Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc


AYN HARFINING AYYoRLARINING ALOMATI «FAVOYID»DIN



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

AYN HARFINING AYYoRLARINING ALOMATI «FAVOYID»DIN 
 
288 
Menga bu nukta xarobot aro bo‘ldi masmu’
Ki, fano jomi riyo ahlig‘a bo‘lmish mamnu’. 
Qaysi rindeki riyo zotida yo‘qtur bitta’b,
Ko‘runur jomi fano tortsa behad matbu’. 
Kimki zotida erur shoibai ujbu riyo,
Qilg‘ali qobil emas faqr tariqig‘a shuru’. 
Dayr piri qulimenkim, qilibon may shoyi’,
Bergay ul ujbu riyo jonibi o‘rtarga shuyu’. 
Toki bir jom bila mug‘bachai bodafurush,
Xiradu aqlni majnun yasag‘ay bal masru’. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
148
Manga ul jomni gar tutsa, fidosidur aning
Ilmu dinu xiradu zuhd ila taqvo majmu’. 
Dayr piri bila to mug‘bacha bo‘lmay, qilma,
Ey Navoiy, yigitu qarig‘a holingni ruju’. 
289 
Qilg‘ali begonalarga oshno jonona tab’,
Oshnolarg‘a bo‘lubtur, voykim, begona tab’. 
O‘rtanurmen tokim ul el tiyra shomim yorutur,
Bo‘lg‘ali ul sham’vash, men bo‘lmisham parvona tab’ 
Xoli sari aylasa parvoz ko‘nglum, tong emas
Kim taajjub aylagay gar qushqa istar dona tab’, 
Yor chun kulbamga kirmas, xonumon tark ayladim,
Yo‘qsa bo‘lmoq istamasmu yor ila hamxona tab’. 
Men jahon afsonasi, ul sho‘x mayl etmas, netay,
Garchi sho‘x atfolig‘a doim tilar afsona tab’. 
Yor to azm etti, ta’bimg‘a buzug‘lug‘ qo‘ydi yuz,
Bo‘lmisham ul husn ganji hajridin vayrona tab’
Davlati boqiy tilar ko‘nglung, fano kasb aylakim,
Dahri foniy sari mayl aylamas farzona tab’. 
To meni dayr ichra rasvo ayladi ul mug‘bacha,
Bog‘ladim zunnoru istar sog‘aru paymona tab’. 
Ey Navoiy, ul vafosizdin qutulsang, tutma uns,
Har nechakim bevafolar mayli qilsa yona tab’. 
290 
Masti bebokim qachon holimg‘a bo‘lg‘ay muttale’
Kim, qulog‘ig‘a desam sirrini, bo‘lmas mustame’. 
Jam’ etar chog‘da ko‘ngul, zulfung parishondur base,
Lek solurda parishonlig‘, bo‘lur ko‘p mujtame’. 
Qahr qilsa o‘lturub, bu turfakim, lutf etsa ham,
Qatl ishida bo‘lmish ul qotil bag‘oyat muxtare’. 
Tufrog‘imni yel sovurmay ko‘yidin sof o‘lmadi,
Bo‘ldi bori, bor esa mendin g‘ubori murtafe’. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin