Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
142
Kishvari xotirima muncha buzug‘lug‘lar erur
Barchasi xayli muhabbat qadamidin oriz.
Ko‘ngluma mug‘bachalar ishvasidin jon xatari,
Dayr pirining o‘lubtur karamidin oriz.
Tori jismingg‘a, Navoiy bu qadar tob o‘lmish,
Ul sanam turrasining pechu xamidin oriz.
277
Holim kim ekin aylaguchi yorg‘a ma’ruz,
Men bedil ishin qilg‘uchi dildorg‘a ma’ruz.
Yerlar o‘pubon ashk to‘kub,
nolalar aylab,
Bir xasta g‘amin etkuchi g‘amxorg‘a ma’ruz.
Ey bodi sabo, jon sadqang,
gar qila olsang
Zori so‘zin ul boisi ozorg‘a ma’ruz.
Qo‘pqanda sabuhi uchun etsang bu hazinning
Baxt uyqusin ul davlati bedorg‘a ma’ruz.
Hijroni xumori aro ranjur o‘larimni,
Kim aylagay ul dilbari xammorg‘a ma’ruz.
Hajrim tunida charxki qoldi harakatdin,
Ey ashk, qil ul kavkabi sayyorg‘a ma’ruz.
Bu
dardu firoq ichra Navoiyki, topilmas
Bir-bir kim ekin aylaguchi yorg‘a ma’ruz.
278
Ey, yetib la’ling mayidin ruhuma osori fayz,
Lam’asidin kasb etib ko‘nglum uyi anvori fayz.
Olloh-olloh, ne
labu ne nutqi ruhoso ekin
Kim, Masiho birla Xizr andin qilur izhori fayz.
Fayzlarkim, yetti ishqingdin manga, ofoqni
G‘arqa
aylar fayz bahri, aytsam asrori fayz.
Bu jazo munkirga bas ermasmu kim foiz dedi,
Qobili fayz ermas ulkim, aylagay inkor fayz.
Kir
xarobot ichrakim, bir jur’asidin yetkurur,
Fayzni yuz shayxcha bazm ahlig‘a xammor fayz.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
143
Dayr piridin yetar yuz fayzu bir yo‘q shayxdin
Kim, munga yetmish yaqin fayzu anga pindor fayz.
Ey Navoiy, mug‘tanamdur piri dayru mug‘bacha
Kim, biridin yetmasa, yetar biridin bor fayz.
279
Ey, latofatda
sanga lolayu nasrin oraz,
Bizga aning g‘amidin qon bila rangin oraz.
Meni ul ko‘yida bexud ko‘rub el der: o‘lmish
Qo‘yubon ollida tufroqqa miskin oraz.
Naylayin ul qaddu oraz g‘amidin bog‘nikim,
Anda yo‘q sarv sifat qaddu gul oyin oraz.
Har pariy tavrida ul orazu lab o‘lturadur
Kim, base tuzluq erur ul labu shirin oraz.
Yangi gulbarglari hoshiyasidin bo‘lmish,
Orazing ollida zoli anga purchin oraz.
Demakim, bog‘da yeldin to‘kulubtur gulkim,
Xo‘blar qo‘ydi ul oy yo‘lida chandin oraz.
Chu Navoiy ko‘rubon yor yuzin, jon berdi,
G‘amza ta’riz etibon ayladi tahsin oraz.
Dostları ilə paylaş: