Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
104
Ko‘zga bir ham jilva ber, bazmi visolin, ey sipehr,
Vah, necha ko‘z ollida xayli xayolin ko‘rgabiz. 
Ko‘zgu ul yuz jilvagohedur debon qildiq nazar,
Yo‘q bu ma’ni birlakim ul yuz misolin ko‘rgabiz. 
Vasli bazmi ayshi chun elga nasib o‘ldi zarur,
Kim, baliyat jomining ranju malolin ko‘rgabiz. 
Yo‘q, hazin ko‘nglumdin o‘zga yordin bekomu bahr,
Necha ushshoq ichra aning infiolin ko‘rgabiz. 
Ichsalar kom ahli sofi ayshu biz qolsaq tirik,
Dayr aro mayxonaning sing‘an safolin ko‘rgabiz. 
Ey Navoiy, zarrag‘a xurshid vaslindin dema,
Muncha baskim jilvada gohi jamolin ko‘rgabiz. 
202 
Qading tuz, naxli gulzori Eram tuz
Ki, tuz ashyog‘a bo‘lmish soya ham tuz. 
Magarkim, zulfini cheksam tuz o‘lg‘ay,
Yo‘q ersa bo‘lmas oncha pechu xam tuz. 
Sirishkimdin qading mayl etti har yon
Ki, qolmas o‘q havo bo‘lg‘anda nam tuz. 
Ne tong gar tuz chekarmen shu’lai oh,
Kerak chun ishq jayshida alam tuz. 
Muqavvas charx ohimdin xam o‘lmish
Kim, ul o‘qni otarmen dam-badam tuz. 
Riyo yo‘lida gar ko‘p pechu xam bor,
Qadam qo‘ykim, erur dashti adam tuz. 
Bu dayr ichra navoe, ey mug‘anniy,
Navoiy nolasidek zeru bam tuz. 
203 
Ey sanga xunrez mujgonu baloangez ko‘z,
Bizga mujgoning sinoni zaxmidin xunrez ko‘z. 
Fitna ko‘zluklarda yo‘q ermish ko‘zungdek solg‘uchi,
Bir qiyo boqmoq bila olamg‘a rustaxez ko‘z. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
105
Ey ko‘zi ayni balo, ne rahm sendin ko‘z tutay
Kim, sanga xunrez ko‘zdur, bizga xunomez ko‘z. 
Ko‘z savodin ayladi kirpiklaring parvezani,
Ne ajab bo‘lsa jamoling shavqidin gulbez ko‘z. 
Ko‘rki, har kirpik uchig‘a bog‘labon bir pora la’l, 
Keltiribtur lablaring ollinda dastovez ko‘z. 
Dahr zoli nechakim Farhodkushdur, turfa ko‘r
Kim, xatodur tutsa gar andin vafo Parvez ko‘z. 
Ey Navoiy, yig‘lamoqdin xira bo‘lmish ko‘zlaring,
Ishq aro binandalig‘larg‘a keraktur tez ko‘z. 
204 
Chun anga noxush kelur, bazmida otim tutmangiz,
Kimki otim bilsa ham ul bazm aro yovutmangiz. 
Hajr o‘tig‘a men qilibmen xo‘yu do‘zaxdin demang,
Har zamon jannat nasimidnn meni qo‘rqutmangiz. 
Vasl jomi o‘zgalar qismidur, ey jonu ko‘ngul,
Sa’yida behuda zaxmat tortibon qon yutmangiz. 
Telba ko‘nglum bo‘lsa betoqat maloli hajr aro,
Juz visol ummidi harfidin ani ovutmangiz. 
Ey shabistoni visol ahli, firoqim kulbasin
Kim, dedi bir kecha sham’i vasl ila yorutmangiz? 
Men kuyarmen hajr aro, har dam o‘tum tez etkali,
Ey tana’um ahli, vasl afsonasin chubrutmangiz. 
Toyiri vasl aylamas hargiz Navoiy sari mayl,
Kelsa afg‘on tortib, ey jonu ko‘ngul, urkutmangiz. 
205 
Ey malohat shevalik shirin dudog‘ing so‘zga uz
Hikmat ilgi go‘yiyo soldi shakar tangiga tuz. 
Necha buzg‘aysen ko‘ngul mulkin jafo tarhin solib,
Bir bu vayron yerni tuzmakka jafo tarhini buz. 
Chehra ochsang yo takallum qilsang, o‘lgan jon topar,
Olloh-olloh, bordur ul ne la’li jonbaxsh, ul ne yuz. 
Oy sanga o‘xshar va lekin ul sovug‘dur, sen malih,


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin