107
Sadqang bo‘lubon urmoq bu gunbadi axzar charx,
Qasringg‘a davr urg‘ondek bir sabz kabutar charx.
Sen sham’, vale gardun fonusi xayol erdi,
Urg‘anda malak xayli tegrangda sarosar charx.
Chun yuqori mayl etti nuru azming bo‘ldi,
Ham nurda charx axtar, ham azmda axtar charx.
Sham’ingg‘a lagan bo‘lg‘ach aflok maloyikdin,
Parvonalar urdilar tegrangda mukarrar charx.
Ko‘k hullasidin yoyib atlas yo‘lunga anjum,
Anjum duridin sochib boshing uza gavhar charx.
Yo‘lung izidin o‘zni ravshan qilibon kavkab,
Raxshing nuridin ko‘zni har dam qilib anvar charx.
Ko‘yungda Navoiyg‘a charx urmoq agar yetsa,
Bir doirai maqsud o‘lg‘usi anga har charx.
108
Qon to‘kub ul buti zebo gustox,
Borib ul yon meni shaydo gustox.
Bo‘lmasa telba, pariyni mendek
Kim qilur buyla tamosho gustox.
Vah, ne tarsodurur ul dayrdakim,
So‘z demas ollida Iso gustox.
Xoling ul hindu erurkim, bo‘lmish
Labing ustida shakarxo gustox.
Soqiyo, ber iki sog‘arki, bo‘lay
Nuktai ishq aro go‘yo gustox.
Xattu la’li qoshida asrang adab,
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
58
Kelmang, ey Xizru Masiho, gustox.
Yor hazl aylar uchun bo‘lmishmen,
Harza derdin meni rasvo gustox.
Ishq dayrida gadodur shahlar,
Kirgali bizga ne yoro gustox.
Ey Navoiy, tilasang sog‘ari fayz,
Bo‘lma bu dayrda aslo gustox.
109
Chu qildi ishqig‘a ko‘nglumni mubtalo ul sho‘x,
Keturdi jonima har lahza yuz balo ul sho‘x.
Asir qilsa musulmonni, qilmag‘ay kofur,
Bu javru zulmki, har dam qilur mango ul sho‘x.
Ajab emaski, qilur naqdi jong‘a ko‘z qoralig‘,
Erur chu sho‘xlar ichra ko‘zi qoro ul sho‘x.
Ulustun urkup, o‘zumdin dog‘i bo‘lubmen yot,
Meni ramidag‘a to bo‘ldi oshno ul sho‘x.
Zamona ichradur oshubu qo‘zg‘olon go‘yo
Ki, chiqti sarxushu tund otlanib yano ul sho‘x.
Ajab emaski, vafo rasmi aylagay bunyod,
Qilurg‘a chunki yana topmasa jafo ul sho‘x.
Bu nav’kim manga ul sho‘x may berur, bir kun
Halok qilg‘usidur yo bu tund, yo ul sho‘x.
Yo‘q og‘zidin so‘rubon nukta oqibat qildi
Menn musofiri sarmanzili fano ul sho‘x.
Bukim ulusqa navo berdi vaslidin, ne osig‘
Ki, oxir etti Navoiyni benavo ul sho‘x.
110
Ul pariyvash hurning men telbadek shaydosi cho‘x,
Ne ajab, gar bo‘lsa olam mulkida g‘avg‘osi cho‘x.
Ey ko‘ngul, mumkin emastur vasl, nevchunkim, erur
Sabru hushum ozu aning nozu istig‘nosi cho‘x.
Men gado naylab sochi mushki xaridori bo‘lay
Kim, erur shahlar dimog‘inda aning savdosi cho‘x.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: |