Bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan korxona, tashkilot va muassasalarda mavjud mablag’lardan samarali foydalanish, korxona ixtiyoridagi aktivlarning samaradorligini maksimal darajada ko’tarish asosiy vazifa bo’lib hisoblanadi. Chunki mablag’lardan samarali foydalanish korxona aktivlari unumdorligini oshirishda va bu orqali maksimal darajada foyda olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tkazish va tarmoqlar iqtisodini izchil rivojlantirish investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir. Bugungi kunda investitsiyalarni bozor iqtisodiyotiga moslashtirish va investitsion faoliyatni boshqarish o’zgacha yondoshishlarni talab etmoqda. Chunki xo’jalik yuritishning zamonaviy yo’lini tanlash investitsion siyosatni ham tubdan o’zgartirishni talab qiladi. Investitsion siyosatni amalga oshirishda bozor munosabatlariga mos dastaklardan foydalanish, ya’ni investitsion jarayon qatnashchilarining huquq va majburiyatlarini belgilab berish; mamlakatda investorlar uchun to’laqonli raqobatni ta’minlash; moliyaviy, moddiy va aqliy boyliklarni boshqarishda batamom erkin harakat qilish va shunga tenglashtirilgan tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi.
Investitsiya inglizcha investment so’zidan olingan bo’lib, sarmoya qo’yish degan ma’noni anglatadi. O’zbekiston Respublikasining «Investitsiya faoliyati to’g’risida»gi Qonunining 2moddasiga binoan, investitsiyalar - iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar.
Investitsiyalarning iqtisodiy mazmuniga ko’ra quyidagi turlari mavjud: