qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda so’ndirilmagan qarzning umumiy summasi ko’rsatiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 19 iyuldagi «O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1995 yil 12 maydagi «Xalq xo’jaligida hisob-kitoblar o’z vaqtida o’tkazilishi uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-1154-son Farmonini qisman o’zgartirish to’g’risida» PF-2340-son
Farmonining 1-bandiga muvofiq (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi, 1999 yil 7-son) debitorlik qarzi tovarlar haqiqatda yuklab jo’natilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko’rsatilgan kundan boshlab 90 kun o’tgach o’tkazib yuborilgan hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 21 sentyabrdagi «Tabiiy gazni etkazib berish va uning uchun hisob-kitoblar tizimini takomillashtirish to’g’risida» 439-son qarori bilan («O’zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari to’plami», 1999 yil 9-son, 57-modda) ayrim korxonalarga (qarorga 5-ilova) mavsumiylik va texnologik jarayonlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, istisno tariqasida «O’ztransgaz» AKga etkazib berilgan gaz uchun 120 kun davomida haq to’lash huquqi berilgan. Yuqorida ko’rsatilgan qarorning 5ilovasida sanalgan korxonalar uchun o’tkazib yuborilgan debitorlik qarzining muddati tovarlar haqiqatda yuklab jo’natilgan, ishlar bajarilgan, xizmatlar ko’rsatilgan kundan boshlab 120 kun o’tgach belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 29 iyundagi «Birjadan tashqari valyuta bozorini yanada rivojlantirish va mustahkamlashga doir chora-tadbirlar to’g’risida» 245-son qaroriga ko’ra («O’zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari to’plami», 2000 yil 6-son, 33-modda), markazlashtirilmagan eksport operatsiyalari bo’yicha tushumning kelib tushishi yoki tovarni qaytadan olib kelish muddati 60 kundan oshmasligi kerak, muassislar tomonidan xorijdagi korxonalar (savdo uylari, savdo vakolatxonalari, sho’’ba va tobe xo’jalik jamiyatlari, firma do’konlari, dilerlik tarmoqlari va konsignatsiya omborlari) manziliga olib chiqiladigan tovarlar bo’yicha – 180 kundan oshmasligi kerak. Tashqi savdo operatsiyalari bo’yicha qarz bojxona chegarasidan o’tilganidan keyin tegishlicha 60 va 180 kun o’tgach o’tkazib yuborilgan hisoblanadi.
Byudjetga va davlat maqsadli jamg’armalariga majburiy to’lovlar bo’yicha kreditorlik qarzi qonun hujjatlarida belgilangan to’lov muddatlari tugagandan keyin keladigan kundan boshlab o’tkazib yuborilgan hisoblanadi.
Boshqa kreditorlik qarzlari bo’yicha o’tkazib yuborish muddati so’ndirishning muayyan muddatlari belgilangan xo’jalik shartnomalari asosida aniqlanadi.
Korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablar bo’yicha yuzaga kelgan qarzlar bo’yicha:
5-ustunda korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablar bo’yicha yuzaga kelgan umumiy qarz ko’rsatiladi, xususan
1-satr bo’yicha – debitorlik qarzining umumiy summasi, u 7, 9, 11, 12-ustunlarda ko’rsatilgan summaga teng bo’lishi kerak;
4-satr bo’yicha – kreditorlik qarzining umumiy summasi, u 7, 11, 12-ustunlarda ko’rsatilgan summagan teng bo’lishi kerak;
o’tkazib yuborilgan qarzning umumiy summasi ko’rsatiladi (o’tkazib yuborish muddati mazkur qoidalarning 187-bandiga muvofiq aniqlanadi)
7-ustunda korxona va tashkilotning hukumat qarorlariga ko’ra oldindan haq to’lamasdan yuklab jo’natilgan (olingan) mahsulot (ish, xizmat) bo’yicha umumiy debitorlik (kreditorlik) qarzi ko’rsatiladi. Undan o’tkazib yuborilgan qarz 8-ustun bo’yicha aks ettiriladi (o’tkazib yuborilgan muddat mazkur qoidalarning 187bandiga muvofiq aniqlanadi);
9-ustunda ular bo’yicha xom-ashyo va materiallarni davlat zaxiralari va fondlaridan yuklab jo’natish nazarda tutilgan bo’nak to’lovlarining summasi ko’rsatiladi. Undan muddati o’tkazib yuborilgan debitorlik qarzi 10-ustunda ko’rsatiladi (o’tkazib yuborilgan muddat mazkur qoidalarning 187-bandiga muvofiq aniqlanadi);
11-ustunda korxona va tashkilotning hukumat qarorlari bo’yicha qarzni so’ndirish muddati aniqlangan tartibda kechiktirilgan qarzi aks ettiriladi;
12-ustunda qonun hujjatlariga muvofiq taqdim etilgan da’volar bo’yicha sud tergab-tekshiruvi jarayonida boradigan qarz summasi ko’rsatiladi. Bu erda uning bo’yicha xo’jalik sudining kreditordan undirish to’g’risida hal qiluv qarorlari chiqarilgan qarz ham aks ettiriladi.
Zarurat tug’ilgan taqdirda korxona va tashkilotlarga «Korxonaga bog’liq bo’lmagan sabablar bo’yicha yuzaga kelgan qarz» bo’limida qo’shimcha ustunlar ochishga ruxsat beriladi.
2a-son shakl satrlarining miqdori tegishlicha 2.1, 2.2.1, 3.1, 5.1, 5.2.1, 6.1-satrlar bo’yicha ko’rsatiladigan debitorlar va kreditorlar miqdoriga bog’liqdir.
2a-son shakl rahbar va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi hamda har bir sahifada muhr bilan tasdiqlanadi.
Moliyaviy hisobotga tushuntirishlar korxonaning hisob siyosatini ochib berishi va hisobotdan foydalanuvchilarni korxonaning mulkiy va moliyaviy ahvolini real baholash uchun zarur bo’lgan qo’shimcha ma’lumotlar bilan ta’minlashi kerak.
Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (1-son BHMS) «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» (ro’yxat raqami 474, 1998 yil 14 avgust, O’zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999 yil 5-son)da nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuziladi.