Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

23 
 
HUNAR AHLIKIM, HUNARLARIN KO‘RGUZMAK AYBDURUR VA EL AYBIN YoPMOQ 
HUNAR 
Erur ahli hunar qoshinda hunar
Ayb yopmoq, dog‘i hunar topmoq. 
Hunarin elning oshkor etmak,
Yo‘q esa bari aybini yopmoq. 
24 
 
ChYeHRASI SOF YIGIT BOBIDAKIM, SAFO UChUN TAROSh QILUR VA UL MAHZ
KUDURATDUR 
Sof chehrang ko‘zgu yanglig‘ pok edi,
To anga poki bila berding tarosh. 
Ko‘zguni go‘yoki suhon aylading,
Topqali oshiqlaring ko‘ngli xarosh. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
384
25 
 
HUSN AHLINING HAR UZVINING VASFIDAKIM, KULLI ShAYIN MIN AZ-ZARIF 
ZARIFDIN XABAR BYeRUR 
Yuzungda chashmai hayvon kebi labing uzra
Solur chu soya soching, la’linga yetar voya. 
Sahob soyasidin ham qachon ibo qilg‘ay,
Agarchi bo‘lsa Masiho quyoshqa hamsoya. 
26 
 
O‘Z XILQATI DYeVNIXODLIG‘IN TAVZIH QILMOQ VA GABRLAR FISQIN O‘Z 
TOATIG‘A 
TARJIH QILMOQ 
Xilqatimni devlar birla agar qilsam qiyos, 
Lof bo‘lg‘ay, gar desamkim, ul hamondur, bu hamon. 
Toatimni gabrlar fisqig‘a yondashtursalar, 
Ne bu andin yaxshiroq bo‘lg‘ay, ne ul mundin yomon. 
27 
 
NAZMINING BAYTLARIN G‘ARIB MA’NILAR BILA G‘ARIBXONA DYeBTUR, Ya’NI 
DOR
USh-ShIFOKI, MUJIBI ShIFO BO‘LG‘AY 
Nazmim ichra g‘arib ma’nilar
G‘urabo xaylidin nishonadurur. 
Anda har bayt necha ma’ni ila
Bayt emaskim, g‘aribxonadur. 
28 
 
SIYaHPO‘Sh AZIZNING JURJONG‘A BORG‘ANIG‘A TAAJJUB QILURKIM, ANDA
SIYaHPO‘Sh KO‘PTUR 
Ne deb Jurjong‘a bordi ul siyahbaxt,
Qora to‘n birla solib ko‘ngliga jo‘sh. 
Ki bor ul pesha ahlidin aningdek,
Qayonkim ko‘z solurlar, yuz siyahpo‘sh. 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin