Microsoft Word Moliyaviy hisob-2



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə88/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   102

Tayanch so’z va iboralar


Konsolidatsiya Sho’’ba korxona
Konsolidatsiyalangan Eliminlash
hisobot
Bosh korxona

Takrorlash uchun savollar


  1. Konsolidatsiyalangan hisobotning maqsadi nima ?

  2. Konsolidatsiyalangan hisobot tuzishning asosiy tamoyillarini sanab o’ting ?

  3. Xolding kompaniya deb qanday kompaniyaga aytiladi ?

  4. Konsolidatsiyalangan hisobotning tarkibi nimalardan iborat ?

Adabiyotlar: 2, 4, 7, 8, 11, 12.

12 - BOB. KORXONALARNING TASHQI IQTISODIY FAOLIYATI

12.1. Tashqi iqtisodiy faoliyat haqida tushuncha, uning nazariy va huquqiy asoslari


Bozor iqtisodi sharoitida har bir yuridik yoki jismoniy shaxs xo’jalik faoliyatini yuritish jarayonida chet el firmalari bilan savdo-sotiq aloqalarini o’rnatish va o’z mablag’laridan tashqari chet el mablag’larini ham moliyaviy xo’jalik faoliyatiga jalb qilishi yoki chet el firmalarining xo’jalik-moliyaviy faoliyatida o’zining ulushi bilan qatnashishi mumkin. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar quyidagi yo’nalishlarda xorij kompaniya va firmalari bilan moliyaviy xo’jalik muammolarini amalga oshiradilar:

  • savdo-sotiq faoliyati - tuzilgan shartnomalarga asosan xorijdagi sub’ektlarga o’zining tayyor mahsulotlari yoki tovarlarini sotadi yoki ulardan tovarlarni sotib oladilar;

  • investitsiya (moliyaviy qo’yilma) faoliyati - kelishilgan holda chet el sarmoyalarini o’zining faoliyatiga jalb qiladi yoki o’zining vaqtincha ortiqcha mablag’larini chet el firmalarining faoliyatiga ulush sifatida beradilar;

  • ishlarni bajarish va xizmatlar ko’rsatish - tuzilgan kontraktlarga asosan chet el firmalarining buyurtmalari bo’yicha ishlarni bajaradilar va xizmat ko’rsatadilar va o’z navbatida chet el firmalariga buyurtmalar beradilar. Ularning bajargan ishlarini qabul qiladilar va xizmatlarini iste’mol qiladilar;

  • litsenziya, savdo markalari, dasturlar va patentlarni sotish yoki sotib olish va boshqalar.

Sub’ektlarning tashqi iqtisodiy faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish, avvalo, bojxona tartibi orqali amalga oshiriladi. Bojxona tizimida davlat chegarasidan o’tadigan tovarlar, ishlar va xizmatlar qo’llaniladigan tartiblar ko’rsatiladi:

  • bojxona tarifi (olinadigan yig’imlar, to’lovlar);

  • tovar va xizmatlarni chegaradan o’tkazish tartibi;

  • kontrabandaga qarshi tadbirlar;

  • o’tkaziladigan va kiritiladigan tovarlar, ishlar va xizmatlarning turlari va miqdori.

Tovar va ishlarning nomenklaturasiga asosan quyidagilar tuziladi:

  • dastlabki hujjatlarning shakli va uning mazmuni o’rnatilgan xalqaro tartib va qoidaga asosan o’zgartirilgan holda;

  • bojxona deklaratsiyasi - tegishli tovarlar, ish va xizmatlarning nomlari, miqdori va qiymati ko’rsatilgan holda;

  • xalqaro yukxatlarning o’ziga xos xususiyatlari, maxsus belgilar qo’yilgan holda.

Ushbu faoliyatda asosiy bosqichlardan bittasi tegishli kontraktlarni tuzish, miqdor, baho va tovarlarni etkazib berish tartibi va grafigi hisoblanadi. Chunki ushbu talablarning bajarilishi ustidan tezkor va qattiq nazorat o’rnatiladi.
Bundan tashqari hisoblashish jarayoni tashqi iqtisodiy faoliyatda asosiy o’rinlardan birini egallab, bu munosabatlar «Valyuta tartiblari va valyuta nazorati to’g’risida»gi Qonunga asosan amalga oshiriladi. Valyuta tartiblariga rioya qilish Markaziy bank tomonidan nazorati qilinadi, ushbu bankga quyidagi vakolatlar yuklatilgan:

  • xorij valyutalari muomalalarining tartibi va faoliyat jarayonlari;

  • rezident va norezidentlar tomonidan valyuta muomalalarini amalga oshirish qoidalari;

  • valyuta muomalalarini hisobga olish, hisoblab hujjatlashtirish va statistikasining umumiy tartibini o’rnatish.

Xalqaro tartiblar esa «Tovarlarning xalqaro oldi-sotdi to’g’risidagi shartnoma» BMT konventsiyasi, A/SONE. 97/18 Annex 1. va Inkoterms hujjatlariga asoslanadi. Ushbu hujjatlarda:

  • iqtisodiy aloqalarga qulay shart-sharoitlar yaratish, aloqa o’rnatish, shartnomalar tuzish va tegishli tartib va qoidalarni o’rnatish uchun ma’lumotlar va axborotlar bilan ta’minlash;

  • tovarlarni olish va sotishdagi to’siqlardan o’tish, shartnomalar tuzish, tovarlarning turlari, miqdori va grafiklarini belgilash va etkazib berish uchun sharoitlar yaratish;

  • tovarlarni sotib olish va sotish bo’yicha kamsitishlar (diskriminatsiya)ni tugatish, tomonlarning manfaatlarini ko’zlagan holda xo’jalik muammolarini amalga oshirish;

  • shartnomalarni amalga oshirishga sarflanadigan vaqt va xarajatlarni qisqartirish maqsadida ko’rsatilgan shakllarda xarajatlarni hisobga olishda tasdiqlangan «Nizom» qoidalariga amal qilinadi.

«Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizom»ga muvofiq eksport mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha sarflangan asosiy xarajatlarga quyidagi xarajatlar kiradi:

  • asosiy ishlab chiqarishdagi ishchilarning mehnat haqi;

  • mehnat haqi jamg’armasidan ijtimoiy muhofaza jamg’armasiga ajratma;

  • asosiy ishlab chiqarishga sarflangan material va xom ashyo qiymati.

Kelishilgan buyurtma va tuzilgan kontraktga asosan xorijda pudrat usulida qurilishni amalga oshirayotganda qurilish xarajatlariga quyidagilar kiradi:

  • qurilish materiallarining qiymati;

  • o’rnatiladigan uskunalarning qiymati va o’rnatish xarajatlari;

  • uskuna va materiallarni olib borish xarajatlari; • mutaxassislarni tayyorlash xarajatlari.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin