Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
157
yo‘l topish uchun kerakli vositani qo‘lla.
* * *
Zaruriyat tug‘ilganda o‘zingni chetga olishni ham bil. Olamda behuda mashg‘ulotlar ko‘p… Lekin
hech ish qilmagandan ko‘ra, behuda ish bilan mashg‘ul bo‘lgan ham yaxshiroq. Aqlli odam hech
kimning ko‘ngliga urmaydi. Shuningdek, u o‘zgalardan bezor bo‘lmaslikning g‘amini ham yemog‘i joiz.
Hammaga tegishli odamning ixtiyori o‘zida bo‘lmaydi. O’zingni hatto do‘stlardan ham chegaralay bil.
Ulardan imkoniyatidan ortiq hech narsa talab qilma. Haddan oshmoqlik, ayniqsa, odamlar bilan
muomalada me’yorni saqlay bilmaslik hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi.
* * *
Munosib ravishda chekina bilish mardonavor hujum qilish kabi muhimdir. Maqsadingga
erishgandan so‘ng o‘zingni to‘xtata bil. Omad ustiga omad kelaverishi shubhalidir. Omadning ketidan
quvish oqibatida avval erishgan hamma narsangni boy berib qo‘yishing hech gap emas. Ba’zan
shunday bo‘ladiki, omad senga qisqa fursatli, ammo buyuk marhamat ko‘rsatadi. Lekin baxti chopgan
odamni doimo kaftida ko‘tarib yurish bir kun kelib omadning ham joniga tegadi.
* * *
Kutishning hadisini ol. Aqlingga bo‘ysunib, sabr bilan ish tutsang, omad senga peshvoz chiqadi.
* * *
O’zligingni birvarakayiga namoyish etma. Aks holda, ertaga hech kimni hayratga sololmaysan. Shu
bois odamlarga har kuni biror yangilik hadya etish uchun nimanidir o‘zingda olib qol. Atrofdagilar
bunday odamdan ko‘p narsa kutadilar va hech qachon uning xazinasi tagiga yetolmaydilar.
* * *
Ustunlik — birinchilikda. Ikkinchi bo‘lgan qanchalik ter to‘kmasin, hech qachon taqlidchi degan
tamg‘adan qutulolmaydi. Donolar yangilik yaratib, qahramonlar ro‘yxatidan o‘rin oladilar. Ba’zilar
birinchi qatorda ikkinchi bo‘lgandan ko‘ra, ikkinchi qatorda birinchi o‘rinni egallashni afzal ko‘rishadi.
* * *
Rad etishni bil. Hech qachon keskin rad javobini berma – bu sadoqat uzvlarini kesmoq bilan
barobar. Ozgina umid qilishga imkon qoldir. Bu umid raddiya alamini kamaytiradi. Iltifot kemtik
muruvvatning, yaxshi so‘z bajarilmay qolgan ishning o‘rnini to‘ldiradi.
* * *
Qat’iyatli bo‘l. Inson baxt yulduziga ishonib, qat’iyat bilan ishga kirishmog‘i lozim. Bilgilki, ko‘lmak
suv tez ayniydi, oqar suv esa doim zilol va beg‘ubordir.
* * *
Chap bermoqni o‘rgan. Yo‘l topa bilish aqlli kishilarning ishidir. Ular o‘rinli va ajoyib bir hazil bilan
har qanday qiyin va noqulay vaziyatdan chiqib keta oladilar. Bir tabassum bilan maqsadga yetib,
ayovsiz bahsdan omon chiqadilar. Ba’zan esa o‘zini tushunmaganlikka solishdan ko‘ra aqlliroq yo‘l
qolmaydi.
* * *
Doimo yangilanish sari odimla! Eng a’lo narsa ham eskiradi, shu bilan bir qatorda shon-shuhrat
ham. Odat – hayratning kushandasi. Bas, shunday ekan, har jabhada – imkoniyat, g‘alaba, mardlik
bobida o‘zingni yangidan ko‘rsat. Xuddi quyosh yanglig‘ yangi-yangi betakror jilva qilib, o‘zingni