Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
147
Lafzi jonbaxsh ila ul umr magar bo‘ldi Masih,
Yo‘q esa buyla asar birla ne imkon alfoz.
Bir-iki lafz dedim ishqidin — o‘lturdi meni,
Magar emdi degamen hashrda qolg‘an alfoz.
Ul pariy kulmak uchun, ko‘rki, Navoiy g‘amidin,
Fosh etar ahli junundek chekib afg‘on, alfoz.
257
So‘z adosindadur ul koni malohat laffoz,
Uylakim vasfi aro ahli balog‘at laffoz.
Nomasin qush keturub, sayrasa avsofida ko‘p,
Yo‘q ajab, chunki bo‘lur ahli risolat laffoz.
Yaxshi alfoz ila til gar desa ul oy qavlin,
Tong emastur, kim erur ahli maqolat laffoz.
Vasfi har lafzida yig‘latdi ko‘ngul dard ahlin,
Qayda topti bu qadar dard ila holat laffoz.
Ko‘ngul ollida g‘amin qilma talaffuz, tilkim,
Yetkurur ahli maoniyga malolat laffoz.
So‘zda ma’ni bila ko‘p lafzg‘a mayl aylamakim,
Zohir oroyishini ayladi odat laffoz.
Lafz zebida Navoiyga berur ma’ni yuz,
Qayda ma’nida topar muncha mahorat laffoz.
Dostları ilə paylaş: