Microsoft Word Moliyaviy hisob-2


Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni tayyorlash tartibi



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə85/102
tarix07.01.2024
ölçüsü1,52 Mb.
#206671
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   102

11.4. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni tayyorlash tartibi


O’zbekistonda konsolidatsiyalangan hisobotni tuzish O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 28 dekabrda 580-son bilan ro’yxatga olingan «Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlar va investitsiyalarni sho’’ba xo’jalik jamiyatlarida hisobga olish» deb nomlangan 8-son O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) bilan tartibga solinadi. Mazkur BHMSga muvofiq konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni bosh xo’jalik yurituvchi jamiyat nazoratida bo’lgan xo’jalik yurituvchi jamiyatlar tuzadi. Bunda nazorat deganda ular faoliyatidan foyda olish maqsadida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy va xo’jalik siyosatini belgilash huquqi tushuniladi, bosh jamiyat tomonidan nazorat qilinadigan xo’jalik yurituvchi sub’ekt esa sho’’ba xo’jalik yurituvchi sub’ekt (sho’’ba korxona) deb nomlanadi. Ya’ni konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobot faqat bosh jamiyatda (asosiy kompaniyada), ular mulkchilik turidan va bosh jamiyatning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar nazorat qilinadigan sho’’ba korxonalar mavjud bo’lgandagina tuziladi.
Bunda yuridik jihatdan mustaqil har bir korxona, o’z operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritishlari va ularning natijalarini alohida moliyaviy hisobot ko’rinishida rasmiylashtirishlari shart.
Umuman olganda konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni tuzishda asosiy maqsad, soliq solinadigan foydani aniqlash emas, balki korporativ guruh faoliyati to’g’risida umumiy tasavvur olishdir.
Konsolidatsiyalangan balansda ham bosh korxona, ham sho’’ba korxonaning moddiy qiymatliklari ko’rsatilgan bo’ladi. Xuddi shunday moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda «Sotish hajmi» moddasi ham bosh korxona, ham sho’’ba korxona tomonidan amalga oshirilgan sotish hajmini o’z ichiga oladi.
Konsolidatsiyalashgan balansni tayyorlash vaqtida bosh va sho’’ba korxonalarning ma’lum moddalari birlashtiriladi. Ayrim moddalar bosh va sho’’ba korxonalar o’rtasida yuz bergan muomalalar sifatida ayrilishi (hisobdan chiqarilishi) mumkin. Masalan, bosh kompaniya nazorati ostida bo’lgan bir korxonani ikkinchisiga bo’lgan qarzi, ular orasidagi oldi-sotdi muomalalari. Hisobot tuzish jarayonida bunday xo’jalik muomalalari hisobvaraqlarning umumiy natijasida aks ettirilmasligi lozim. Chunki oldi-sotdi muomalalari, qarzni to’lash va uni olish muomalalari kompaniya ichidagi pul mablag’larining ko’payishiga sabab bo’ladi. Qayta hisoblashlarning oldini olish maqsadida bir qator muomalalar bo’yicha bartaraf qilish yoki tuzatish usullaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bosh korxona va sho’’ba korxona o’rtasidagi operatsiyalar bo’yicha takroriy hisoblashni inkor etish maqsadida eliminlash (chiqarib tashlash) usuli ishlatiladi.
Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, eliminlash faqat konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotni tayyorlash paytida ishlatiladi va u bosh korxona hamda sho’’ba korxonaning hisob registrlarida aks ettirilmaydi. Hech qanday konsolidatsiyalashgan hisobot registrlari yuritilmaydi. Guruh ichidagi qoldiq va muomalalar hamda foydalanilmay qolingan foyda natijasida yuzaga kelgan muomalalarning barchasi butunlay hisobdan chiqarilishi lozim.
Agar konsolidatsiya paytida ishlatilgan moliyaviy hisobotlar har xil hisobot sanalariga tayyorlangan bo’lsa, unda mavjud muomalalar va boshqa ushbu hisobot sanalari hamda bosh korxonaning moliyaviy hisoboti sanasi orasidagi davr ichida bo’lib o’tadigan, xo’jalik faoliyatining voqealari natijalariga tuzatish kiritilishi lozim. Lekin har qanday holatda ham hisobot sanalari o’rtasidagi farq muddati uch oydan ortiq bo’lmasligi lozim. Konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlarni yagona hisob siyosatini qo’llagan holda tayyorlash lozim. Agar konsolidatsiyalangan hisobotlarni tayyorlashda yagona hisob siyosatini qo’llashning imkoniyati bo’lmasa, bu holat boshqa hisob siyosati qo’llanilgan hisobotning qismlari bo’yicha yoritib berilishi lozim.
Ozchilik ulushi konsolidatsiyalangan balans hisobotida majburiyatlardan hamda bosh korxonaning aktsionerlik kapitalidan alohida holda ko’rsatilishi lozim. Guruh daromadida ham kamchilik ulushi alohida ko’rsatiladi. Ammo ba’zi hollarda, ya’ni bosh va sho’’ba korxonalarning faoliyat yo’nalishlari butunlay boshqa bo’lsa, konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlar tayyorlanmaydi. Masalan, bank aktsiyalariga ega savdo-sotiq kompaniyasi, ishtirok etish ulushi 60%dan ko’p bo’lsa, o’z hisobotini bank hisoboti bilan birlashtirmaydi. Bosh korxonaga ayrim chegaralanishlar belgilangan holatlarda ham konsolidatsiyalangan moliyaviy hisobotlar tuzilmaydi. Bankrotlik arafasida turgan sho’’ba korxonalar ma’lumotlari odatda konsolidatsiyalashgan hisobotlarga kiritilmaydi.
Bosh korxonaning balans hisobotidagi «Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar» moddasini bosh va sho’’ba korxonalar orasidagi o’zaro munosabat natijalariga yaxshi bir misol o’rnida keltirish mumkin. Investitsiyalarning hisoblanishi konsolidatsiyalashgan balansda yana kamaytirilmasligi uchun bu moddalar tuzatilishi lozim. Konsolidatsiyalashgan balansni tuzish uchun bosh va sho’’ba korxonalarning balanslarini ko’rib chiqamiz:

Balans moddalari

Bosh korxona

Sho’’ba korxona

Pul mablag’lari

200000

50000

Boshqa aktivlar

1520000

120000

Jami aktivlar

1720000

170000

Kreditorlar

120000

20000

Aktsiyadorlik kapitali



Oddiy aktsiyalar, nominal qiymati 10 dollar

1200000

110000

Reinvestitsiyalangan foyda

400000

40000

Jami passiv va kapital

1720000

170000

Faraz qilaylik, bosh korxona kompaniyaning to’liq balans qiymatiga mos narxda, sho’’ba korxonadan 100% aktsiyalarini sotib olmoqda. Sho’’ba korxonaning balans qiymati 150000 (170000 - 20000) dollarni tashkil etadi. Ushbu muomala bosh korxonaning buxgalteriya hisobotida quyidagicha ko’rsatiladi:
Debet 0610-«Qimmatli qog’ozlar» - 150000 AQSh dollari
Kredit 5010-«Kassa» - 150000 AQSh dollari.
Konsolidatsiyalashgan balans to’ldirish uchun ishchi jadval:










Tuzatish




Moddalar

Bosh korxona balansi

Sho’’ba korxona balansi

yozuvlari

Konsolidatsiyalashgan balans

Debet

Kredit

Pul mablag’lari

50000

50000



100000

Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar

150000



150000


Boshqa aktivlar

1520000

120000



1640000

Jami

1720000

170000



1740000

Kreditorlar

120000

20000



140000

Oddiy aktsiyalar, nominal qiymati 10 dollar

1200000

110000

110000


1200000

Reinvestitsiyalashgan foyda

400000

40000

40000


400000

Jami

1720000

170000

150000

150000

1740000

Konsolidatsiyalashgan balans tayyorlashda sho’’ba korxonaga qilingan investitsiyalarni hisobdan chiqarish kerak. Bu xo’jalik muomalasi «Tuzatish yozuvlari» ustunida ko’rsatilgan. Konsolidatsiyalashgan balansni tayyorlaganda tuzatish yozuvlarini qo’llash aktiv va aktsionerlik kapitali hisobvaraqlarini qayta hisoblashning oldini oladi. Konsolidatsiyalashgan hisobotda keltirilgan aktsionerlik kapitalining qiymati bosh korxonaning aktsionerlik kapitali qiymatiga tengdir. Sho’’ba korxonaga qo’yilgan investitsiyalar qiymati chiqarib tashlangach va sho’’ba korxona aktsionerlik kapitalining hajmi tuzatilgandan keyin avvalgi ma’lumotlarni quyidagicha ko’rsatish mumkin:

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin