Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
263
Shoh dardu ishq agar qilsa havas, bor uylakim,
Soyil etkay saltanat johu jalolin orzu.
Ey Navoiy, go‘yiyo ul yuz ko‘zum ollindadur,
Baski aylarmen tamoshoe jamolin orzu.
517
O‘tluq uzoring
uzra ul turfa xoli jodu,
O‘tqa tushub kuyubtur otashparast hindu.
Ayni xumordindur ul ko‘zga za’f oncha
Kim, holin anglamoqqa ul yuz keturdi ko‘zgu.
Hijron kuni yoshimning ko‘prak bo‘lur zuhuri,
Xushroq ko‘runur anjum, chun tun bo‘lur qorong‘u.
Raglardin ip taqayin, ko‘ksumda dog‘lardin,
Dardu balo chekarga ishq aylasa tarozu.
Bu no‘shxand qildi, ul zahrxand, chunkim
Og‘zingda kulgu ko‘rgach, ko‘rguzdi g‘uncha kulgu.
Ichgil
mayi shafaqgun, miynoyi aylabon jom
Kim, qon to‘kar shafaqdin har tun bu charxi minu.
O‘lgach Navoiy, ul oy gar bo‘lsa shod, tong yo‘q,
Ul qo‘ymadi chu borib, olam tunida qayg‘u.
518
Oyati vashshams xurshidi uzoridin o‘qu,
Surai vallayl xatti mushkboridin o‘qu.
Qomating shavqi shahid etkanlar armonin agar
Bilmasang, har qaysining mili mazoridin o‘qu.
Ul quyosh ruxsoriyu sarig‘
yuzumning sharhini,
Safhai xurshid, xatti zarnigoridin o‘qu.
O‘t tutashqan ko‘nglum ahvolin, desangkim, anglayin
Ul xututekim, bo‘lur paydo, sharoridin o‘qu.
Sabzai xat birla bu gulshan vafosiz erkanin,
Kilki
qudrat yozdi, rayhoni bahoridin o‘qu.
Boda g‘am daf’in qilur kayfiyatin, desang, bilay,
Ol ilikka jomu arqomi kanoridin o‘qu.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: