Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
171
Vasli ko‘yidin Navoiy ko‘ngli ozdi, ey rafiq,
Ko‘rmaduk hargiz ul ahli ishqning ozg‘unidek.
334
Dayr aro mug‘bachadin sog‘ari mastona kerak,
Nechakim tutsa ani to‘ldurubon, yona kerak.
Menki bir sog‘ar ichib, charxnn barham ursam,
Bu ko‘han dayri fanocha manga mayxona kerak.
Yetti daryo suyi may bo‘lsa bu mayxona aro,
Loaqal xud birisi sig‘qucha paymona kerak.
Dayr piri bu xarobotnipg ayvoninda
Aqli kulga saboq o‘rgatgucha farzona kerak.
Davrida mug‘bachalar har biri jon olmoqda,
Yuz Masihog‘a sitam qilg‘uncha jonona kerak.
Buyla bazm ichra alar har birikim tutsa qadah,
Naqdi din bergali bir men kebi devona kerak.
Kim Navoiy kebi bu dayr aro tutsa vatan,
Hushu zuhdu xiradu din ila begona kerak.
335
Xarob qilmadi oncha menin mayi gulrang
Ki, qildi orazi gulrang birla soqiyi shang.
Ne soqiy ulki, aning ishvasig‘a boqsa, bo‘lur
Havos lolu, xirad masxu ruhi notiqa dang.
Halok neshi aning g‘amzasiga yo‘q hamto,
Hayot javhari la’li labig‘a yo‘q hamnang.
Qiyo-qiyo boqishi yetkurub bag‘rig‘a qilich,
Qora-qora mujasi yetkurub ko‘ngulga xadang.
Savodi a’zami kufr ila zulchi zunnorin
Ki, topilib shikanu halqasida chinu farang.
Bu nav’ mug‘bacha may tutsa dayr aro kishiga,
Kishi emas, gar anga qolsa donishu farhang.
Navoiy o‘ldi chu bu soqiy ilgidin sarxush,
Ne ayb, dayrg‘a masjiddin aylasa ohang.
Dostları ilə paylaş: