Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com
кутубхонаси
102
* * *
Har bir narsaga yuzaki nazar tashlab quvonishdan saqlaning.
* * *
Biror narsa haqida so‘zlashayotganingizda, fikr yuritayotganingizda va
biror ishni bajarish
chog‘ingizda o‘zingizni har bir lahza hayotingizning so‘nggi oni bo‘lishi mumkindek tuting.
* * *
Eng uzoq umrning eng qisqa umrdan sira farqi yo‘q. Hech kim o‘tmishdan ham, kelajakdan ham
ajrala olmaydi.
* * *
Sharoit sendan nimani talab qilsa, shuni bajar. Aflotun respublikasini tuzaman deb behuda urinma.
Olg‘a bosgan birgina qadamingdan ham shod bo‘l. Kim insonlarning fikrlash tarzini o‘zgartirishga
qodir? Bunday o‘zgarishlarsiz qullik, ohu nola va munofiqlik bilan bo‘yin egishdan o‘zga
narsaga
erishib bo‘lmaydi.
* * *
Mark Avreliy hayotining so‘nggi kunlarida: «Tez orada sen hamma narsani unutasan va o‘z
navbatida seni ham hamma yodidan chiqaradi», — deb yozib qoldirgan.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: