Byomening butun hayoti qashshoqlikda o‘tgan. U bir necha falsafiy asarlar muallifi:
«
Avrora» (1612), «Uch ibtido haqida» (1619), «Ilohiy mushohadalarga chorlovchi
bebaho darvozalar» (1622), «Ilohiy mujdalar», «Zaminiy va osmoniy sirlar haqida»
va
boshqalar.
Yakov Byome 1624 yilda sayohatga chiqadi va bezgak kasaliga uchrab, qishlog‘iga
qaytishga majbur bo‘ladi. Oradan ko‘p o‘tmay vafot etadi. U o‘limidan bir necha soat
avval o‘g‘lini huzuriga chorlaydi va undan: «Senga ham ajoyib musiqa eshitilayaptimi?»
— deb so‘raydi. «Yo‘q», — degan javobdan so‘ng eshikni ochib qo‘yishni buyuradi-da,
soat necha bo‘lganini surishtiradi. Soat ikkiga yaqinlashib qolganini eshitib: «Yo‘q, hali
mening vaqtim kelgani yo‘q, yana uch soatlik umrim bor», — deydi. Soat millari beshga
bong urganda esa faylasuf yaqinlariga: «Endi men jannatga yo‘l olaman», — degan
so‘nggi so‘zlarini aytadi-yu, jon beradi.
* * *
Yovuzlikning ezgulikka aylanishi qanchalar oson bo‘lsa, ezgulikning yovuzlikka aylanishi ham
shunchalar oson.
* * *
Sirlar kitobida insonning o‘zi ham bor. Inson barcha mohiyatlar jo bo‘lgan bir kitobdir. U buyuk
sirlarni o‘zida pinhon aylagan ilohiy mavjudotdir.
* * *
Qarama-qarshiliksiz hech narsa yuzaga chiqmaydi. Zero, ko‘zguning bir tomoni qora bo‘lmas ekan,
unda hech narsaning aksi ko‘rinmasligi kundek ravshan. Bas, shunday ekan, aytish mumkinki,
qarama-qarshilik tenglikning bir ko‘rinishidir.
* * *
Yovuzlik – o‘z-o‘ziga dushmanlik, to‘xtovsiz ravishda o‘zlikdan qochishga undovchi bezovtalik
ibtidosi.
* * *
Yaratuvchini tabiatdan ayri holda mavjud deb tushunmaslik kerak. Tabiat va Yaratuvchi tan va ruh
kabidir.
* * *
Olov yoqilganda biz ikki mohiyatni anglaymiz. Ularning biri – olovning o‘zi, boshqasi esa uning
yog‘dusidir. Biz Parvardigorni ham shu yo‘sinda anglashimiz joiz.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
151
* * *
Men olamning ko‘z ilg‘amas teranliklarini tahlil qildim. Quyoshni, yulduzlarni, bulutlar, yomg‘ir va
qorni kuzatdim. Fikran bu olamning yaralishini tasavvur qildim. Shu tariqa ezgulik va yovuzlik nafaqat
insonlar va jonivorlarga, balki ongsiz moddiyatga ham xosligini anglab yetdim.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: |