Microsoft Word Moliyaviy hisob-2


Nomoddiy aktivlarni turkumlash va baholash



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə26/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   102

4.2. Nomoddiy aktivlarni turkumlash va baholash


Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishning vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Nomoddiy aktivlarni boshqa aktivlardan ajratilgan holda guruhlarga bo’lib, ularni hisobga olishni tashkil qilish;

  • Nomoddiy aktivlarni joriy hisobda va buxgalteriya balansida tegishli andozalarga hamda me’yoriy hujjatlarga asosan to’g’ri va o’z vaqtida baholash;

  • Korxonaga mavjud va kamyob tushgan nomoddiy aktivlar bo’yicha buxgalteriya hisobi andozalariga va me’yoriy hujjatlarga asosan amortizatsiya hisoblash;

  • Mavjud nomoddiy aktivlardan zarur joyda tadbirkorlik va ishbilarmonlik bilan samarali foydalanishni tashkil qilish;

  • Eskirgan, xo’jalik uchun oshiqcha bo’lgan nomoddiy aktivlarni o’z vaqtida hisobdan chiqarishni ta’minlash;

  • Hisobdan chiqarilgan nomoddiy aktivlar bo’yicha moliyaviy natijalarni to’g’ri va o’z vaqtida aniqlash.

Buxgalteriya hisobida nomoddiy aktivlarni hisobga olishni soddalashtirish maqsadida ularni turkumlab olish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Amaliyotda nomoddiy aktivlarning quyidagi turlari mavjud:

  • Patentlar — korxona tomonidan muayyan mahsulotni ishlab chiqarish va sotish uchun foydalaniladigan, qonun bilan himoyalangan guvohnoma hisoblanadi. Patent korxona tomonidan belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida sotib olinadi;

  • Nou-xau — ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati davomida foyda keltiruvchi yangi texnologiyalardir. Uni ta’sischilar kelishuvida aniqlangan qiymat bo’yicha korxona ustav kapitaliga ulush hisobida kiritish mumkin. Nou-xau texnik, tijorat, boshqaruv, moliya kabi xarakterdagi texnik bilim va amaliy xarakterdagi boshqa bilimlarni o’z ichiga oladi;

  • Tovar belgilari, savdo markalari va atamalari — belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tgan hamda boshqa firmalar tomonidan ruxsat berilmagan tarzda foydalanishdan qonun bilan muhofaza qilingan korxonalar nomi va bu korxonalar mahsulotlarining nomlari;

  • Sanoat namunalari — ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi buyumlar va xalq iste’moli tovarlarining tashqi qiyofasini belgilaydigan badiiy-konstruktorlik echimlaridan foydalanish huquqi. Sanoat namunalariga hajmiy model (avtomobil, stanok, mebel va hokazo) yoki yassi tasvir-sanoat naqshlari (gazlama, gilam gullari, shrift shakli va hokazo) misol bo’la oladi;

  • Dasturiy ta’minot — texnik dastur vositalari, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi bo’yicha texnik va foydalanish hujjatlari yig’indisi;

  • Gudvill — korxonani xarid qilish chog’ida yuzaga keladi va sotib olinayotgan korxona uchun haq hamda uning sof (majburiyatlarini chegirgan holdagi) aktivlarining baholovchi (bozor) qiymati o’rtasidagi farq;

  • Tashkiliy xarajatlar — yangi xo’jalik yurituvchi sub’ektni barpo etish xarajatlari, ya’ni ishni boshlash xarajatlari;

  • Franshizalar — bir korxona tomonidan boshqasiga unga qarashli aktivlardan, shu jumladan, savdo markalari va atamalari kabi nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqining berilishi, buning ustiga, bevosita belgilanishi bo’yicha mazkur aktivlardan foydalanish hamda taqdim etiladigan xizmatlar (tovarlar)ning belgilangan sifat standartlariga rioya qilish bunday huquq berilishlarining majburiy sharti hisoblanadi;

  • Mualliflik huquqlari — ilmiy, adabiy, musiqa yoki boshqa asarlarni nashr qilish, ijro etish yoki boshqa turdagi foydalanish huquqi;

  • Er va tabiat resurslaridan foydalanish huquqi — xo’jalik yoki boshqa maqsadlarda er va boshqa tabiiy resurslardan foydalanishni ta’minlovchi huquq, ammo erdan foydalanish huquqi mazkur er uchastkasini mulk qilib olishni bildirmaydi.

Nomoddiy aktivlarni baholashda «Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMAga asoslanilish lozim. Nomoddiy aktivlarni baholashda quyidagi baho (qiymat)lardan foydalaniladi:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin