Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
140
Yaxshi ermas manga sendin tilamak o‘zni xalos,
Sen muhiqsen, tilar ersang bu yomondin maxlas.
Tilamang nomu
nishonimni balo dashti aro,
Berdi chun ishq manga nomu nishondin maxlas.
Kecha itlar unidin garchi xalos istar xalq,
Itining komi bu faryodu fig‘ondin maxlas.
Bir zamon zulmlaridin chu xalos ermasmen,
Yo‘q ajab, gar tilasam ahli zamondin maxlas.
Garchi jon mehnatidin qildi Navoiyni xalos,
Qatl ila istamak o‘lg‘aymu falondin maxlas.
273
Raqib ul nav’ erur jonong‘a
maxsus
Ki, muhlik dardi aning jong‘a maxsus.
Junun toshin libos ahlig‘a otmang
Ki, ul bo‘lmish meni uryong‘a maxsus.
Buzug‘ jismimda turmas zor ko‘nglum,
Agarchi chug‘z erur vayrong‘a ma.xsus.
Visol ahliyu dardu g‘am, ne ya’ni
Ki, bor ul ojizi hijrong‘a maxsus.
Demang Majnunni yor ollida o‘lmish
Kim, ul ishdur, bu besomong‘a maxsus.
Ne tong davron eliga bevafolig‘,
Chu bu oyin erur davrong‘a maxsus.
Surudi ayshu kom ahliki bo‘lmish,
Navoiy nolayu afg‘ong‘a maxsus.
274
Qilmadi jonimni hijron bandidin davron xalos,
Men netib o‘zni xalos istay, chu bo‘lmas jon xalos.
O‘qini chekkanda paykondin xalos o‘ldi, vale
Bo‘lmadi tutqan so‘ngaklar hibsidin paykon xalos.
Jon menga, men jong‘a, o‘lmak
istar erdim onsizin,
Meni jondin, jonni mendin ayladi hijron xalos.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
141
Ul pariy ishqin demang yoshurki, ul taklifdin
Telbalik uzri bila bo‘ldum, meni uryon xalos.
Uyla muhlikdur g‘ami hijronki, gar vasl o‘lmasa,
Yo o‘lum andin kishi bo‘lmoq emas imkon xalos.
Jon berib, dushvorlig‘lar
birla davron ahlidin,
Kimki maxlas topti, bo‘lg‘an bil ani oson xalos.
Ul pariy shaydolaridin, ey Navoiy, istaram
Uylakim, hush ahlidin majnuni sargardon xalos.
275
Ey, sening dardu g‘aming
jonima xos
Kim, alardin tilamon jonni xalos.
Meni hijron evazi aylar, aning
Ishqi har kimga raqam sursa qasos.
Mehmon bo‘lmaq emish jon uyida
Yorkim, ko‘nglum o‘lubtur raqqos.
Meni
ishq etti zabunu ojiz,
Bu emish dardu muhabbatqa xavos.
Xating ul Xizriki, terlasa yuzung,
Obi hayvon aro bo‘lg‘ay g‘avvos.
Do‘st ko‘yida gadolar bilgil,
Bo‘lsa xarrozu gar xud xavvos.
Ey Navoiy,
tilar ersang maxlas,
Ishq ko‘yida shior et ixlos.
Dostları ilə paylaş: