www.ziyouz.com кутубхонаси
160
FRANSUA DE LAROSHFUKO (1613-1680)
Farangistonlik faylasuf gertsog Fransua de Laroshfuko qirol xonadoniga qarindoshlik rishtalari bilan bog‘langan kiborlar oilasida tug‘ilib o‘sdi. Laroshfukoning bolalik yillari Anumua muzofotining Vertey qal’asida joylashgan ota mulkida o‘tgan. Oilaning to‘ng‘ich farzandi (farzandlar jami 12 nafar edi) bo‘lgani uchun uni otasining ismi bilan, ya’ni shahzoda Marsiyyak deb atashgan. Fransua 15 yoshida uylangan va 8 ta farzand ko‘rgan. Laroshfuko 27 yoshida Parijga keladi va qirolicha Anna Avstriyskaya tomonida turib, uning g‘animi kardinal Rishelega qarshi saroy fitnalarida qatnashadi. 1648-1652 yillarda Laroshfuko farang aslzodalari (Fronda)ning qirol hukumatiga qarshi isyoniga boshchilik qiladi. Bu g‘alayondagi ishtiroki Laroshfukoga odamzotga doir yangi haqiqatlarni anglab olishiga yordam beradi. 1664 yilda uning «Maksimalar yoki axloqiy mushohadalar» («maksima» lotincha asosiy qoida, degan ma’noni anglatadi) nomli mashhur kitobi nashr etiladi. Bundan tashqari uning quyidagi asarlari ma’lum: «Shahzoda de Marsiyyak madhiyasi» (1649 y), «Laroshfukoning o‘z portreti» (1658 y), «Esdaliklar» (1662 y). Laroshfukoning o‘zi tan olishicha, u aksariyat hikmatli so‘zlarni g‘azab otiga minib, bekor o‘tirgan chog‘larida yozgan. Faylasufning fe’l-atvori shu qadar tushkunlikka moyil bo‘lganki, uning kulganini yil davomida atigi bir yoki ikki marta ko‘rishgan. Lev Tolstoy Laroshfukoning hikmatli so‘zlar to‘plami bilan tanishgach, shunday deb yozgandi: «… Garchi bu kitobda birgina haqiqat – izzattalablik inson xatti-harakatining harakatlantiruvchi kuch degan g‘oya ilgari surilgan bo‘lsa-da, muallifning turlicha