Bajarilgan ish hajmiga ko’ra amortizatsiya hisoblash.
Korxonada shu davr mobaynida 90000 so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi. 1-yilda - 20000, 2yilda - 30000, 3-yilda - 10000, 4-yilda - 20000, 5-yilda – 10000 ming so’mlik mahsulot ishlab chiqarildi.
Mahsulot birligiga taqsimlanadigan amortizatsiya xarajatlari quyidagiga teng:
(10000 - 1000) / 90000 = 0,1 har bir so’mlik mahsulot uchun.
Bajarilgan ish hajmiga ko’ra amortizatsiya hisoblash jadvali
Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash. Bu usulda amortizatsiya hisoblashda amortizatsiya me’yori 2 hissaga orttiriladi va amortizatsiya me’yori 40% (2 x 20%)ga teng bo’ladi.
Qoldiqli kamayish usulida amortizatsiya hisoblash jadvali
Yillar
Balans qiymati
Yillik amortizatsiya summasi
Jamg’arilgan amortizatsiya
Qoldiq qiymati
1-yil
10000
(40% x 10000) = 4000
4000
6000
2-yil
10000
(40% x 6000) = 2400
6400
3600
3-yil
10000
(40% x 3600) = 1440
7800
2160
4-yil
10000
(40% x 2160) = 864
8704
1296
5-yil
10000
296
9000
1000
Nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya ajratmalari ular hisoblab o’tkazilgan hisobot davrida buxgalteriya hisobi va hisobotida aks ettiriladi. Nomoddiy aktivlarning ayrim ob’ektlari bo’yicha ajratmalar tegishli summalarni jamg’arish yo’li bilan yoki ob’ektlarning dastlabki qiymatini kamaytirish yo’li bilan buxgalteriya hisobida aks ettiriladi.
Nomoddiy aktivlar eskirishining hisoblangan summasi ishlab chiqarish xarajatlari (muomala xarajatlari, ma’muriy xarajatlar, sarmoya qo’yish)ni hisobga olish hisobvaraqlari debeti va 0510-0590-hisobvaraqlar kreditiga kiritiladi.
Korxonalar tegishli nomoddiy aktivlar bo’yicha jamg’arilgan amortizatsiya to’g’risidagi axborotni quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiradi:
0510 - «Patentlar, nou-xau va litsenziyalarning eskirishi»;
0520 - «Savdo markalari, tovar belgilari va sanoat namunalarining eskirishi»;
0530 - «Dasturiy ta’minotning eskirishi»;
0540 - «Er va tabiat resurslaridan foydalanish huquqining eskirishi»;
0550 - «Tashkiliy xarajatlarning eskirishi»;
0560 - «Franshizalarning eskirishi»;
0570 - «Mualliflik huquqlarining eskirishi»;
0590 - «Boshqa nomoddiy aktivlarning eskirishi».
Ushbu hisobvaraqlarning kreditida hisoblangan eskirish summalari, debetida esa nomoddiy aktivlarning chiqib ketishida hisoblangan eskirish summalarining o’chirilishi aks ettiriladi.
Misol. Korxonada sentyabr oyida ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun nomoddiy aktivlardan foydalanilishi natijasida 5600 so’m eskirish hisoblandi. Ushbu muomalaga quyidagicha provodka beriladi:
D-t 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» - 5600 so’m
K-t 0530-«Dasturiy ta’minotning eskirishi» - 5600 so’m.
Korxonada shu oy mobaynida mavjud litsenziya uchun ma’muriy xarajatlar hisobiga 3200 so’mlik eskirish hisoblandi. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
D-t 9420-«Ma’muriy-boshqaruv xarajatlari» - 3200 so’m
K-t 0510-«Patentlar, nou-xau va litsenziyalarning eskirishi» - 3200 so’m.