Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
329
Quyosh yuz yoshurub, ermas shafaqkim, yana bu oqshom
Sipehr ayvonig‘a bosh chekti shavqum o‘ti tug‘yoni.
Mening men tashnalabg‘a, soqiyo, ne
kayfiyat bergay,
Bu yanglig‘kim, yog‘ar ustiga ashkim sayli to‘foni.
Guli ahdu vafo davr ahlidin ko‘z tutmakim, hargiz
Muzayyan bo‘lmamish mundoq chechakdin dahr bo‘stoni.
Navoiy ul pariy bazmida gar devonaliq qilsa,
Erur ham mast, tong yo‘q, bazmdin sudratsalar oni.
646
Baski nohamvor bedod ul jafokor ayladi.
Men jafokash paykarin yer birla hamvor anladi.
Tig‘i bedodi agar ko‘nglumnn
nokor etti, lek
Elga urg‘an tig‘i behad ko‘ngluma kor ayladi.
Bodadin ruxsorida gullar magar qilgay iloj,
Ulki, ko‘nglumni tikanlar birla afgor ayladi.
Obi hayvon yonida yuz Xizr aylar parvarish,
Lab uza to xatti zangori padidor ayladi.
Qatl dog‘i hayf angakim, ishq da’vo aylabon,
Biymi qatl o‘lg‘ach, bu da’vosidin inkor ayladi.
Dayrdin chiqmon meni majnunki, ahli
hush ham,
Charx zulm etkanga, azmi ko‘yi xammor ayladi.
Gar Navoiyg‘a yetar ming sa’b hol andin durur
Kim, xabarsizlarni holidin xabardor ayladi.
647
Ko‘nglum harimi ichra qilur jilva ul pariy,
Andoqki, Ka’ba ichra haramning kabutari.
Gulgun yuzunda xollari go‘yiyo erur,
Har yon shafaqda ishq elining tiyra axtari.
Ko‘nglum takallufi erur ul zulfu ko‘z bila,
Zindonning o‘ldi bandu balo zebu zevari.
Majnun ishqi shohduru tog‘ — taxt anga,
Qush oshyoni hay’ati boshida afsari.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: