Microsoft Word Moliyaviy hisob-2


Kapital qo’yilmalarni buxgalteriyada hisobga olish



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə40/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   102

6.3. Kapital qo’yilmalarni buxgalteriyada hisobga olish


Kapital qo’yilmalar va u bilan bog’liq barcha xarajatlarni buyurtmachi, ya’ni o’zi uchun qurayotgan va shu qurilishni mablag’ bilan ta’minlayotgan korxona hisobga olib boradi. Yangi korxona qurilayotganida qurilayotgan korxonaning ma’muriyati ana shunday tashkilot
bo’ladi, amalda ishlab turganida esa – kapital qurilish bo’limi orqali ish tutayotgan korxonaning o’zi ana shunday tashkilot bo’ladi.
Kapital qo’yilmalarning hisobi amaldagi xarajatlar va smeta qiymati bo’yicha ularning turlari asosida asosida umuman qurilish bo’yicha ham, ayrim ob’ektlar bo’yicha ham, qurilish boshlangan yildan e’tiboran o’sib boruvchi yakunlar bilan ob’ektlar ishga tushirilguniga qadar yoki tegishli ishlarning to’la-to’kis bajarilib, xarajatlarning hisobdan chiqarilgunigacha yuritiladi. Kapital qo’yilmalar bo’yicha xarajatlarning analitik hisobi 18-«Kapital mablag’ xarajatlari» qaydnomasida yuritiladi. Mazkur qaydnoma yil choragi, yarim yil yoki yil uchun uchun ochiladi. Qaydnomaga barcha hisobvaraqlarni qo’shish, ishlab chiqarishga tegishli va ishlab chiqarishga tegishli bo’lmagan ob’ektlar bo’yicha xarajatlarni alohida ajratib ko’rsatish, bular ichida esa yangi qurilishni, kengaytirishni, tiklash va texnik jihatdan qayta jihozlashni alohida ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
18-qaydnoma birlamchi hujjatlar (to’lov topshiriqnomalari va to’lov talabnomalari, materiallar berish uchun yukxatlar), xarajatlarni taqsimlash qaydnomalari, ishlanma jadvallar kabi hujjatlar asosida to’ldiriladi. Kapital qo’yilmalarning sintetik hisobi 16-jurnal-orderda yuritiladi.
Korxonaning asosiy vositalariga va nomoddiy aktivlariga investitsiyalar haqida, shuningdek, mahsuldor va ishchi hayvonlarning (qiymatidan qat’iy nazar, korxonaning aylanma mablag’lariga kiruvchi parrandalardan, quyonlardan, asalarilardan, yo’l va qo’riqlovchi itlar, tajriba ostidagi itlardan tashqari) asosiy podasini tashkil qilish bo’yicha xarajatlar haqidagi axborotlar quyidagi hisobvaraqlarda umumlashtiriladi:
0810 - «Tugallanmagan qurilish»;
0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish»;
0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish»;
0840 - «Asosiy podani shakllantirish»;
0850 - «Erni obodonlashtirishga kapital qo’yilmalar»;
0860 - «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarga kapital qo’yilmalar»;
0890 - «Boshqa kapital qo’yilmalar».
Ushbu hisobvaraqlar aktiv hisoblanadi. Hisobvaraqlarning debetida asosiy vosita ob’ektlarini qurishga ketgan haqiqiy xarajatlar hamda asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarni sotib olishga, shuningdek, asosiy podani shakllantirishga va boshqa kapital qo’yilmalarga qilingan haqiqiy xarajatlar aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqlar krediti bo’yicha 0810-0890-«Kapital qo’yilmalar» hisobvaraqlari xarajatlari 0110-0190-«Asosiy vositalar», 0410-0490«Nomoddiy aktivlar» hisobvaraqlarining debetiga hisobdan chiqarish operatsiyalari amalga oshiriladi.
0810-0890 - «Kapital qo’yilmalar» hisobvaraqlari bo’yicha saldo korxonaning tugallanmagan qurilishga kapital qo’yilmalari miqdorini va asosiy vositalar sotib olinishini, shuningdek, boshqa tugallanmagan xarajatlar summasini aks ettiradi.
0810 - «Tugallanmagan qurilish» hisobvarag’ida imorat va inshootlar barpo etish, kapital qurilish smetalarida, loyiha-smeta hisoblarida, titul ro’yxatlarida ko’zda tutilgan asbobuskunalarni, vositalarni, inventarlarni va boshqa jihozlarni xarid qilish bo’yicha sarfxarajatlar hisobga olinadi.
0820 - «Asosiy vositalarni sotib olish» hisobvarag’ida asosiy vositalarni xarid qilish yoki korxonaning o’zida asosiy vositalar ob’ektlarini yaratish bilan bog’liq barcha xarajatlar hisobga olinadi.
0830 - «Nomoddiy aktivlarni sotib olish» hisobvarag’ida nomoddiy aktivlarni xarid qilish yoki korxonaning o’zida nomoddiy aktivlar ob’ektlarini yaratish bilan bog’liq barcha xarajatlar hisobga olinadi.
0840 - «Asosiy podani shakllantirish» hisobvarag’ida asosiy podaga o’tkaziladigan xo’jalikdagi yosh mahsuldor va ishchi hayvonlarni o’stirish bo’yicha xarajatlar, asosiy poda uchun xarid qilingan katta yoshdagi va ishchi hayvonlarning qiymati, hayvonlarni etkazib berish bilan bog’liq sarf-xarajatlarni ham qo’shgan holda, boshqa korxonalardan tekinga olingan katta yoshdagi hayvonlarni xo’jalikka olib kelish bilan bog’liq sarflar hisobga olinadi. Asosiy podaga o’tkaziladigan yosh hayvonlar haqiqiy tannarx bo’yicha baholanadi. Asosiy podaga o’tkaziladigan yosh mahsuldor va ishchi hayvonlarning barcha turlarining qiymati yil davomida 1110-«O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlar» hisobvarag’idan 0840«Asosiy podani shakllantirish» hisobvarag’i debetiga yil boshidagi balans qiymati bo’yicha hisobga olinadigan, yil boshidan to hayvonlarni asosiy podaga o’tkazish paytiga qadar bo’lgan davrda ortgan vazni yoki o’sgan vaznining reja tannarxini qo’shgan holdagi qiymati bo’yicha hisobdan chiqariladi.
Chetdan xarid qilingan katta yoshdagi hayvonlarning qiymati 0840-«Asosiy podani shakllantirish» hisobvarag’i debetiga ularni xarid qilishning haqiqiy tannarxi bo’yicha, etkazib berish sarflari ko’shilgan holda kirim qilinadi.
Asosiy podani tashkil etishning tugallangan muomala bo’yicha xarajatlari 0840-«Asosiy podani shakllantirish» hisobvarag’idan 0170-«Ishchi hayvonlar va mahsuldor hayvonlar» hisobvaraqlarining debetiga hisobdan chiqariladi.
0850 - «Erni obodonlashtirishga kapital qo’yilmalar» hisobvarag’ida er maydonini takomillashtirish bo’yicha korxonaning kapital xarajatlari, shu jumladan, kirish yo’llari, avtomobillar va boshqa transport vositalarini qo’yish joylari, panjaralar va to’siqlarning boshqa turlarining qiymati aks ettiriladi.
0860 - «Uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarga kapital qo’yilmalar» hisobvarag’ida ijaraga olingan mulkni obodonlashtirishga, shuningdek uni ta’mirlash va modernizatsiyalashga kapital mablag’lar hisobga olib boriladi.
Kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debeti bo’yicha asosiy vositalar ob’ektlarining dastlabki qiymatiga o’rnatilgan tartibda kiritiladigan, quruvchilarning ushbu ob’ekt uchun haqiqatda sarflangan barcha xarajatlari, shuningdek, korxonaning asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni xarid qilish, asosiy podani tashkil qilish va boshqa kapital qo’yilmalar bilan bog’liq xarajatlar aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni sotib olish va qurilish bilan bog’liq, lekin o’rnatilgan tartibda asosiy vositalarning dastlabki qiymatiga kiritilmaydigan xarajatlar kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlardan 9430-«Boshqa operatsion xarajatlar» hisobvarag’ining debetiga hisobdan chiqariladi.
Ish pudrat usulida olib borilganida buyurtmachilar qurilish ishlarini bajarish uchun pudratchi tashkilotlarni jalb etib, ular bilan qurilishning butun davri uchun pudrat shartnomalari tuzadi.
Kapital qurilishlar pudrat usulida bajarilganida sarflanadigan kapital mablag’ xarajatlarini hisobga olib borishda «Kapital qurilish uchun pudrat shartnomalari» nomli 17-son BHMAga asoslanish lozim. Ushbu andozaning 4-bandiga muvofiq, qurilish pudrat shartnomasi - buyurtmachining topshirig’iga asosan pudratchi qurilish ishlarini bajarish majburiyatini tavakkal qilib zimmasiga oladigan, buyurtmachi esa bajarilgan ishni qabul qilib oladigan va haqini to’laydigan shartnomadir. Qurilish pudrat shartnomasida shartnomada ishtirok etuvchi barcha tomonlarning huquq va majburiyatlari ko’rsatiladi.
Qurilish ishlari pudrat usulida bajarilganida qurilishga ketadigan xarajatlarni pudratchi hisobga olib boradi. Buyurtmachi qurilish sifatini nazorat qiladi hamda qurib bitkazilgan ob’ektlarni 2-shakl «Qurilishi tugagan ob’ektdagi bajarilgan ishlarni qabul qilish dalolatnomasi» bo’yicha foydalanishga qabul qilib oladi. Dalolatnomaga «Bajarilgan qurilish ishlari qiymati haqidagi ma’lumotnoma» ilova qilinadi.
Bajarilgan va belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan qurilish ishlari va jihozlarni montaj qilish bo’yicha ishlarni pudratchi tashkilotlar hisobvaraqlariga ko’ra to’lov uchun bank tomonidan qabul qilingan smeta qiymati yoki shartnoma narxi bo’yicha buyurtmachi quyidagi buxgalterlik yozuvlarida aks ettiriladi:
D-t 0810-«Tugallanmagan qurilish»
K-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar».

