Microsoft Word navoiy favoidul kibar lotin ziyouz com doc



Yüklə 0,87 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/216
tarix03.02.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#82722
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   216
alisher navoiy . favoid ul- kibar

www.ziyouz.com kutubxonasi 
130
Ko‘zni samandi na’lig‘a qo‘yg‘anda koshki, 
Anda tikarga aylasa kirpiklarimni shish. 
Ey hajr tig‘i, sen dog‘i kesmakta qil madad,
Ul ko‘y itiga uzgali bag‘rimg‘a ursa tish. 
Barq uzra tarki mehr gumon ayladi ko‘ngul,
Po‘yanda raxsh uza bizning shahsuvor emish. 
G‘am yo‘q, Navoiy, etsa azimat safarg‘a yor,
Desang iti o‘zungni qayonkim borur ermish. 
253 
To‘‘makim, topmas iting ursa tani zorimg‘a tish,
G‘ussadin men ham urarmen jismi afgorimg‘a tish. 
Men kimu kulmak so‘zi, chun g‘uncha ichra joladek,
El aro irjaymadi hargiz chu dildorimga tish. 
Ne ajab sarig‘ yuzum tag‘yiri chun qon ichkali,
Bag‘rima mahkam bo‘lur har lahza xunxorimg‘a tish. 
Kufr aro tushmish girih dinimg‘akim, ochilmadi
Nechakim urdum tugun ochmoqqa zunnorimg‘a tish. 
Tanni tishlab-tishlab uzmak istaram, vah, ne osig‘
Kim, ochilmas bir-biridin emdi bemorimg‘a tish. 
Bul-ajab holimg‘a gar hijron tuni kulmas falak,
Nega anjumdin ko‘rundi xasmi g‘addorimg‘a tish. 
Ey Navoiy, erni aning la’ldur yo yuqti qon,
Berkiganda bag‘rima sho‘xi sitamgorimg‘a tish. 
254 
Garchi atfol otti bir-bir jismi uryonimg‘a tosh,
Ko‘rki, xirman-xirman o‘ldi jam’ har yonimg‘a tosh. 
Kulbam atrofida bedodu malomat toshidur,
Go‘yiyo yog‘mish falakdin baytul-ahzonimg‘a tosh. 
Hajr tog‘ida labi shavqida oqsa qon yoshim,
La’l o‘lur go‘yo bo‘yalsa har taraf qonimg‘a tosh. 
Do‘stlar, bastur mazorimg‘a malomat toshlari,
Chekmangiz mehnat qo‘yarg‘a qabri vayronimg‘a tosh. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
131
Bas qiling atfol tosh otmoqki, qon bo‘lmish ichim,
Tegdi go‘yo toza qo‘yg‘an dog‘i pinhonimg‘a tosh. 
Garchi toshing tutti yer jismimda, lekin zulm edi,
Buki o‘tti zaxm aro chun tegdi paykonimg‘a tosh. 
Chun to‘yubtur notavon jismim baliyat toshidin,
Berma, ey gardun, g‘izo yanglig‘ yana jonimg‘a tosh. 
Vazn uchun paymonani qilg‘il ulug‘, ey mayfurush
Kim, emas tortar uchun hojat bu mezonimg‘a tosh. 
Jomni chekmakta g‘am daf’ig‘a qolqon ayladim,
Ey Navoiy, charxdin yog‘di bu qolqonimg‘a tosh. 
255 
Ey, gulshani husn ichra xating sabzai dilkash,
Kim atri etib ruh dimog‘ini mushavvash. 
Ul ko‘zga emas hojati sog‘ar, negakim bor
Qon ichmak ila mastu mayi noz ila sarxash. 
Olamni agar qo‘zg‘abon o‘t solsa, tong ermas,
Ul sho‘xki sarxush chiqibon, sekretur abrash. 
Ruhoniyatim g‘olib erur, toki ichib roh,
Jonimg‘a solur aksini ul huri pariyvash. 
Davr ahlida yo‘q sofki, aning g‘ashi yo‘qtur,
Juz soqiyi davr ilgida sofiy mayi beg‘ash.
Zohid, senu kavsar, bizu mug‘ dayri nedinkim.
Bir zahri balokash bizu sen no‘shi riyochash. 
G‘ayringdin orig‘ ayladi ko‘nglini Navoiy 
Kim, but raqami birla bu uy erdi munaqqash. 
256 
Shukrkim, sochtim esa g‘am tuni anjum kebi yosh,
Vasli subhida tulu’ ayladi ollimg‘a quyosh. 
Zaxmlar ustida marhamg‘a momug‘luq qiladur,
G‘am sahobi necha yog‘durdi sinuq boshima tosh. 
Tutosh erdi g‘am aro navhalarim bir-biriga,
Ayshdin kulgularim bir-biriga o‘ldi tutosh. 
Hajr xunobi mayi vasli manga berdi samar,
Zahr bo‘lg‘ay edi og‘ushta bu xunobig‘a kosh. 


Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar 

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin