Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
158
namoyon qil.
* * *
Ortiqcha qaysarlikdan o‘zingni tiy! Zotan, po‘rtaxolni to‘xtovsiz ezsang, taxiri chiqadi. Iste’dodni
behuda sarflamoq esa uning tez so‘nishiga olib keladi.
* * *
Hech qachon o‘z haqingda gapirma! Chunki yo o‘zingni maqtashga, yoxud yomonlashga to‘g‘ri
keladi. O’zi haqida so‘zlamoqlik aqlga qarshi ish tutmoqlikdir. Bundan tashqari sen tinglovchini ham
zeriktirib qo‘yasan.
* * *
Davr bilan hamnafas yasha. Juda bilimdon bo‘lgan taqdiringda ham zamonga qarab ish tut. Yillar
o‘tib borar ekan, qarashlar ham, urflar ham o‘zgaradi. Eskicha fikrlashdan qoch. Zamona zayliga
moslash.
* * *
Hayot – o‘yin.
* * *
Yakka qolib, dono bo‘lgandan ko‘ra, ko‘pga qo‘shilib ahmoq bo‘lgan afzalroq.
* * *
Dono kishi hammani qadrlaydi. Chunki u har bir odamning yaxshi tomonini ko‘ra oladi.
* * *
Qilmish – fikrlar mevasi. Yaxshi fikr yaxshi amal demakdir.
* * *
Nutq – amalning soyasi.
* * *
Qasos olishning eng yaxshi yo‘li – unutish. Unutishdan dushman o‘zining nochor, arzimas bir kimsa
ekanligini anglab, kuyib kul bo‘ladi.
* * *
Ikki narsa insonni tez ado qiladi: biri – ahmoqlik, ikkinchisi – axloqsizlik. Ba’zilar umrni asrashni
bilmagani bois, ayrimlar esa buni istamaganlari uchun halokatga yuz tutadilar.
* * *
Yo‘ling oydin bo‘lmasa, dono va ehtiyotkor odamlarning etagidan tut. Ular ertami-kechmi seni
to‘g‘ri yo‘lga olib chiqadilar.
* * *
Insonga yigirma yoshida tuyg‘ular, o‘ttizida iste’dod, qirqida aql-zakovat hukmronlik qiladi.
* * *
Gap kirishingda seni olomon olqish bilan qarshi olishida emas, balki ketishingdan qayg‘uga
tushishidadir.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
159
* * *
G’ayrat bilan omixta o‘rtachalik hafsalasizlik bilan yo‘g‘rilgan iste’doddan ko‘ra ko‘proq naf keltiradi.
* * *
Ishonch beg‘amlikka aylanmasligi uchun yengil ishga ham og‘ir ish deb qara. Ishonchsizlik
qo‘rqoqlikka aylanmasligi uchun esa mushkul ishga yengil ish deb qara.
* * *
Ehtirosning ko‘zi ko‘r. U nimaga teginmasin, hamma narsani o‘z rangiga bo‘yaydi. Taassurot
uyg‘otish – uning uchun eng asosiy narsa.
* * *
Tomoshabin o‘yinchidan ko‘proq narsani ko‘ra oladi.
* * *
Har qanday davomiylik taraqqiyot bo‘lolmaydi.