Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
162
Aqlli va yoqimli suhbatdoshlarning tanqisligi sabablaridan biri ko‘pchilik odamlarning o‘zgalar fikriga
emas, o‘z shaxsiy mulohazalariga javob izlashlaridadir.
* * *
Buyuk odamlarning shuhrati doimo ularning bu maqomga erishishda qanday vositani qo‘llagani
bilan o‘lchanmog‘i lozim.
* * *
Buyuk odamlarning nuqsonlari ham buyukdir.
* * *
Boshqalarsiz yashay olaman deguvchilar katta xatoga yo‘l qo‘yadilar. Lekin mensiz hech kim hech
narsa qilolmaydi deguvchilar undan ham ko‘proq adashadilar.
* * *
O’zgalarning ishiga aralashib donolik ko‘rsatmoq, shaxsiy muammolarni donolik bilan hal etishdan
ko‘ra osonroqdir.
* * *
Aldanishning eng oson yo‘li o‘zni boshqalardan ayyorroq deb hisoblashdadir.
* * *
Ko‘pincha sotqinlikka atayin qo‘l urilmaydi. U ojizlik tufayli sodir etiladi.
* * *
Odamlarning ustimizdan hukmronlik qilishiga qarshilik ko‘rsatishdan ko‘ra, ularning ustidan hukm
yuritish osonroqdir.
* * *
Yolg‘iz o‘zimizgagina ayon xatolarimizni tez unutamiz.
* * *
Ba’zi odamlar qo‘shiqqa o‘xshaydi: ular tezda e’tibordan qolishadi.
* * *
Doimo hammadan aqlliroq bo‘lish istagidan ko‘ra ahmoqona xohish yo‘q.
* * *
Chaqqonligini o‘zgalar nazaridan yashirishga qodir odamlarni haqiqiy epchil deb atash mumkin.
* * *
Saxiylik zamirida ko‘pincha in’om etilayotgan narsadan ham qadrliroq shuhratparastlik yotadi.
* * *
Ko‘nglimiz qolgan odamni qayta sevolmaymiz.
* * *
Hukmdorlarni o‘zlarida yo‘q fazilatlar bilan maqtash ularni haqoratlash bilan tengdir. Odatda
bunday haqorat jazosiz qoladi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
163
* * *
Insonning qalbi va aqli ham xuddi ona tili kabi Vatan timsolidir.
* * *
Muvaffaqiyatsizlikka uchragan har qanday maqsad o‘z jozibasini yo‘qotadi.
* * *
Biz o‘zimizni qanchalik og‘ir sharmandalikka duchor etmaylik, sha’nimizni oqlash imkoniyati deyarli
har doim saqlanib qoladi.
* * *
Bir odamni anglashdan ko‘ra, ko‘pchilikni tushunish osonroqdir.
* * *
Dushmanlarimizning biz haqimizdagi fikrlari o‘zimizning bu haqdagi mulohazalarimizga nisbatan
haqiqatga yaqinroqdir.
* * *
Agar tomonlardan faqat bittasi aybdor bo‘lganda, odamlar o‘rtasidagi nizo bunchalar uzoq
cho‘zilmasdi.
* * *
O’zimiz saqlay olmagan sirni ochmaslikni boshqalardan qanday talab qilish mumkin?
* * *
Biz aslida nima istayotganimizni hech qachon oxirigacha tushuna olmaymiz.