Investitsiyalar hisobi LCM tamoyili bo’yicha amalga oshiriladi
Moddiy ta’sir mavjud, ammo nazorat mavjud emas
20% dan
50% gacha
Investitsiyalar hisobi sotib olish bahosi + Investitsiya qilingan kompaniya foydasidan ulush - olingan dividendlar ko’rinishida yuritiladi
Nazorat (marjirital hukmronlik)
> 50%
Guruh konsolidatsiya qilinishi kerak
Masalan, guruhda quyidagi bog’lanish mavjud:
A kompaniyalar guruhiga kiradimi ? U nima deb nomlanadi ?
40% ulush 20%dan ko’p, ammo 50 foizdan kam, bunda egalik marjirital emas, shuning uchun A guruhga kiritilmaydi, balki uyushgan a’zo deb yuritiladi.
EI mamlakatlarida uyushgan a’zolarning majburiy konsolidatsiyaga tayyorgarlik ko’rishi xususida nizom mavjud. Ushbu nizomga binoan uyushganngan a’zo birlashganidan so’ng ikki yil ichida quyidagi ko’rsatkichlarga ega bo’lsa, majburiy konsolidatsiyalangan hisobot tuzishlari shart:
Bosh korxonaning jami kapitali 17000000 AQSh dollardan oshsa;
Sotish hajmi 35000000 AQSh dollardan oshsa;
Xodimlarining o’rtacha yillik ro’yxatdagi soni 500 dan oshiq bo’lsa.
Agarda korxona birlashgan guruh tarkibida bo’lib, unga moddiy ta’sir ko’rsata olmasa, u ikki yil ichida konsolidatsiyaga qo’shilmasligi mumkin. Ammo ikki yil ichida yuqoridagi uchta ko’rsatkichdan ikkitasi talabga javob bersa, u holda kompaniya konsolidatsiyaga tayyorlanishi lozim.
BHXSga muvofiq agarda kompaniya boshqa kompaniyaning 50%dan oshiq aktsiyalar paketiga egalik qilsa, u ham siyosiy, ham iqtisodiy tomondan hukmronlik qilishi mumkin. Bu holatda guruh subordinatsiya deyiladi.
Agarda ikkita korxona umumiy bitta rahbarlik ostida bo’lsa hamda birining ulushi ikkinchisida bo’lmasa, bunday guruh koordinatsiya guruhi deyiladi.
EI mamlakatlari subordinatsiya guruhidan konsolidatsiyani talab qiladi. Bu TMKlar uchun majburiydir. Kapitalning taqsimlanishi tarzida uyushgan hamda hech bir korxona boshqa korxonaga marjirital hukmronlik o’tkaza olmaydigan birlashma jamiyati multiguruh deyiladi.
Bu multiguruhdir, chunki hech birida marjirital hukmronlik mavjud emas va ular birgalikda 100%ni tashkil qiladi.
A – bosh kompaniya
S – sho’’ba korxona
V – uyushganngan a’zo
D, F, E – multiguruh
Konsolidatsiyalangan hisobotga A, S kompaniyalar tushadi (majburiy), V (tushishi mumkin).
D, E, F – faqat o’z ichida konsolidatsiyalanishi mumkin.
Korxonalarning ishtirokiga ko’ra konsolidatsiya usullari qo’llaniladi. Ular quyidagilardir:
Uyushgan a’zolar ekvivalent usuli orqali konsolidatsiya qilinadi;
Multiguruh mutanosib integratsiya usuli orqali konsolidatsiya qilinadi.
EIning 7-Direktivasi hamda 27-son BHXSga binoan kapitallarni birlashtirish uchun dastlabki birlashtirish yoki kapitallarning natijaviy birlashtirilishi nomli anglo-sakson usuli qo’llaniladi.
Konsolidatsiya natijasida uchta hisob-kitob amalga oshiriladi:
Investitsiyalarni chegirish. Bunda eliminlash usuli qo’llaniladi;
Iqtisodiy operatsiyalarni chegirish. Guruh ichidagi oldi-sotdi operatsiyalarini hisobdan chiqarish;
Moliyaviy operatsiyalarni chegirish. Guruh ichidagi o’zaro qarz munosabatlarini chegirish. Masalan, bosh kompaniya sho’’ba korxonaga qarz bergan.
Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotda bu operatsiyani chegirish lozim.