Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/184
tarix03.10.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#151940
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   184
Saida Jo\'rayeva. Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf

www.ziyouz.com
кутубхонаси
113
AL-MAARRIY ABUL ALA 
(979-1057)
Al-Maarriyning asl ismi Ahmad bo‘lib, Suriyaning Maarra shahrida tug‘ilib o‘sgan. 
Ahmadning otasi qozilik vazifasida xizmat qilgan. Ahmadda go‘daklik chog‘idanoq noyob 
qobiliyatlar namoyon bo‘la boshlagan. U uch yoshida o‘qishni o‘rganib, she’rlar yod 
olgan, to‘rt yoshida chechak kasaliga chalinib, ko‘zlari ko‘rmay qolgan. Al-Maarriy 20 
yoshga yetganda deyarli barcha fanlarni puxta egallagan, bir nechta falsafiy hamda 
she’riy asarlar to‘plamini yaratib ulgurgan. Ahmaddagi iste’dod va haqiqatsevarlik uni 
poytaxtga — Bag‘dod shahriga yetaklaydi. Maarriy bir do‘stiga yozgan maktubida 
shunday degandi: «Qasam ichib aytamanki, Bag‘dodga men boylik orttirish va mashhur 
kishilar bilan uchrashish uchun kelmadim. Men bu ilm mehvariga kelib, uning o‘zim 
uchun noma’lum durdonalaridan bahramand bo‘lishni orzu qilgandim». Ahmad tez orada 
o‘z ijodi bilan Bag‘dodda shuhrat qozondi. 
Uning asarlarini odamlar qo‘lma-qo‘l qilib o‘qiy boshladilar. Qisqa fursatda iste’dodini 
munosib qadrlovchi do‘stlar orttirdi. Shoir 79 yoshida vafot etdi. Uning o‘limidan chuqur 
qayg‘uga botgan 84 nafar shoirlar marsiyalar, g‘azallar bitishdi. Hozirgi kunda Al-
Maarriyning qabri ustida maqbara bunyod etilgan. Hanuz bu yerdan odamlarning qadami 
uzilmaydi. 
* * * 
Ko‘pchilikka mavjudlikning ma’nosini qabr anglatadi. Meni esa hayotsevarlik xarob qildi. 
* * * 
Ehtiroslarni kim jilovlay bilar, 
Davru davron osha bizni yetaklar. 
* * * 
Ba’zan yaqinlaring ham begonalar kabi qalbingni yaralaydi. Shunday damlarda Allohdan madad 
kut. 
* * * 
Xotirjamlik yor bo‘lgan kishilarga hech qachon havas qilma. Zero, ularning umri ham 
chegaralangan va biz hammamiz tasodiflarga bo‘ysunamiz. 
* * * 
Yaxshilik qilish qanchalik qiyin bo‘lsa, tubanlikka yuz tutish shunchalar oson. 
* * * 
Bir paytlar qalbimga oltindan tamg‘a qo‘ydim, 
Bugun sukut saqlashni men oltinga yo‘ydim. 
* * * 
Aqliga umidsizlik soya tashlagan odam o‘tkinchi narsadan imkon izlaydi. 
* * * 
Tilanganga so‘nggi tangangni bergil, 
Berganing olamni aylanar, ko‘rgil. 
* * * 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com
кутубхонаси
114
Bizga ne atalgan aytib bo‘lmag‘ay, 
Toki taqdir yuki ustun kelmag‘ay. 
* * * 
Farzand ko‘rdim deb, uni o‘limga yuzlatar, 
Farzand noqobil bo‘lib, bir umr bo‘zlatar. 
* * * 
Laganbardor, xushomadgo‘y bo‘lsa kim, 
Do‘stlikni tovoqda keltirurlar jim... 
* * * 
Taqdir, menga do‘st bo‘laqol, deb bo‘lmas, 
U senga hech qachon o‘grilib kulmas. 
* * * 
Ey muqaddas zamin, yig‘la, yig‘i kelganda, 
Qashshoqlar haqorat... boy sharmanda qilganda. 
* * * 
Tilini tiysa kim bezgaklikda ham, 
Baxt unga tez kunda bo‘lg‘usi hamdam. 
* * * 
Xatolaring oyog‘ing ostida qumdir. 
O, tavba-tazarruga yetarmi umr... 
* * * 
Men insoniy axloqning asl mohiyatini anglab yetdim. Bu qimmatbaho ne’mat sukut saqlamoqlikdir. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin