Microsoft Word Moliyaviy hisob-2


Kirim va chiqim kassa orderlarini qayd qilish jurnali



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə51/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   102

Kirim va chiqim kassa orderlarini qayd qilish jurnali


chap qism




Kirim hujjatlari




Sana

Raqam

Summa

Eslatma

1

2

3

4





Kirim bo’yicha jami







o’ng qism




Chiqim hujjatlari




Sana

Raqam

Summa

Eslatma

5

6

7

8








Chiqim bo’yicha jami




Kassa kirim orderini pul topshirayotgan shaxslar qo’liga berish taqiqlanadi. Kirim orderi ijro etish uchun bevosita kassaga topshiriladi, bu erda kassir orderning to’g’ri
rasmiylashtirilganligini, bosh buxgalterning imzosi borligi va haqiqiyligini tekshiradi, pulni qabul qiladi, kirim orderi va kvitantsiyani imzolaydi. Pul topshirgan shaxsga kirim orderi kvitantsiyasi beriladi. Kassa kirim orderi bo’yicha pullar faqat ushbu hujjat to’ldirilgan kunda qabul qilinadi.
Bankdagi hisob-kitob schyoti va boshqa schyotlardan kassaga naqd pul kelib tushganida ham kassa kirim orderi tuziladi va uning kvitantsiyasi to’ldiriladi. Kvitantsiya hisob-kitob schyotidan pullarni hisobdan chiqarish uchun bank muassasasi ko’chirmasiga qo’shib qo’yiladi.
Naqd pullar kassadan kassa chiqim orderlari (KO-2 shakli) yoki kassa chiqim orderlarining o’rnini bosadigan, maxsus shtamp bilan bosilgan boshqa hujjatlar (to’lov qaydnomalari, pul berish uchun ariza, hisobvaraqlar va hokazo) asosida beriladi.
Pul berishga doir barcha hujjatlarni korxona rahbari va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar imzolashi kerak. Agar kassa chiqim orderiga ilova qilingan hujjatlarda korxona rahbarining ruxsat beruvchi qaydi bo’lsa, orderda uning imzosi bo’lishi shart emas.
Kassa chiqim orderi buxgalteriyada tuziladi va kassa chiqim orderlarini qayd qilish jurnalida qayd qilinadi va kassirga ijro etish uchun topshiriladi. Kassa chiqim orderlarini pul oluvchi shaxs qo’liga berishga ruxsat etilmaydi.
Kassir pulni biror-bir shaxsga berayotganida uning shaxsini tasdiqlaydigan boshqa hujjat ko’rsatishini talab qiladi, bu hujjatning nomi va raqami, kim tomonidan va qachon berilganligini kassa chiqim orderiga yozib qo’yadi hamda oluvchining tilxatini oladi.
Bir necha shaxs nomiga yozilgan bitta to’lov hujjati bo’yicha pul olishda ham shaxsni tasdiqlaydigan hujjat ko’rsatilishi shart.
Korxonaning ro’yxati tarkibida bo’lmagan shaxslarga pul faqat kassa chiqim orderi bo’yicha beriladi. Kassadan pul faqat nomi chiqim kassa orderida yoki uning o’rnini bosadigan hujjat (qaydnoma)da ko’rsatilgan shaxsga beriladi.
Agar pul ishonchnoma orqali olinadigan bo’lsa, buxgalteriya orderda pul olish ishonib topshirilgan shaxsning ismi sharifini ko’rsatadi. Agar pul qaydnoma bo’yicha berilsa, pulni olganligi haqida imzo chektirishdan oldin kassir «Ishonchnoma bo’yicha» deb yozib qo’yishi lozim, tegishlicha rasmiylashtirilgan va tasdiqlangan ishonchnoma kassirda qoladi va kassa chiqim orderiga yoki qaydnomaga qo’shib qo’yiladi.
Ish haqi, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo’qotganlik nafaqasi, pensiyalar va mukofotlar kassir tomonidan to’lov qaydnomalari bo’yicha har bir xodimga chiqim orderlarini tuzib o’tirmasdan beriladi. To’lov qaydnomaning titul (birinchi) varag’iga pul berishga ruxsat berish haqida yozuv qilinadi, uning tagiga korxona rahbari, bosh buxgalteri yoki ular vakolat bergan shaxslar imzo chekadi, pul berish muddati va summa yozuvda ko’rsatiladi.
Agarda xodimlar ushbu pullarni o’z vaqtida olmasalar (ya’ni 3 kun ichida), ular deponentga o’tkaziladi.
Kirim va chiqim kassa orderi yoki ularning o’rnini bosuvchi hujjatlar bo’yicha pul olinganidan yoki berilganidan so’ng darhol kassir ularga imzo chekadi, ularga ilova qilingan hujjatlarga esa «Olingan» (kirim hujjatlariga) yoki «To’langan» (chiqim hujjatlariga) shtampi bosiladi yoki so’zlar qo’lda yoziladi va sana, ya’ni kun, oy, yil ko’rsatiladi.
Kassa orderiga hech qanday o’zgarishlarni, hatto izohlarni ham qilishga yo’l qo’yilmaydi. Agar unda xato borligi aniqlansa, kassa orderi boshqatdan rasmiylashtiriladi.
Har bir order yoki uning o’rnini bosuvchi hujjat bo’yicha pul olinganidan yoki berilganidan so’ng kassir darhol kassa bo’yicha naqd pullar harakatini hisobga olish uchun mo’ljallangan KO-4 shaklli kassa daftariga buni qayd qiladi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin