Microsoft Word Moliyaviy hisob-2



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə33/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   102
Real investitsiyalar - bu korxona asosiy vositalarini vujudga keltirish va takror ishlab chiqarishga, shuningdek, moddiy ishlab chiqarishning boshqa shakllarini rivojlantirishga qo’shiladigan investitsiyalardir. Buxgalteriya hisobida bu turdagi investitsiyalar kapital qo’yilmalar sifatida e’tirof etiladi.
Moliyaviy investitsiyalar - daromad olish (xuddi foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqi singari) va asosiy kapital qiymatini ko’paytirish maqsadida uning tasarrufida bo’lgan korxona aktivlaridir.
Intellektual investitsiyalar - bu korxonaning intellektual boyliklarni xarid qilishga sarflagan mablag’laridir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy investitsiyalar muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Moliyaviy investitsiyalar yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyorida mavjud bo’lgan bo’sh pul mablag’laridan samarali foydalanishni ta’minlaydi.
Moliyaviy investitsiyalar muddatiga ko’ra qisqa muddatli va uzoq muddatli bo’ladi. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar - bu uzoq muomala muddatiga ega (12 oydan ortiq) aktivlarning sotib olinishiga oid investitsiyalardir.
Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar - o’zida muomala muddati 12 oydan oshmaydigan, engil sotiladigan moliyaviy aktivlarning xarid qilinishiga oid investitsiyalardir.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishning vazifalari quyidagilardir:

  • uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni va ular bo’yicha olingan daromadlarni o’z vaqtida va to’g’ri aniqlash;

  • uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar uchun ajratilgan mablag’larni o’z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;

  • uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni hisobga olishda BHMAlarini keng qo’llash;

  • uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlarning korxona moliyaviy natijalarida aks ettirilishini ta’minlash;

  • uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalardan olingan daromadlardan byudjetga tegishli qismini amaldagi me’yoriy hujjatlarga, Soliq Kodeksining talabiga muvofiq to’g’ri hisoblashni tashkil qilish, byudjetga tegishli qismini o’z vaqtida o’tkazishni ta’minlash;

  • uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar hisobiga kelib tushgan mablag’lardan korxonani kengaytirish, rivojlantirish va korxona jamoasi ehtiyoji uchun ishlatishni ta’minlash.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin