Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
321
Xusho mayxonakim,
Jamshid ila jomidin afzundur,
Malomat dayrining har qaysi rindi durd oshomi.
Mening dinimni soldi dayr tufrog‘ig‘a bir tarso
Ki, yo‘q tufrog‘cha ollida taqvo ahli islomi.
Skandar ko‘zgusiyu jomi Jam ichra ko‘r, ey shahkim,
Seni go‘r og‘zig‘a tortar kamandi sayd Bahromi.
Navoiy bir quyosh hajrida o‘zni barqrav kilmish,
Ne tong, gar sayr vaqti olami sayr etsa har gomi.
631
Har o‘qi
kelsa meni zor sari,
Yuz duom o‘qi borur yor sari.
Chun ko‘ngul yoradur, jonim ham,
Kosh azm aylasa dildor sari.
Sitamidin qocha olmonki, borur
Ko‘nglum ul sho‘xi sitamgor sari.
Ey Masihim, o‘ladurmen,
bir dam
Qadam et ranja bu bemor sari.
Bodai hajrdin ar yetsa xumor,
Azm qil kulbai xammor sarn.
Ko‘zunga istamasang gardi alam,
Boqma bu gunbadi davvor sari.
Zaxmlarning asari qonidin
Boqa olmon tani afgor sari.
Qo‘rgali dayrda ul mug‘bachani,
Bo‘lmisham shifta zunnor sari.
Jonni jonong‘a, Navoiy, topshur,
Yorni yetkurako‘r yor sari.
632
Aningdek buzmamish gardun meni
majnuni shaydoni
Ki ming davr o‘ziga evrulsa, topqay to‘zmak imkoni.
Falak a’zam, dog‘i men ahqar o‘ldum ofarinishdin,
Mening qaddimg‘a zolim ishq paydo aylamish oni.
Erur bu turfakim, ishqi baloangiz har soat
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: