Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
324
Ko‘zlaring gar notavondur, sadqa vojibdur anga,
Yuz meningdek notavon har notavonning sadqasi. 
Qomatu qoshing alif, nunikim, ul husn anidur,
Har malohat ahlikim, bor bo‘lsun aning sadqasi. 
Qo‘zlarimning mardumi xoling savodig‘a fido,
Bog‘i umrum gulbuni sarvi ravoning sadqasi. 
Qulni boshtin evurub ozod etarlar, vah, meni,
Boshtin evur, lek ozod etma, joning sadqasi. 
Ting‘asen sargashtalnkdin, ey ko‘ngul, gar bo‘lg‘asen,
Mehrnbonlig‘ bobida nomehriboning sadqasi. 
Bo‘lub ul gul sadqasi, holingni arz etmish sabo,
Ey Navoiy, bo‘lsa yuz joning, saboning sadqasi. 
637 
Tunu kun istama ohimki, mukofot chog‘i 
Dam ila tiyra bo‘lur sham’ dog‘i, ko‘zgu dog‘i. 
Rost bir sham’i kebidurki, to‘bi ol o‘lgay,
Ul sahi qad, yuzi tobiyu xinolig‘ ayog‘i. 
Qosh uza xol biyik yerda bo‘lubtur qorovul,
Aqlu his xaylini urmoqqa qoroqchi qarog‘i. 
Dudog‘ ustida aningdekki, ko‘rungay nuqta,
Xoli ostida hamul nav’ ko‘runmish dudog‘i. 
Xatti jon naqdig‘a arzir, anga, vah, ne nisbat,
Sabzakim, bir diram ermastur aning bir quchog‘i. 
Rishta tobi sanga qayd o‘lsa, ne sud, ey zohid,
Gar Masih ignasi birla esa xirqang yamog‘i. 
Telbarab dedi Navoiyki, qilib erdi halok,
Ishq asrorini ko‘nglida nihon asramog‘i. 
638 
Borg‘il, ey hamdam, har yoni,
Ko‘ngluma itmish, topqil oni. 
Holin so‘rg‘il, ul ham so‘rsa,
Dekim, yo‘qtur sensiz joni. 
Istid’o aylab yondurg‘il,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
325
Kelmas bo‘lsa, de pinhoni. 
Kim, ul dilbar qilmish va’da,
Bu tun bo‘lmoqqa mehmoni. 
Chin deb kelsa, ani emdi
Aylay ko‘ksumda zindoni. 
Soqiy bizni g‘amdin qutqar,
Kelturgil rohi rayhoni. 
Ul oysiz un cheksa Navoiy,
O‘tgay gardundin afg‘oni. 
639 
Falak yetkurmasa yonimg‘a ani, 
Ne g‘am, chun chekmisham jonimg‘a ani. 
Sabo ham loladin qonlig‘ kafan qil,
Chu yopting jismi uryonimg‘a ani. 
Chu g‘unchang shavqi pinhondur ko‘ngulda,
Davo qil dardi pinhonimg‘a ani. 
Pisand etmas chu jannat qasril ul hur,
Falak solg‘aymu vayronimg‘a ani. 
Tushar bag‘rim bila ko‘ngluma yuz rashk,
Qazo yetkursa har yonimg‘a ani. 
Chu qilding naqdi dinim g‘orat, ey ishq,
Yeturgil nomusulmonimg‘a ani. 
Ne sud, o‘lmoq labing yoquti serob,
Chu aylabsen susiz qonimg‘a ani. 
Tarab vasl ahlig‘a mayl etti, ey ishq,
Yevutma baytul-ahzonimg‘a ani. 
O‘lar holin Navoiy ayladi nazm,
Yozing albatta devonimg‘a ani. 
640 
Labing chashmai hayvon, qading ruhi insoni,
Bu obu havo birla birining yo‘q imkoni. 
Qading jilvasi boshlarg‘a yuz ming havo soldi,
Havodin agar jilva qilur sarvi bo‘stoni. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin