Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
www.ziyouz.com kutubxonasi
175
Farq atvorida hech ish juz tahakkum qilmading.
Tushkali ul guldin, ey bulbul,
Navoiydek yiroq,
G‘ayri dilkash lahnu jonparvar tarannum qilmading.
342
Bu ne husnu noz erurkim, intihosi yo‘q aning,
Bir nafas yo‘qkim, ko‘ngulda yuz balosi yo‘q aning.
Xoli hijronida tim-tim yerga tomgan qon yoshim,
Har biri bir lolasdurkim, qorosi yo‘q aning.
Ko‘nglum andoq to‘ldi qon birlaki, chiqmas nolasi,
Boda to‘lg‘an jom yanglig‘kim, sadosi yo‘q aning.
Zohir etti xasta ko‘nglum yorasi og‘zida qon,
Kim bag‘ir xunobidin ayru g‘izosi yo‘q aning.
Qullug‘ung dog‘in qo‘yub, ko‘nglumni g‘amdin sotqun ol
Kim, bu naqdi qalbdin ortuq bahosi yo‘q aning.
Ganji
ishratdur arusi dahr vasli, ohkim,
Anbarin zulfidin o‘zga ajdahosi yo‘q aning.
Hajr o‘qi zaxmin Navoiy bog‘lamish boshtin ayoq,
Yo‘q esa jismin yopar chog‘liq lnbosi yo‘q aning.
343
Toza dog‘ atrofida jismimda tim-tim qon ko‘rung,
Dardu g‘am tog‘ida, vah-vah, lolai nu’mon ko‘rung.
Nafy kilg‘anlar qurug‘ jismim haloku za’fini,
Tang‘a ko‘nglumdin tiralgan har taraf paykon ko‘rung.
Xalq yig‘lab tufrog‘im boshida yuz hasrat bila,
O‘qlarni har yen tanym omochida xandon ko‘rung.
G‘am tuni yummas ko‘zum davrinda kirpik xaylini
Saf chekib, ko‘zning qorargan holig‘a hayron ko‘rung.
Ishqin etkanlar havas,
iynak bu tuhmatdin meni,
Bog‘lanib bo‘ynum fano bozorida, uryon ko‘rung.
Charx bahri naqdini qnlgan tamanno zarralar,
Mehr g‘avvosin bu igrim ichra sargardon ko‘rung.
O‘qlaridindur Navoiy jismi mehnat gulbuni,
Gullar nynak toza qonlig‘ dog‘idin har yon ko‘rung.
Alisher Navoiy. Favoyid ul-kibar
Dostları ilə paylaş: