Microsoft Word Moliyaviy hisob-2


Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə29/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102

4.4. Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi


Amortizatsiya nomoddiy aktivning foydali xizmat muddati davomida amortizatsiya qiymatini muntazam ravishda taqsimlash va ko’chirish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasidir. Nomoddiy aktivlarning amortizatsiya qiymati taxmin qilinayotgan tugatilish qiymatini chiqarib tashlagan holda aktivning dastlabki qiymati yoki moliyaviy hisobotlarda ko’rsatilgan qiymat o’rnini bosadigan boshqa qiymatning summasidir.
Nomoddiy aktivlarga eskirish hisoblashda «Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMAga hamda O’zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksiga amal qilish lozim.
«Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son BHMAga asosan nomoddiy aktivning amortizatsiya qiymati uning foydali xizmat muddatidan oshmagan holda, foydali xizmat muddatini belgilash mumkin bo’lmagan paytda 5 yilni hisobga olib (lekin korxonaning faoliyat muddatidan oshmagan holda) muntazam asosda taqsimlanishi kerak.
Quyidagi nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblanmaydi:

  • Haqiqiy emas (ishlamaydigan) deb topilgan va huquqiy oqibatlar keltirib chiqarmaydigan nomoddiy aktivlar;

  • Korxonaga tegishli bo’lmagan, lekin huquq egasi tomonidan litsenziya shartnomasi yoki boshqacha shartnoma (tanho bo’lmagan litsenziya) bo’yicha berilgan va balansdan tashqari hisobvaraqda hisobga olinadigan nomoddiy aktivlardan foydalanish huquqi asosida korxona foydalanayotgan nomoddiy aktivlar;

  • Korxonaga tegishli tovar belgisiga va xizmat ko’rsatish belgisiga egalik huquqi, shuningdek vaqt o’tishi bilan ularning iste’mol xususiyati o’zgarmaydigan tovar chiqarilgan joy nomiga egalik huquqi;

  • Gudvill.

Amortizatsiyalanuvchi qiymat muntazam ravishda nomoddiy aktivni foydali ishlatishning butun davriga taqsimlanadi. Amortizatsiya turli xil usullarni qo’llash yo’li bilan amalga oshiriladi: to’g’ri chiziqli usul, kamayib boruvchi qoldiq usuli va hosil qilingan birliklar summasi amortizatsiyani hisoblab yozish usuli kiradi.
To’g’ri chiziqli usul nomoddiy aktivni foydali ishlatishning butun davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab yozishdan iborat.
Kamayib boruvchi qoldiq usuli bo’yicha muntazam hisoblab yozilayotgan summalar foydali ishlatish muddati davomida kamayadi.
Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblab yozish usuliga binoan amortizatsiya miqdori faqat nomoddiy aktiv qancha marta ishlatilishiga yoki qancha mahsulot birligi ishlab chiqarilishi kutilayotganiga bog’liq bo’ladi.
To’g’ri chiziqli usul. Amortizatsiyani hisoblab yozish usullaridan birortasini qo’llashni aniqlash qiyin bo’lgan hollarda hisoblab yozishning to’g’ri chiziqli usulidan foydalaniladi.
Amortizatsiyani hisoblashda uning tugatilish qiymatiga e’tibor berish lozim. Agar boshqa summani ishonchli tarzda hisob-kitob qilish mumkin bo’lmasa, nomoddiy aktivning qoldiq qiymati nolga teng bo’ladi.
Misol. «Bobur» hissadorlik jamiyatida nomoddiy aktivga eskirish hisoblash bo’yicha quyidagi ma’lumotlar mavjud:

  • Nomoddiy aktivning balans qiymati - 10000 ming so’m;

  • Tugatilish qiymati - 1000 ming so’m;

  • Xizmat muddati – 5 yil.


Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin