Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
333
MUXAMMASLAR
1
Jilva qildi dahr aro ko‘p husni
bexamto yigit,
Gul kebi nozik badanlik, sarvdek ra’no yigit,
Ushbu majma’dinki, bo‘lg‘ay erdi ming zebo yigit,
Qo‘nglum oldi bir pariypaykar malak siymo yigit
Kim, bani odamda andoq bo‘lmamish paydo yigit.
Sarkashi ablaq sekretib, davrondek ul xurshidvash,
Egnida zarkash libosi dog‘i
andoqkim quyosh,
Xulqi ham xush, husni ham dilkash, o‘zi ham jur’akash,
Oti sarkash, to‘ni zarkash, husni dilkash, xulqi xush,
Qo‘rmaduk bu nav’ mahvashi chobuku ra’no yigit.
Ishq oshubi balosin to qilibmen ixtiyor,
Qo‘z, yuzin ko‘rgan zamonu ko‘nglum aro qolmas qaror,
Qo‘nglum o‘lsa vaslig‘a moyil bo‘lur ko‘z ashkbor,
Ishqida ko‘zu ko‘ngulning bir-biridin
rashki bor,
Olloh-olloh bo‘lur ermish muncha ham zebo yigit.
O‘tti umr ul xo‘blar shohidin ayru mohu sol,
Men qari qulg‘a visoli xud erur amri mahol.
Der: seni zor o‘ltururmen gar visol etsang xayol,
Zorlig‘lar birla o‘lmay topmag‘umdur xud visol,
Ne uchunkim, men qari quldurmen, ul mirzo yigit.
Ul pariyvashkim, qilur
sayri xiyoboni Hirot,
Qo‘zga istig‘nosi husnidin ko‘runmas koinot,
Ollig‘a yuz qo‘ysa ming zohid qilur qat’i hayot,
Yo‘lida yuz ming kuhan pir o‘lsa qilmas iltifot,
Kimsa ko‘rganmu ekin bu nav’ beparvo yigit.
Ham ko‘zungdin ko‘ngluma har lahza ortib yuz malol,
Ham xatingdin xotirim ichra parishon yuz xayol,
Qo‘yung ichra dardu ranju mehnatim bee’tidol,
Yo‘lung uzra ham gadomen, ham qari,
ham xasta chol,
Bir boqib o‘t holima husnung zakoti, o yigit!
Necha shayxi xonaqoh avrodida faryod etay,
Dermen emdi bosh olib dayri fano sari ketay,
Kofiri ishq o‘lg‘an el pobo‘sig‘a dog‘i yetay,
Dayr piri mazhabin tutmay, musulmonlar, netay,
Olg‘an o‘lsa naqdi imonimni bir tarso yigit.
Ishqni afsurda
jonimdin sovutsam yaxshiroq,
Zuxdu taqvo birla ko‘nglumni ovutsam yaxshiroq,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: