Microsoft Word Moliyaviy hisob-2



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə35/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102
Xazina majburiyatlari - bu ularning egalari tomonidan byudjetga pul mablag’larini berganliklarini tasdiqlovchi hamda ushbu qimmatli qog’ozlarga egalik qilishning butun muddati davomida belgilangan daromadni olish huquqini beruvchi davlat qimmatli qog’ozlaridir. Ular jismoniy shaxslar uchun chiqariladigan qimmatli qog’ozlardir. Depozit sertifikatlari (inglizcha certifikateofdeposit)- bu pul mablag’larini omonatga qo’yilganligi to’g’risida, omonatchiga belgilangan muddat tugagandan so’ng depozit summasi va unga tegishli foizlarni olish huquqini beruvchi kredit muassasasining guvohnomasidir. 1994 yildan boshlab depozit sertifikatlari yuridik shaxslar uchun 1 yilgacha muddatga, jismoniy shaxlar uchun 3 yilgacha muddatga chiqarila boshlandi.
Veksel (nemischa Wechsel so’zidan) - bu veksel beruvchining yoki vekselda ko’rsatilgan boshqa to’lovchining vekselda ko’zda tutilgan muddat kelganda veksel egasiga ma’lum miqdordagi summani to’lash haqidagi so’zsiz majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir. Amaldagi qonunchilikka ko’ra, veksellar korxona va tashkilotlar tomonidan aniq savdo bitimi asosida yozilishi mumkin.
Hosilaviy qimmatli qog’ozlar - bu shartnomalar bo’lib, ular bo’yicha bir tomon qimmatli qog’ozlarning ma’lum bir miqdorini ma’lum muddatda kelishilgan narxda sotib olish yoxud sotish huquqi yoki majburiyatini oladi. Ularning quyidagi turlari mavjud:

  • optsion;

  • varrant;

  • fyuchers.

Optsion (lotincha optio so’zidan olingan bo’lib, tanlov degan ma’noni anglatadi) - bu bitimda ishtirok etayotgan tomonlarning biriga qimmatli qog’ozlar ma’lum bir miqdorini muayyan vaqt mobaynida belgilangan narxda sotib olish yoki kontragentga sotish huquqini beruvchi shartnomadir. Kontragent esa, mukofot evaziga ushbu huquqni amalga oshirish majburiyatini o’z zimmasiga oladi.
Varrant (nemischa warrant so’zidan) - bu uning egasi ma’lum muddat davomida yoki ma’lum bir kunda varrantlar emitenti tomonidan dastlabki chiqarilgan qimmatli qog’ozlarni xarid qilish huquqini olganligi tasdiqlovchi hujjat.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin