Favqulodda foyda moddalari - bu ko’zda tutilmagan, tasodifiy tusga ega bo’lgan, hodisa yoki xo’jalik yurituvchi sub’ektning odatdagi faoliyat doirasidan chetga chiqadigan tusdagi muomalalar natijasida paydo bo’ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar bo’limida aks ettirilishi kerak bo’lgan o’tgan davrlardagi foyda kirmaydi.
Favqulodda zararlar - bu xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning odatdagi faoliyatidan chetga chiquvchi hodisalar yoki muomalalar natijasida vujudga keladigan va ro’y berishi kutilmagan odatdan tashqari xarajatlardir. Bunga favqulodda va davr xarajatlari tarkibida aks ettirilishi kerak bo’lgan o’tgan davr xarajatlari kirmaydi.
U yoki bu moddaning favqulodda foyda va zararlar sifatida aks ettirilishi uchun u quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
korxonaning odatdagi xo’jalik faoliyatiga xos emaslik;
bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak;
boshqaruv xodimi tomonidan qabul qilinadigan qarorlarga bog’liq emaslik.
Tegishli moddalarni favulodda xarajatlarga kiritish yoki kiritmaslik to’g’risida qarorlar qabul qilishda ishlar amalga oshiriladigan sharoitlarni ham hisobga olish lozim. Masalan, agar xo’jalik yurituvchi sub’ekt alohida iqlim sharoitlarida joylashgan bo’lsa, u holda - iqlim sharoitlariga bog’liq holdagi ishlamay turib kolishlar favqulodda deb baholanishi mumkin emas, chunki ushbu modda «bir necha yil mobaynida takrorlanmasligi kerak» mezoniga javob bermaydi.
Favqulodda foyda va zararlar quyidagi hisobvaraqlarda aks ettiriladi:
9710 - «Favqulodda foyda»;
9720 - «Favqulodda zarar».
Ushbu hisobvaraqlar tranzit bo’lib, 9710-hisobvaraq-passiv, 9720-hisobvaraq-aktiv xarakterga ega.
9700 - «Favqulodda foyda va zararlar» hisobvarag’i bo’yicha hisobvaraqlar korrespondentsiyasi
№
Xo’jalik muomalalarining mazmuni
Hisobvaraqlar korrespondentsiyasi
Debet
Kredit
1.
Tabiiy ofatlar natijasida jihozlar va materiallar ortiqchaligining aniqlanishi
0710-0720, 0810-
0890, 1010-1090
9710
2.
Tabiiy ofatlar natijasida tovarlar ortiqchaligining aniqlanishi
2910
9710
3.
Tabiiy ofatlar natijasida jihozlar va materiallar kamomadining aniqlanishi
9720
0710-0720, 0810-
0820, 1010-1090
4.
Tabiiy ofatlar bo’yicha xarajatlarning to’lanishi
9720
5010, 5110, 5210
5.
Hisobot davri oxirida favqulodda foydaning yakuniy moliyaviy natijaga o’tkazilishi
9710
9900
6.
Hisobot davri oxirida favqulodda zararning yakuniy moliyaviy natijaga o’tkazilishi