  • Pudratchilarga to’lanadigan summaga;

D-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».

  • Bankning uzoq muddatli kreditlari hisobiga pudratchiga o’tkaziladigan summaga:

D-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»
K-t 7810-«Uzoq muddatli kreditlar».
Kapital qurilish ishlari olib borilayotgan ob’ektlarda o’rnatiladigan asbob-uskunalar qay yo’sinda olib borilishidan qat’iy nazar, 0710-«O’zimizda ishlab chiqarilgan o’rnatiladigan asbob-uskunalar» hisobvarag’i va 0720-«Xorijdan olingan o’rnatiladigan asbob-uskunalar» hisobvaraqlariga ko’ra sotib olinadi va hisobga olinadi.
Yig’ish-o’rnatishni talab qiluvchi asbob-uskunaga ularning qismlari yig’ilganidan so’ng, fundamentga, ustunga, polga va imorat hamda inshootlarning boshqa konstruktsiyalariga mustahkamlangandan keyin ishga tushiriladigan ko’tarma asbob-uskunalar, shuningdek, bunday asbob-uskunalarning ehtiyot qismlarining ko’tarmalari kiradi. Bunday asbob uskunalar tarkibiga, shuningdek, nazorat-o’lchov apparatlari va o’rnatiladigan asbob-uskuna tarkibiga yig’ish-o’rnatilish uchun mo’ljallangan boshqa asboblar kiradi.
Asbob-uskuna o’rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda xarid qilish (tayyorlash) baholari bo’yicha qiymati va bu boyliklarni korxona omboriga etkazish va tayyorlov xarajatlaridan tashkil topgan xarid qilish (tayyorlash)ning haqiqiy tannarxi bo’yicha hisobga olinadi.

  • Mol etkazib beruvchilardan olingan montajni talab qiladigan jihozlarning qiymatiga quyidagicha provodka beriladi:

D-t 0710-«O’zimizda ishlab chiqarilgan o’rnatiladigan asbob-uskunalar»
K-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar».

  • Belgilangan tartibda montaj qilish uchun berilgan jihozlar summasiga:

D-t 0810-«Tugallanmagan qurilish»
K-t 0710-«O’zimizda ishlab chiqarilgan o’rnatiladigan asbob-uskunalar».
Smetalarda o’tkazilgan ko’zda tutilgan boshqa kapital ishlar va xarajatlar ularning turlariga qarab hisobga olinadi hamda bu ishlarning bajarilishiga ko’ra yoki chet tashkilotning to’lov uchun qabul qilgan hisobvaraqlari asosida 0810-«Tugallanmagan qurilish» hisobvarag’ida aks ettiriladi.
Bular ayrim ob’ektlar o’rtasida smeta qiymatiga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Ushbu xarajatlarning tegishli ulushi faqatgina qurib bitkazilgan ob’ektlar qiymatiga qo’shiladi.
Quruvchi (buyurtmachi) qurilish ishlari qanday usulda olib borilayotganligidan qat’iy nazar, foyda va zararni alohida-alohida buxgalteriya hisobida yuritishi shart. Olingan jarimalar, penyalar, shuningdek, moddiy boyliklar va xizmatlarni chetga sotishdan kelgan foyda buyurtmachi hisobidagi foyda hisobvarag’iga kiritiladi.
Yil yakuni bo’yicha zarar aniqlanganida zararning umumiy summasi boshqa kapital ishlar va xarajatlar tarkibidagi ob’ektlarning inventar qiymatiga qo’shiladi. Ish xo’jalik usulida olib borilganida qurilish ishlarini amalga oshirishni hisobga olish korxonalar moliyaviy-xo’jalik faoliyati xarajatlarining amaldagi barcha qoidalariga asoslanadi. Xo’jalik usulida qurilishmontaj ishlari korxonaning o’z kuch va vositalari (qurilish uchastkasi) bilan bajariladi. Xo’jalik usuli bilan qurilish ishlari olib borilganida kapital mablag’lar bo’yicha quyidagicha provodkalar beriladi:

  • Mol etkazib beruvchilardan olingan qurilish materiallari qiymatiga:

D-t 1050-«Qurilish materiallari»
K-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar».

  • Sotib olingan jihozlar qiymatiga:

D-t 0710-«O’zimizda ishlab chiqarilgan o’rnatiladigan asbob-uskunalar»
K-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar».

  • Sotib olingan qurilish materiallari va jihozlarning qiymatini to’lashga:

D-t 6010-«Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».

  • qurilish uchun sarflangan materiallar qiymatiga:

D-t 0810-«Tugallanmagan qurilish»
K-t 1050-«Qurilish materiallari».

  • Montajga berilgan jihozlar qiymatiga:

D-t 0810-«Tugallanmagan qurilish»
K-t 0710-«O’zimizda ishlab chiqarilgan o’rnatiladigan asbob-uskunalar».

  • Quruvchilarga berilgan ish haqi summasiga:

D-t 0810-«Tugallanmagan qurilish»
K-t 6710-«Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisoblashishlar».

  • Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar summasiga:

D-t 0810-«Tugallanmagan qurilish»
K-t 6510-«Sug’urta yuzasidan to’lovlar» K-t 6520-«Davlat maqsadli fondlariga to’lovlar».

  • Ish haqidan ushlab qolinadigan soliqlarga:

D-t 6710-«Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisoblashishlar»
K-t 6410-«Byudjetga to’lovlar yuzasidan qarzlar».

  • Byudjetga o’tkazilgan soliqlar summasiga:

D-t 6410-«Byudjetga to’lovlar yuzasidan qarzlar»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».

  • Quruvchilarga ish haqi to’lash uchun bankdan olingan pul mablag’lariga:

D-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari»
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».

  • Quruvchilarga ish haqi to’langanida:

D-t 6710-«Xodimlar bilan mehnatga haq to’lash bo’yicha hisoblashishlar»
K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari».
Qurilish ishlari tugaganidan so’ng asosiy vositaning boshlang’ich qiymatini aniqlash chog’ida 0810-«Tugallanmagan qurilish» hisobvarag’i debetidagi ma’lumotlar jamlanadi, so’ngra asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarga o’tkaziladi:
D-t 0120-«Imorat, inshoot va uzatuvchi moslamalar»
K-t 0810-«Tugallanmagan qurilish».

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin