www.ziyouz.com кутубхонаси
152
TOMAS GOBBS (1588-1679)
Ingliz faylasufi Tomas Gobbs Angliyaning janubidagi Vesport qishlog‘ida tug‘ilib o‘sdi. Uning onasi sodda dehqon ayoli, otasi ruhoniy edi. Tomas 15 yoshida Oksford dorilfununiga o‘qishga kirdi va ikki yildan so‘ng uni bitirib, mantiq ilmidan ma’ruza qila boshladi. 1608 yilda u Uilyam Kavendishning o‘g‘liga murabbiylik qiladi. Gobbs 1610 yildan boshlab uch yil davomida Farangiston va Italiyada yashaydi. 1613 yilda u siyosatchi va faylasuf Frensis Bekonga kotiblik qiladi. 1636 yilda faylasuf Italiyaga jo‘naydi va u yerda Galiley bilan uchrashadi. Tomas Gobbs handasa ilmini juda katta qiziqish bilan o‘rgangan. Uning quyidagi asarlari ma’lum: «Falsafa asoslari» (1640-1658), «Fuqaro haqida» (1642), «Jism haqida» (1655), “Inson haqida” (1658), “Leviafan” (1658). 1646 yilda Gobbs Karl I ning o‘g‘li shahzoda Uelsskiyga (bo‘lg‘usi Karl II) riyoziyotdan saboq bera boshlaydi. Faylasufning atrofida uni ko‘rolmaydiganlar ko‘p edi. Shu bois Tomas Gobbsni keksaygan chog‘ida dahriylikda ayblaydilar. Uning «Fuqaro haqida» va «Leviafan» nomli kitoblari ruhoniylar tomonidan taqiqlangan adabiyotlar ro‘yxatiga kiritiladi. Gobbs so‘qqaboshlikda hayot kechirgan. * * *
Men taqdirning og‘ir zarbasiga dosh beraman va nolimayman. O’zim tanlagan yo‘ldan olg‘a borish
vositasida hasadgo‘ylardan o‘ch olaman.
* * *
Har qanday o‘zgarish harakat demakdir.
* * *
Haqiqat va yolg‘on aslida narsalarning emas, so‘zning mohiyatiga xos xususiyatdir. So‘z yo‘q joyda
haqiqat ham, yolg‘on ham bo‘lmaydi.
* * *
Insonning tabiatida urushqoqlikning uchta sababi muhrlangan: raqobat, ishonchsizlik,
shuhratparastlik.
* * *
Ezgulik va illatlarni o‘lchovchi umumiy mezon faqat davlatda mavjud bo‘ladi. Har bir davlatning
qonunlari ana shu mezon vazifasini o‘taydi.
* * *
Davlatning qandayligi haqida xulosa chiqarish uchun avvalo odamlarning axloqi, qiziqishlari va fe’l-
atvorini o‘rganish joizdir.
* * *
Tabiiy qonunlar o‘zgarmas va mangudir. Inson tabiatiga xos tabiiy qonunlarning soni 12 ta:
1. Shukronalik. 2. Adolatlilik. 3. O’zaro yon bosish va iltifot. 4. Kechirimlilik. 5. Ezgu kelajak haqida
o‘ylar. 6. Haqoratga dosh berolmaslik, mag‘rurlik. 7. Xolislik. 8. Buyumlardan foydalanishdagi tenglik.
9. Qur’aga ishonish. 10. Egalik huquqi. 11. Hakamga itoat etish. 12. O’ziga o‘zi hakamlik qilolmaslik.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
153
Narsalar haqidagi esdalik va xotiralar yig‘indisi tajriba deb ataladi.
* * *
Sezgi «nima?» degan so‘roqqa javob beradi.
* * *
Hayratga moyil odamlar yoki juda kam biladilar, yoki o‘zgalardan ko‘ra aqlliroqdirlar.
* * *
O’z jonini saqlashga tirishish – eng buyuk ezgulik. Tabiat in’omini qarangki, hamma o‘ziga faqat
yaxshilik istaydi.
* * *
Muhtojlik ahmoqlikdan afzalroqdir.
* * *
Erkinlik va zaruriyat doimo birgalikda mavjuddir. Masalan, daryo suvi erkin oqadi. Lekin u o‘zandan
chiqmaslik zaruriyatiga bo‘ysunadi. Shunga ko‘ra, aytish mumkinki, barcha ixtiyoriy harakatlar aslida
majburiydir.
* * *
Xatoga yo‘l qo‘yish uyat emas. Yanglishish hamma odamlarga xos xususiyat. Lekin olimlar imkon
qadar xato qilmasliklari joiz. Adashish ularning vazifasiga zid ishdir.