Lizing oluvchi balansida lizing muomalalarini hisobga olish. Lizing oluvchi korxonada lizing muomalalarini hisobga olish tartibi bilan yuqorida keltirilgan misol orqali tanishib chiqamiz:
transport vositasining shartnoma bahosidan 15% - 240000 so’m bo’nak o’tkazib berildi:
D-t 4310-«TMQlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar» - 240000 so’m
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 240000 so’m;
«Bobur» kompaniyasi keyinchalik sotib olish sharti bilan transport vositasini 5 yil muddatga ijaraga oldi. Transport vositasining shartnomaviy bahosi - 1600000 so’m:
D-t 0310-«Moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalar» -
1600000 so’m
K-t 7910-«To’lanadigan moliyaviy lizing» - uzoq muddatli qismi - 1600000 so’m; yil boshida joriy yilda to’lanadigan lizing to’lovlari summasiga - 320000 so’m:
D-t 7910-«To’lanadigan moliyaviy lizing» - uzoq muddatli qismi - 320000 so’m
K-t 6910-«To’lanadigan lizing» - joriy qismi - 320000 so’m;
lizing shartnomasi bo’yicha olingan transport vositasining birinchi yilgi asosiy to’lanmasi summasidan oldin berilgan 240000 so’m bo’nak summasi ushlanib, qolgan 80000 so’m hisob-kitob schyotidan o’tkazib berildi:
D-t 6910-«To’lanadigan lizing» - joriy qismi - 320000 so’m
K-t 4310-«TMQlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar» - 240000 so’m
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» - 80000 so’m;
transport vositasining shartnoma qiymatidan birinchi yili to’lanadigan foiz hisoblandi - 80000 so’m:
«Bobur» kompaniyasida lizingga olingan transport vositasi bo’yicha birinchi yili amortizatsiya hisoblandi - 160000 so’m (1600000/10):
D-t 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» - 160000 so’m
K-t 0299-«Moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi» - 160000 so’m.
Keyingi 4 yil ichida to’lanadigan asosiy qarz summasi 1280000 so’mni tashkil etadi. Qolgan 4 yil ichida har yili 320000 so’mdan pul o’tkazib turilsa, 7910-«To’lanadigan moliyaviy lizing - uzoq muddatli qismi» hisobvarag’i bo’yicha saldo qolmaydi.
«Bobur» kompaniyasi besh yil ichida shartnomada ko’rsatilgan asosiy summani va uning foizlarini to’liq to’laganidan so’ng, transport vositasini o’zining balansiga kirim qiladi - 1600000 so’m:
D-t 0160-«Transport vositalari» - 1600000 so’m
K-t 0310-«Moliyalanadigan lizing bo’yicha olingan asosiy vositalar» - 1600000 so’m.
Shu bilan birgalikda transport vositasi bo’yicha 5 yil davomida hisoblangan eskirish summasi ham kirimga olinadi - 800000 (160000 x 5) so’m:
D-t 0299-«Moliyalanadigan lizing shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarning eskirishi» - 800000 so’m
K-t 0260-«Transport vositalarining eskirishi» - 800000 so’m.
Lizing ob’ektini sotuvchi korxonadagi buxgalteriya hisobi. Lizing ob’ektini sotuvchi korxona lizing kompaniyasi bilan olib boriladigan hisob-kitobni quyidagicha rasmiylashtiradi:
oldindan olingan bo’nak summasi qoplanganda - 270000 so’m:
D-t 6310-«Xaridor va buyurtmachilardan olingan bo’naklar» - 270000 so’m
K-t 4010-«Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» - 270000 so’m.
Lizing to’lovlarini mahsulot tannarxiga o’tkazish tartibi. «Xarajatlar tarkibi to’g’risida»gi Nizomga binoan lizing to’lovlari ham xarajat ob’ekti bo’lib hisoblanadi. Lizing to’lovlarining umumiy summasi quyidagilardan iborat:
qaytariladigan lizing ob’ektining to’liq summasidan lizing shartnomasiga binoan sotib olingan mulk uchun olingan kredit resurslar bo’yicha to’lanma;
Lizing to’lovlari lizing oluvchi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladi, chunki lizing shartnomasini shaklan ijara shartnomasining bir turi deb hisoblash mumkin.
Lizing oluvchi lizing mulkini asrash, lizing beruvchi oldidagi o’z majburiyatini sug’urtasi qo’shilgan holda ob’ektning sug’urtasi, shuningdek, agar shartnomada boshqa hollar ko’zda tutilmagan bo’lsa, bu mulkdan foydalanish, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni o’z hisobidan qiladi.
Ijaraga olingan asosiy vositalarni saqlab turish xarajatlari mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxiga kiritiladi.