DOL HARFINING DILOROMLARINING DAVRONI «FAVOYID»DIN
114
Chu solik aylar esa azm vodiyi tavhid,
Kerakki, minsa bu sayr ichra markabi tajrid.
Bu markabu bu safar kimsaga muyassar emas
Ki, hosil aylamagay olam ahlidin tafrid.
Bu ham kishi o‘zini boru yo‘qdin etkay fard,
Emastur o‘zlukidin mumkin o‘lmayin ta’yid.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
61
Chu do‘st lutfig‘a bu barcha bo‘ldi vobasta,
Nedin kerak kishiga vasl naqdidin tardid.
Azalda chun ne nasib o‘ldi, o‘zga bo‘lmadi ul,
Sa’idni ne shaqi qildi, ne shaqini sa’id.
Ketur qadahki, dame o‘zni xush tutay, ey mug‘,
To‘la quyarg‘a emas hojat aylamak ta’kid.
Navoiy istamas o‘zni dame bu dayrda sog‘,
Hamisha kayfiyatig‘a aning bering tajdid.
115
Kotibi sun’ki mushk ayladi xattingg‘a midod,
Oyati rahmat edi qildi quyosh uzra savod.
Uyla ishqingda bo‘lub mahv, unuttum o‘zni
Kim, sen o‘lmish menu men emdi seni qilmon yod.
Kecha nolamdin uyumas edilar olam eli,
Za’fdin emdi eshitmon o‘zum, etsam faryod.
Charx davronikim, ohimdin erur, ul chu meni
Berdi barbod, ani men dog‘i bergum barbod.
Davr bedod etar, ey soqiyi gulchehra, meni,
Uyla qil mastki, davrong‘a men aylay bedod.
Xonaqah shayxi agar ishq ila may man’i qilur,
Dayr piri, netayinkim, muni aylar irshod.
Nosiho, ishq ila may tarki buyurdung, lekin
Qilma taklif Navoiyg‘aki, bo‘lmish mu’tod.
116
Ishq aro nofi’ emas oqilu farzonag‘a pand,
Qayda bas naf’ yeturgay meni devonag‘a pand.
Ul quyosh ishqidin o‘rtanma deding, vahki, kishi
Sham’din kuyma debon, bermadi parvonag‘a pand.
Bergucha ishqu vafo tarkida pandim netkay,
Bersangiz javru jafo man’ida jononag‘a pand
Zohido, bergucha pand, ayla o‘zung tarki riyo,
Pand bergil o‘zunga, aytqucha yonag‘a pand.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: |