www.ziyouz.com
кутубхонаси
99
NAGARJUNA
(Taxminan 113-213 yillar)
Nagarjuna Qadimiy Hindistonning Kucha shahrida istiqomat qiluvchi aslzoda
xonadonlarning birida dunyoga keldi. U to‘qqiz yoshidan boshlab Shimoliy Hindiston,
Qashqar, Yorkent hamda Kucha shaharlarida budda aqidalari va ta’limotidan saboq oldi.
Nagarjuna yoshlik chog‘ida Kashmir-Gandxar viloyatidagi ibodatxonada rohiblikni
qabul qiladi.
Shunisi qiziqki, bir nechta tarixiy shaxslar — turli oqimga mansub faylasuflar,
afsungarlar, kimyogarlar, hakimlar va ba’zi qo‘lyozma asarlar mualliflari o‘zlarini
Nagarjuna deb atashgan.
Afsuski, hanuzgacha «Birinchi Nagarjuna kim edi, u hayotiy shaxsmi yoki afsonaviy
timsolmi?» — degan savolga oydinlik kiritilmagan.
Ba’zi taxminlarga qaraganda birinchi Nagarjuna Hindistonning janubida faoliyat
ko‘rsatgan.
Nagarjuna g‘ayritabiiy ruhiy imkoniyatlar sohibi bo‘lish bilan bir qatorda fanning
kimyo, tabobat, ilmi nujum, tabiatshunoslik, ma’danshunoslik kabi sohalarini puxta
egallagandi.
U umrining ko‘p qismini sayyohlikda o‘tkazgan. Manbalarda yozilishicha, u muhabbat
ilmi va yosharish san’atiga oid qator qo‘lyozmalarning muallifidir.
Nagarjuna «ilm g‘ildiragini ikkinchi bor burab yuborgan» donishmand sifatida
«Ikkinchi Budda» deb atalgan.
* * *
Bu dunyoda «paydo bo‘lish» degan tushuncha yo‘q. Chunki mutlaq yangi narsani anglab ham,
tushunib ham bo‘lmaydi. Chindanam har qanday «yangilik» «eski» narsalar qatoridagi yoki
«eskilik»dan yaralgan voqelikdir. Endi ayting-chi, «eskilik»dan yaralgan narsani «yangilik» deb atash
mumkinmi? Axir, u doimo mavjud bo‘lgan-ku?
* * *
O’limning muqarrarligi va jon taslim qilish azobini ko‘rganingizda tiriklik halovatiga erishish uchun
yovuzlik qilmaslik zarurligini anglang.
* * *
Mehribon, maslahatgo‘y ustozlarni ular nimalardan voz kechganlariga qarab ajratib olish mumkin.
Ulardagi shukronalik, hamdardlik, axloqiylik va qalban his etish g‘am-g‘ussaning yo‘lini to‘suvchi
vositalardir.
* * *
Boyligingni huzur-halovat yo‘lida sarflasang, bu dunyoda farog‘atga erishasan. Agar uni xayr-
ehsonga sarflasang, u dunyoda — o‘limingdan so‘ng rohatini ko‘rasan. Demak, azob-uqubat huzur-
halovatga erishish yoki xayr-ehson qilishning imkoni yo‘qligi tufayli paydo bo‘ladi.
* * *
Saxiylik va axloqiylikdan atrofingdagilar foyda olsa, sabr-toqat va qat’iylik o‘zingga manfaat
keltiradi.
* * *
Taomni noto‘g‘ri tanlab, bemavrid tanovul qilgan odam halokatga yuz tutadi, to‘g‘ri ovqatlanish
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
100
evaziga esa umruzoqlik, salomatlik, kuch-quvvat va huzur-halovatga erishadi. Ilm olish jarayonini
ham shunga qiyoslash mumkin. Ya’ni, ilmsiz kishilarning halokatga uchrashlari muqarrar, ilm egalari
esa ma’rifatga yuz tutib, rohat-farog‘atda yashaydilar.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: |