www.ziyouz.com kutubxonasi
318
Soldi tig‘i furqating bag‘rimg‘a andoq chokkim,
Bag‘ri bo‘lg‘ay chok-chok, ulkim ko‘rar ul chokni.
Hajr o‘ti jonimg‘a ortuqdur, anga bas bir sharar,
O‘rtamak do‘zax bila ya’ni ne bir xoshokni.
Otlanibtur mast ko‘nglokchan, chekib tig‘i jafo,
To ne o‘t solg‘ay jahong‘a, ko‘rgil ul bebokni.
Ishq o‘ti birla ko‘ngul su birla ko‘zni qildi pok,
Pok manzillarda mehmon qilg‘ali ul pokni.
Dayr aro davron g‘amidin qochmisham, ey mug‘bacha,
Bir mug‘ona jom ila shod ayla bu g‘amnokni.
Boda birla yung Navoiyni, xumor etsa halok,
Bog‘langiz tobuti uzra naxli bargi tokni.
625
Ne o‘qkim, jismi uryonimg‘a otti,
Tanimg‘a tortibon, jonimg‘a otti.
Hadangekim, nihoni otti ul ko‘z,
Hadafdek dog‘i pinhonimg‘a otti.
Tikan jonimg‘a urdi gulshan ichra
Raqib, ul gulki, jononimg‘a otti.
Ne ko‘nglum qoldi, ne bag‘rim yarasiz,
Falak toshiki, har yonimg‘a otti.
Sarosar yog‘di boshim uzra tufrog‘,
Qazo toshlarki, vayronimg‘a otti.
Sipehr anjumni ul yanglig‘ki, jola,
Xarob aylarga bo‘stonimg‘a otti.
Navoiy ko‘ngli holin ko‘rdi Majnun,
Junun ta’ni bu nodonimg‘a otti.
626
Menkim itimen, bo‘lsa meni yitkali ori,
Solsa rasanin bo‘ynuma o‘lturgali bori.
Har tong boshi mehrin yuzunga o‘tru tutar charx,
Mashshota kebi bo‘ldi yuzung oyinadori.
Yuz mil yiroq sursa otin, surma masallik
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
319
Oshiq ko‘zini ravshan etar tiyra g‘ubori.
Har kimki, yuzung mehrida jon bersa har aqshom,
Aflok nujumin yorutur sham’i mazori.
Davron elidin kinna yetishkanga ne g‘amkim,
Ham gardishi davron bas aning kiyna guzori.
Zuhd ahli riyosidin o‘lubmen, agar, ey shayx,
Ihyo tilasang, boshla meni maykada sori.
Gar zorlig‘ o‘ltursa Navoiyni, dam urmas,
Chun qilmadi ko‘nglungga asar nolai zori.
627
O‘lturub el, bazmidin ul sho‘x chiqmoq ne edi?
Sarxush o‘lmay ahli majlisdin toriqmoq ne edi?
Va’da gar qilmaydur erdi o‘zga majlis ahlig‘a,
O‘z uyining yo‘lidin umdo oziqmoq ne edi?
Bo‘lsa erdi shammai parvoyi nangu nomdin,
Otlanib badmastlig‘ birla otiqmoq ne edi?
Bo‘lmasa erdi xayoli bir pariyvash vaslig‘a,
Telbadek vayronalar sari siriqmoq ne edi?
Istamas bo‘lsa edi obodi el vayronini,
Sabru hushum qasru ayvonini yiqmoq ne edi?
May isin gar soqiyi davron ravo ko‘rsa manga,
Sa’yilar birla sabu og‘zini tiqmoq ne edi?
Istamas bo‘lsa Navoiy joni chiqmoq, ey rafiq,
O‘lturub el, bazmdin ul sho‘x chiqmoq ne edi?
628
Demang andin xo‘b ko‘ptur, sevma ul xudroyni,
Zuhrag‘a vola netar xurshid birla oyni.
Chun erur parvona sham’i majlis aro volihi,
Naylasun ul mash’ali mehri jahonoroyni.
Chun Skandar o‘ldi hayvon suyi shavqidin, ne sud,
Yetti bahr olmoq, surub raxshi jahon paymoyni.
Husn aro one bo‘lurkim, go‘yiyo andin solur,
Ishq aro kuygan ko‘ngullarga fng‘onu voyni.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: |