Microsoft Word Moliyaviy hisob-2


Qurilishi tugallangan ob’ektlarni hamda tugallanmagan qurilishni hisobga olish



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə41/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   102

6.4. Qurilishi tugallangan ob’ektlarni hamda tugallanmagan qurilishni hisobga olish


Barcha qurilish montaj ishlari tugallanib, qabul-qilish dalolatnomalari bilan rasmiylashtirilib, tasdiqlangan holdagina, qurilish tugallangan hisoblanadi.
Bajarilgan ishlar qabul qilib olinganidan so’ng, qurib bitkazilgan ob’ektlar foydalanishga topshiriladi. Mazkur qabulni maxsus qabul komissiyasi o’zining qurilishi tugallangan kapital mablag’ ob’ektlarini qabul qilish dalolatnomasi orqali amalga oshiradi. Dalolatnoma buxgalteriyaga beriladi hamda ob’ektning inventar qiymatini belgilashda, uni asosiy vositalar tarkibiga kiritishda hamda tegishli moliyalashtirish manbalaridan olingan mablag’larni hisobdan chiqarishda asos bo’lib xizmat qiladi.
Qurilishi tugallangan ob’ektni asosiy vositalar tarkibiga kiritishda uning inventar qiymati aniqlanadi.
Inventar qiymat - barpo etiladigan qurilish, tiklash yoki sotib olingan ob’ektlarga tegishli jami xarajatlar.
Binolar va inshootlarning inventar qiymati qurilish ishlari xarajatlari va ularga tegishli bo’lgan boshqa kapital ishlar va xarajatlardan tarkib topadi. Boshqa kapital ishlar va xarajatlar to’g’ridan-to’g’ri ob’ektlarning inventar qiymatiga qo’shiladi.
Ob’ektlarni asosiy vositalar tarkibiga kiritishda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 0120-«Imorat, inshoot va uzatuvchi moslamalar»
K-t 0810-«Tugallanmagan qurilish».
Amalga oshirilmagan va to’xtatib qo’yilgan kapital qurilish xarajatlari belgilangan tartibda hisobdan chiqarishga ijozat olinishiga qarab, asosiy vositalarning qiymatini oshirmaydigan xarajatlar sifatida hisob va hisobotlarda aks ettirilib, quruvchi (buyurtmachi) balansidan chiqariladi:
D-t Davr xarajatlari
K-t 0810-«Tugallanmagan qurilish».
Hisobot davri yakunida korxonada tugallanmagan qurilish alohida hisobga olinadi. Tugallanmagan qurilish ob’ektlariga quyidagilar kiradi:

  • qurilishi davom etayotgan ob’ektlar;

  • qurilishi to’xtatib quyilgan, vaqtincha to’xtatilgan yoki uzil-kesil to’xtatilgan ob’ektlar;

  • garchi ishga tushirilgan bo’lsada, ammo hozircha qabul-qilish dalolatnomalari tasdiqlanmagan ob’ektlar.

Buxgalteriya hisobida tugallanmagan qurilish 0810-«Tugallanmagan qurilish» hisobvarag’ining saldosida aks ettiriladi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin