Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
63
Bu ko‘han dayr ichra behad vahshatafzo bo‘ldi dud.
Kuydurub ko‘nglum, ko‘zumni
tiyra qildi, to anga
Yuz o‘ti bargi suman, zulfi sumanso bo‘ldi dud.
Hajr o‘ti ul oy havosida meni chun o‘rtadi,
Har taraf shabgun bulutdek charxpaymo bo‘ldi dud.
Soqiyo, obi hayoti may bila kulbam yorut
Kim, firoq o‘tndin anda zulmatoso bo‘ldi dud.
Rost ul yanglng‘ki zulmat ichra Xizr o‘lg‘ay nihon,
Xayli mazlum ohidin bu toqi xazro bo‘ldi dud.
Ul uzoru xat uchun har dam Navoiy chekkach oh,
Kulbai ehzonig‘a yo tushti o‘t, yo bo‘ldi dud.
119
Ey, qilib zulfung
kamandi vahshiyi sahroni sayd,
Yuz menu Farhod ila Majnun kebi shaydoni sayd.
Yo‘q ajab Farhod ila Majnunni xud sayd etmaking,
Turfa budurkim, qilib Shirin bila Layloni sayd.
Vah, bu ne sayyodlig‘durkim, biravkim dahr aro,
Husn ila olamni sayd aylab, sen aylab ani sayd.
Ko‘rguzub chun domi zulfu donai xol aylabon,
Bulbulu qumri demonkim, pashsha
to anqoni sayd,
Domi zulfinin bir ochib, tortmoq birla qilib
Yuz tuman qudsi tuyuri gulshani xazroni sayd.
Bilmon, ey sayyod, qaysi dom ila qilmaq bulur,
Ul
tazarvi dilkash, ul tovusi bazmoroni sayd.
Gar Navoiy xo‘blar saydidur, ammo qilmamish
Sendin o‘zga kimsa ul oshuftai rasvoni sayd.
120
Yo‘q manga yuz yilda ul mahvashqa bir so‘z derga had,
Bo‘lsa bir so‘z derga had, ul ham bo‘lur yuz qatla rad.
Mehri xud yo‘q, lek
amdo zohir aylar iltifot
Kim, xaloyiq jonima qasd aylagaylar yeb hasad.
Turfaroq bukim, qilib olamni jonim dushmani,
Do‘stlug‘ izhori har majlisda aylar beadad.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: